Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan
Download 101.63 Kb.
|
PLEOSPORALILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Xolobozidiomitsetlar — Holobasidiomycetidae
Bazidiomitsetlar sinfi
— Basidromyctes Bu sinf vakillari muhim amaliy ahamiyatga ega zamburug‘lar bo‘lib, ular qatoriga qalpoqchali iste’mol qilinadigan va zaharlovchi, yog‘ochlarni chirituvchi va qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lardan qorakuya va zang zamburug‘lari kiradi. Bu sinf vakillarining xarakterli xususiyati meva tanasida 4 ta sporani bazidiosporada hosil qilishdir. Takomillashmagan vakillarida esa bazidiosporalar gimennal qavatida hosil bo‘ladi. Bazidilar bir hujayrali-xlobozdiyali, to‘siqchali-fragmobazidiyali va getero- bazidiyali turlarga bo‘linadi. Bazidiylar yaxshi ifodalangan sterigmalarda hosil bo‘ladi. Mitseliysi yaxshi rivojlangan, bazidiylar bir hujayrali, sharsimon, elli psimon shaklda, mitseliysi ikkita yadroli bo‘ladi. Bozidiomitsetlarga 30 ming turdagi zamburug‘lar kirib, ular quyidagi sinflargabo‘linadi. 2.2 Xolobozidiomitsetlar — Holobasidiomycetidae Geterobozidiomitsetlar — Heterobasidiomycetidae Teliosporomitsetlar — Teliosporomycetidae Bu zamburug‘ vakillari uchun takomillashgan meva tana hosil bo‘lmaydi. Bazidiomitsetlarning meva tanasi mitseliylar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu tanalar daraxtga yopishib tursa, ikkinchi tomoni bilan bazidiosparalarni hosil qiladi (turtovik). Bazidiomitsetlarning yuksak vakillarida meva tanalar qalpoqcha va oyoqcha shaklida hosil bo‘ladi. Meva tana hosil qilishiga qarab bazidiomitsetlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Gimnokarpiy — spora hosil bo‘lishidan yetilishigacha ochiq gimenal qavat hosil qiladi. 2. Gemioangiokarpli — gimenal qavati dastlab yopiq, keyin ochiladigan bo‘ladi. 3. Psevdoangikarpli — gimenal qavati dastlab ochiq, keyin yopiladi. 4. Angiokarpli gimenal qavati yopiq bo‘lib, spora yetilgandan keyin ochiladi. Bazidiomitsetlar qalpoqchasining ustki qismi tekis, g‘adir-budur, qo‘ng‘iroqsimon, silindrsimon, sharsimon, porabolitik, tekis shaklda bo‘lib, o‘lchami 5—10-20—60 sm bo‘ladi. Qalpoqchaning usti tekis, yaltiroq, quruq, namlangan, g‘adur-budur, baxmalsimon, to‘lqinsimon bo‘ladi. Ko‘pchilik bazidiomitsetlar qalpoqchasining usti kutikula bilan qoplangan bo‘lib, u zamburug‘ mitseliysidan tashkil topgan bo‘ladi. Kutikula ostida subkutikula qavati va qalpoqchaning mag‘izi joylashadi. Qalpoqchaga perpendikular holatda oyoqcha joylashadi. Oyoqcha qalpoqchaning markazida bir tomonida yoki chetida joylashishi mumkin. Qalpoqchada ko‘p miqdorda bazidiyalar hosil bo‘lib, ular turli shaklda bo‘ladi. Bazidiyada 4 ta bazidiospora hosil bo‘ladi. Bazidiosporalar rangi, o‘lchami va shakli bo‘yicha har xil bo‘ladi. Bazidiomitsetlar sinfi quyidagi kenja sinflarga b o ‘ l i n a d i : H o l o b a z i d i o m i t s e t l a r , g e t e r o b a z i d i a l l a r , teleosporomitsetlar. Teliosporomitsetlar meva tana hosil qilmaydi. Bazidiyasi teleosporalar shaklida hosil bo‘ladi. Bu kenja sinf vakillari parazitlik bilan hayot kechiradi va quyidagi 2ta tartibga bo‘linadi: 1-tartib. Qorakuyalar — Ustilaginales. 2-tartib. Zanglar — Uredinales. Tartib Qorakuyalar — Ustilaginales. Qorakuya zamburug‘larining 900 dan ortiq turi o‘simliklarda kasallik keltirib chiqaradi. Bu amburug‘lar mitseliysining hosil bo‘lishiga qarab gaploid va di ploid turlarga bo‘linadi. Zamburug‘ mitseliysi o‘simlik ildizida, poyasida, mevasida parazitlik qiladi. Sporalar o‘rniga xlamidosporalar hosil qiladi. Ular o‘lchami 4—30 mkm kattalikda bo‘lib, don ichida 8—10 mln dona spora hosil qiladi. Sporalar hosil bo‘lgandan unishi yoki 7—8 yil davomida tuproqda saqlanishi mumkin. Qulay sharoit bo‘lganda sporaning o‘sishidan bazidiya hosil bo‘lib, undan bittadan baziodiosporalar yetiladi. Respublikamiz sharoitida qorakuya kasalligi g‘alla ekinlariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Bu kasallik bilan kasallangan bug‘doy, arpa, begona o‘tlardan ajriq va bag‘doyiqlarning hosildorligi keskin kamayib, mahsulot sifati yomonlashadi. Tartib Zanglar - Uredinales. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari: Basidiomycetes — Bazidiomitsetlar sinfi, Uredinales — Zang zamburug‘lari tartibi Puccinia —Putsiniyalar turkumi Puccinia graminis Pers. f. tritici Eriks. EtHenn.— bug‘doyning chiziqli zang turi. Bu zamburug‘larga 7 ming turdagi vakillar kirib, ular ikki xo‘jayinli — bug‘doy va zirkda tekinxo‘rlik bilan hayot kechiruvchi parazitlardir. Ular bahorgi, yozgi, qishgi taraqqiyot j a r a y o n i g a e g a b o ‘ l i b , s p e r m a t s i y l a r , e t s i d i o s p o r a l a r , urediniosporalar, teliosporalar, bazidiosporalar shaklidagi sporalarni hosil qiladi. Kasallangan o‘simliklarda yostiqchalarni hosil qiladi. Yozgi yostiqchalar — uredosporalar bug‘doyning vegetatsiyasi davomida bir necha nasl berib, bir hujayrali sariq, qizg‘ishsariqyoki qizil rangda bo‘ladi. Qishgi yostiqchalar o‘simlik poyasida, bargida, barg qo‘ltig‘ida yoz faslining oxirida hosil bo‘lgan teliosporalar zamburug‘ning qishda saqlanishi uchun xizmat qiladi. Teliosporalar bahor faslida unib, to‘rttadan bazidiosporaga ega bo‘lgan bazidiyaga aylanadi. Bazidiosporalar oraliq xo‘jayin —zirkni kasallantirib, bargning yuza qismida spermatsiyali spermogoniyni, bargning ostki yuzasida etsidiylar yetiladigan etsiosporani hosil qiladi. Zamburug‘ning meva tanalari o‘simlik epidermisi ostida joylashgan di ploid mitseliydan hosil bo‘lgan teleytosporadan yetiladi. Zamburug‘ning hayotiy sikli 5 ta bosqichda o‘tadi: bahorda — 0-spermogoniy va I etsidiy bosqichi, yozda — II uredo bosqichi, qishda — III teleyto bosqichi va nihoyat, IV-bazidiosporalardagi bazidiyning hosil bo‘lishi. Bir xo‘jayinli parazitlarga Melampspora Lini Desm — kanop zangi misol bo‘ladi. Hayot jarayoni ikkita o‘simlikda o‘tadigan turlarga Puccinia graminis Pers misol bo‘lib, 0 va I bosqich qandim o‘simligida, II, III, IV bosqichlar g‘alla donli ekinlar va begona o‘tlarda o‘tadi. Uredinales tartibi Pucciniaceae va Melampsporaceae oilalariga bo‘linadi. Pucciniaceae oilasi vakillarining telitosporalari bir hujayrali, ikki va ko‘p hujayrali, oyoqchada joylashgan bo‘lib, g‘alladonli ekinlarni kasallantiradi. Teleysporalar morfologik xususiyatiga ko‘ra Uromyces, Puccinia, Gymnosporangium, Phagmidium turkumlariga bo‘linadi. Melampsoraceae oilasi vakillari parazit bo‘lib paporatniklar, nina barglilar va ikki uyli o‘simliklarni kasallantiradi. Bu oilaga Melampsora, Cronartium, Coleosporium turkumlari kiradi. Download 101.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling