Ekologiya va geografiya kafedrasi
Download 163.51 Kb.
|
G\'arbiy yevropa davlatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Ilmiy rahbar: __________
- I-Bob Garbiy Yevropa davlatining geografik asosi…………..……5 I.1. Garbiy Yevropa davlatining geografik o’rni tabiy sharoitlari resuslari……………………………………………………………….6
- II.1. Buyuk Biritaniya geografiyasi………………………………15 II.2. Fransiya davlati geografiyasi…………………………………18 II.3. Monoko davlati geografiyasi………………………………..20
- Kurs ishining maqsad va vazifalari.
- I-BOB. Garbiy Yevropa davlati ning geografik asosi.
- I.3. Garbiy Yevropa davlati ning xo’jaligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVYERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI “EKOLOGIYA VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI” 5110500-“GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI” TA’LIM YO‘NALISHI 89-19-guruh talabasi Umarova Gulbaxorning “G’ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARI” mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: __________o‘qit. K.Esanovich «Himoyaga tavsiya etilsin» “Ekologiya va geografiya” kafedrasi mudiri, g.f.n. dots. L.K.Karshibayeva «____» _______________ 2022 GULISTON 2022 Mundarija: Krish………………………………………………………………….….3 I-Bob G'arbiy Yevropa davlatining geografik asosi…………..……5 I.1. G'arbiy Yevropa davlatining geografik o’rni tabiy sharoitlari resuslari……………………………………………………………….6 I.2. G'arbiy Yevropa davlatining aholisi……………………………8 I.3. G'arbiy Yevropa davlatining xo’jaligi………………………11 II-Bob. G’arbiiy Yevropa davlatlari tahlili………………………..15 II.1. Buyuk Biritaniya geografiyasi………………………………15 II.2. Fransiya davlati geografiyasi…………………………………18 II.3. Monoko davlati geografiyasi………………………………..20 Xulosa va takliflar…………………………………………………..24 Foydalanilgan adabiyodlar ro’yxati………………………………..28 Krish. Mavzuning dolzarbligi shundaki buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Amerikadan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar Yevropa bozorlariga ko‘plab keltirildi. Qirollar mamlakatda ishlab chi- qarilgan mahsulotga nisbatan ancha ko‘p oltin va kumush tangalar zarb qildilar. Pul ko‘paygan sharoitda hunarmandlar va savdogarlar kasodga uchramaslik uchun o‘z tovarlarining narxini oshirishga maj- bur bo‘ldi. Shu tariqa yuz yillar davomida o‘zgarmasdan kelgan narx- navo shiddat bilan o‘sa boshladi. Bu jarayon «narx-navo inqilobi» deb ataldi. Yevropa mamlakatlarida odamlar yashash uchun pul topishning yangi yo‘llarini izlashga tushdi. Ko‘plab oilalar endi ilga- rigidek natural xo‘jalik yurita olmasdan, mahsulotning bir qismini bozorda sotishga majbur bo‘ldi. Natijada, Yevropada tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar, ya’ni bozorda sotishga mo‘ljallangan mah- sulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar soni ko‘payib bordi.Yevropada tashkil qilingan qaysi dastlabki birjalarni bilasiz? Kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi. Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan Angliya, Niderland qirolligi va Fransiya kabi mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshladi. Ular endi vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan yarmarkalarga mahsulot olib borish o‘rniga, yirik shaharlarda tashkil qilingan va birja deb atalgan maxsus joylarda o‘z mahsulotlarini e’lon qila boshladi. Shu yerda xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, mahsulot kelishilgan joyga jo‘natilar edi. O’rganilganlik darajasi.Yangi davrda fan, texnika va sanoatning rivojlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Yangicha iqtisod va kapitalistik munosabatlar shakllandi. Yangi jamiyatning asosiy sinflari – kapitalist va proletariat paydo bo‘ldi. Asosiy qadriyati inson erkinligi va tengligi bo‘lgan yangi,industrial sivilizatsiya qaror topib bordi. Ammo davr oxiriga kelib, odamlar orasida mavjud diniy tartiblardan norozilik kuchaydi. Endi cherkov tartiblari ko‘plab yevropaliklarni qanoatlan- tirmay qo‘ydi. Cherkov marosimlari lotin tilida o‘tkazilib, bu til oddiyodamlar uchun tushunarsiz edi. Shuningdek, ular xristianlarning muqaddas kitobi – Injilni ham tushunmasdi. Kun kechirish og‘ir bo‘lib qolgan Yangi davr boshlarida dehqonlar va shaharlik kambag‘allar qiyinchilik bilan ishlab topgan hamda oilasini boqishga zo‘rg‘a yeta- digan pullarining bir qismini cherkov-u ruhoniylarga berishni ista- masdi. Ruhoniylarning qimmatbaho kiyimlari va taqinchoqlari, cher- kovni bezashda qo‘llanilgan haykal hamda rasmlar pulning qadrini biladigan tejamkor tadbirkorlarning jahlini chiqarar edi. Ammo davr oxiriga kelib, odamlar orasida mavjud diniy tartiblardan norozilik kuchaydi. Endi cherkov tartiblari ko‘plab yevropaliklarni qanoatlan- tirmay qo‘ydi. Cherkov marosimlari lotin tilida o‘tkazilib, bu til oddiy odamlar uchun tushunarsiz edi. Shuningdek, ular xristianlarning mu- qaddas kitobi – Injilni ham tushunmasdi. Kun kechirish og‘ir bo‘lib qolgan Yangi davr boshlarida dehqonlar va shaharlik kambag‘allar qiyinchilik bilan ishlab topgan hamda oilasini boqishga zo‘rg‘a yeta- digan pullarining bir qismini cherkov-u ruhoniylarga berishni ista- masdi. Ruhoniylarning qimmatbaho kiyimlari va taqinchoqlari, cher- kovni bezashda qo‘llanilgan haykal hamda rasmlar pulning qadrini biladigan tejamkor tadbirkorlarning jahlini chiqarar edi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi G'arbiy Yevropa davlatlarining barchasi rivojlangan davlatlar safiga mansub bo`lib, jahon xo'jaligining hududiy tarkibida juda muhim o'ringa ega. Jahon iqtisodiyotida G'arbiy Yevropa davlatlari ko'p tarmoqli mashinasozlik va kimyo sanoati, intensiv chorvachilik va dehqonchilik, bank-moliya va turizm sohalarining xalqaro ahamiyatli darajada rivoj-langanligi bilan alohida ajralib turadilar. Bu borada ko’p ishlar va tadqiqotlar juda ko’p va muhim bu borada ancha ko’p malumotlarnni o’rganish mumkin. Kurs ishining tarkibi. kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.Kurs ishida globallashuv sharoitida G'arbiy Yevropa iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari, omillari va istiqbolli yo‘nalishlari o‘rganilgan. Kurs ishining xulosa qismida tahlil natijalari umumlashtirilib, nazariy va amaliy ahamiyatga ega xulosa va takliflar bеrilgan I-BOB. G'arbiy Yevropa davlatining geografik asosi. Yevropa qit’asining maydoni 10 mln. km.kv ni tashkil etadi. Shundan 5,9 mln. km.kv ga teng hududda (Rossiyadan tashqari) Yevropadagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, sobiq Ittifoq respublikalari joylashgan. Rossiya Federatsiyasi jami hududning 4,1 mln. km.kv ga teng qismi Yevropa qit'asiga to‘g‘ri keladi. Yevropa qit’asi shimoldan janubga (Shpitsbergen orollaridan O’rta dengizda joylashgan Krit oroligacha) 5 ming km ga, g’arbdan sharqqa (Portugaliyaning Atlantika okeani sohilidan Rossiyaning Ural tog‘laridagi Yevropa - Osiyo qit’alari chegarasigacha) 6 ming km ga cho`zilgan. Yevropa aholisi (Rossiya aholisini hisoblamaganda) 2012-yil boshida 600 mln. kishini tashkil etdi yoki 1900-yilga nisbatan (300 mln) deyarli ikki martaga ko'paydi. Lekin, dunyo aholisi sonidagi uning salmog`i XX asr ichida 18% dan 9% gacha kamaydi. Yevropa nisbatan kichik qit’a bo'lsa ham, umumgeografik o‘rni bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalar va tabiat zonalarining shakllanishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham qit’aga xilma-xil tabiiy sharoit xosdir. Yevropa har xil rel`yef shakllari - tekislik va pasttekisliklar, qir va tog'lar mavjudligi bilan ajralib turadi. Yevropada 26 ta har xil morfostruktura, 9 ta tabiiy-geografik o‘lka ajtatiladi. Yevropada o'rtacha balandlikdagi tog'lar esa ancha katta maydonni egallaydi. Ularning ko'pchiligidan dovonlar orqali transport yo'llari o'tkazilgan. Yevropa hududi g`arb, shimol va janub tomonlardan dengiz va okeanlar suvi bilan o'ralgan. Shuning uchun ham Yevropada (Rossiyani hisobga olmaganda) dengizdan 600 km uzoqlikda bo'lgan joy yo`q. Jumladan, Buyuk Britaniyaning katta qismida aholi dengizdan atigi 60-80 km ga teng uzoqlikda istiqomat qiladi. Boshqa qit’a va materiklardan farqli o'laroq, Yevropa hududining 28%i inson tomonidan o'zlashtirilmagan, xolos. Yevropa hududi G'arbiy, Shimoliy, Janubiy va Sharqiy Yevropaga taqsimlanadi. Ushbu regionlar ichida iqtisodiy jihatdan G'arbiy va Shimoliy Yevropa eng rivojlangan Sharqiy Yevropa esa nisbatan bo`sh rivojlangan hisoblanadi. I.1. G'arbiy Yevropa davlatining geografik o’rni tabiy sharoitlari resuslari. Dunyo siyosiy xaritasida Yevropaning o‘z o‘rni bor. XX asrning 80-yillarida bu yerda 32 ta suveren davlat mavjud bo'lgan. 90-yillarning dastlabki davrida esa mamlakatlarning umumiy soni 40 ga yetdi. Sobiq Ittifoq tarkibidan Boltiqbo'yi davlatlarining ajralib chiqishi, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning bo‘linishi qit’ada mamlakatlar sonini ko'payishiga sabab bo‘ldi. 1989-yilda ikki nemis davlatlarining qo'shilib, yagona Germaniya Federativ Respublikasining barpo qilinishi qit’a va jahon siyosiy xaritasida katta voqea bo'ldi. XX asrning so'nggi 10 yilida Yevropa va jahon siyosiy xaritasida yana ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Ittifoq parchalanib, 10 dan ortiq yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Shulardan Yevropa davlatlari qatoriga Ukraina, Belarus va Moldova qo'shildi. Shunday qilib, Yevropada yangi XXI asr boshida (Rossiyani hisobga olmaganda) jami 46 mamlakat mavjudligi qayd etildi. Yevropa kichik mamlakatlar o'lkasidir. Aynan ana shu qit’ada jahondagi «mitti» davlatlar (Andorra, San-Marino, Monako, Vatikan, Lixtenshteyn)ning ko'pchiligi joylashganligi so'zimizga dalil bo'lishi mumkin. Maqomi noma`lum Gibraltar (6,5 km.kv) va Daniya mustamlakasi Faryer orollari (1,5 km.kv) ham juda kichik maydonlarga ega. Mazkur davlatlardan tashqari hududi nisbatan kichik mamlakatlardan 12 tasining har birining maydoni 50 ming km.kv dan ham kichikdir. Shular qatoriga Belgiya, Niderlandiya, Daniya (Grenlandiya orolini hisoblamaganda), Chernogiriya, Shveysariya, Moldova, Slovakiya, Malta, Makedoniya, Albaniya va Estoniya kiradi (taqqoslash uchun bir Moskva oblasti maydoni 47 ming km.kv ni tashkil etishini aytib o'tish kifoyadir). Qit’ada 12 ta mamlakat hududi 50 mingdan 100 ming km.kv gacha boradi. Bunga Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Serbiya, Vengriya, Chexiya, Latviya, Litva, Xorvatiya, Bosniyiya va Gersegovina, Portugaliya, Cehrnogoriya mamlakatlaridan iboratdir. Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, GFR, Italiya, Polsha, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, va Gretsiyaning, ya’ni jami 11 davlatning maydoni 100 mingdan 500 ming kv km gacha o'zgaradi. Faqat Fransiya va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan ozgaradi. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan oshadi. Rossiya Federatsiyasi maydonining kattaligiga binoan nafaqt Yevropa, balki butun dunyoda tengi yo`q mamlakatdir. Yevropada har xil shaklga ega bo'lgan mamlakatlar mavjud. Norvegiya qit’ada hududi meridian yo'nalishi bo`yicha eng uzun (1750 km) joylashgan mamlakatdir. Shunday mamlakatlar qatoriga yana Shvetsiya (1600 km), Finlandiya (1160 km), Fransiya (1000 km), Buyuk Britaniya (955 km), GFR (850 km) kiradi. Shu bilan birga Bolgariya va Vengriyada chekka nuqtalar orasidagi masofa 500 km dan oshmasligini aytib o’tish joizdir. Niderlandiyada esa bu ko‘rsatkich atigi 300 km ni tashkil etadi. Yevropa dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Uning jahon YIM dagi ulushi salkam 16805 mlrd. dollarni yoki jahondagi jami 85539 mlrd. Dollarga teng YIM ning 19,6 foizini tashkil etadi. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to‘g‘ri keladi. Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o`ttizta davlatlar birlashtirilib, ulkan miqyosga, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda. I.2. G'arbiy Yevropa davlatining aholisi. 2050 yilga borib, Yevropaning shimoliy va markaziy hududlari demografik vaziyat nuqtai nazaridan barqaror bo‘ladi, qit'aning janubi va sharqini esa, aksincha, aholisining tezda qarishi kutmoqda. Bu haqda seshanba kuni jurnalistlarga oshkor qilingan, Berlinning rivojlanish va nufuz instituti tomonidan e'lon qilingan yangi tadqiqotda aytib o‘tilgan. «Qarish, shubhasiz, demografik rivojlanishning eng sezilarli iqtisodiy oqibati sanaladi. Bu hodisaga qarshi kurashish va ishchi bozorni yangi kadrlar bilan boyitishning ikki yo‘li bor — tug‘ilishni ko‘paytirish va mehnat muhojirlarini jalb qilish. Yevropa demografik migrantlar sohasida pioner bo‘lishi mumkin, biroq bu yo‘nalishda rivojlanish qit'aning turli qismlarida turlicha kechayotganining guvohi bo‘lyapmiz», — dedi Yevropaning 290 hududi tahlildan o‘tkazilgan tadqiqotda qatnashgan doktor Reyner Klingholts. Klingholtsning so‘zlariga ko‘ra, tahlil natijasida quyidagi xulosalar olingan: Skandinaviya davlatlari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Avstriya, Germaniya, Shveytsariya iqtisodiyot va demografiya jihatidan eng taraqqiy topgan hududlar hisoblanadi. Bu holda Shvetsiya, Norvegiya va Buyuk Britaniyada tug‘ilish sonining ko‘pligi kuzatilayotgan bo‘lsa, nemis tilli hududlardagi barqarorlik Yevropaning va jahonning boshqa mamlakatlaridan kelayotgan migrantlar hisobiga ushlab turilibdi. Qit'a janubida — Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, shuningdek, janubiy Italiyada moliyaviy, qarzdorlik va migratsion inqiroz tufayli 80-yillarda boshlangan demografik murakkabliklar chuqurlasha bordi va prognozlarga ko‘ra bu mamlakatlarni keyinchalik ham tug‘ilishning kamayishi va emigratsiyaning o‘sishi kutib turibdi. Ayniqsa, sharqiy Yevropa davlatlarida vaziyat shiddat bilan rivojlanib boradi, chunki bu davlatlar azaldan, ayniqsa, sotsialistik tuzum vaqtida tug‘ilish soni yuqori mamlakatlar hisoblangan. Bu davlatlarning iqtisodiy o‘sishini G‘arbiy Yevropa davlatlari darajasida tez ta'minlashning iloji yo‘qligidan, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida migratsiyaning yuqori sur'ati, tug‘ilishning kamayishi va aholining qarishini keltirib chiqarmoqda. Natijada Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlar 2050 yilgacha aholisining yiliga 0,5 foizini yo‘qota borishi mumkin, Berlin instituti hisob-kitoblariga ko‘ra Boltiqbo‘yi respublikalari asr o‘rtasiga borib ayni paytdagi aholisining 40 foizidan ayriladi. Institut xodimi Shtefan Sifertning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilish darajasi va migratsiya darajasi bir biriga chambarchas bog‘liq, mamlakatdan yoshlarning chiqib ketishi demografik inqiroz chuqurlashishiga sabab bo‘ladi, xolos. Migrantlar Germaniyani quvvatlashmoqda Germaniyaga so‘nggi to‘rt yilda Yevropa va jahonning boshqa davlatlaridan 1,5 milliondan ziyod qochoq va yuz minglab migrantlar kirib kelishi tufayli, garchi so‘nggi 40 yilda o‘lim soni tug‘ilish sonidan ko‘p bo‘layotganiga qaramasdan, GFRda demografik o‘sish barqaror bo‘lib qolmoqda va tendensiya joriy asrning o‘rtalariga qadar davom etadi, deb hisoblashmoqda tadqiqotchilar. Aynan nemis tilli hududlarga migratsiya sabablari iqtisodiy darajaning yuksakligi, fuqarolar hayotining ta'minlanganligi, ish o‘rinlarining mavjudligi bilan tushuntirilmoqda. Lekin bir vaqtning o‘zida migratsiya o‘zi bilan ayrim tahdidlarni ham olib keladi — mamlakat aholisi kelgindilarni nemis jamiyatiga integratsiya qilishga muvaffaq bo‘linadimi, degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda. Aftidan, bu savollar o‘ta jiddiy, shu sababli «Germaniya uchun muqobil» yevroskeptiklar partiyasi kabi o‘ng partiyalarning mashhurligi oshib bormoqda. Germaniyaga eng ko‘p migrantlar va qochqinlar 2015 yilgi inqiroz avj pallaga chiqqan payti — deyarli 900 ming kishi kelgan, deyiladi IIV ma'lumotida. Ularning uchdan ikki qismi Germaniyada yashash guvohnomasini qo‘lga kiritishgan. Yangi paydo bo‘lgan ishchi kuchini bozorga tezroq olib chiqish niyatida GFR hukumati yangi qonunlar qabul qila boshladi, ulardan ayrimlariga ko‘ra, migrant va qochqinlarga ularga boshpana berilishidan avvalroq integratsion kurslarda qatnashish imoknini beradi, yoki mamlakatda yashay boshlaganidan uch oy o‘tib ularga mehnat bozori eshiklari ochib beriladi. Lekin bu insonlarni ishga joylashtirishni hanuzgacha muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi: ularning malakasining pastligi va tilni bilmasligi oqibatida ish beruvchilar ularni ish bilan ta'minlay olmayapti, kelganlarning faqat 10 foizi Germaniyada talab etiladigan malakaga ega, deyiladi Berlin instituti tadqiqotida. Germaniyada demografik rivojlanish markazlari sifatida Bavariya va Baden-Vyurtemberg yerlari e'tirof etilgan, ular bir vaqtning o‘zida sanoat klasteri ham hisoblanadi. Bundan tashqari, Berlin va Leyptsigda sezilarli demografik o‘sish kuzatilmoqda. Berlinda migrantlarni uchta universitet, yashasa bo‘ladigan hayot sharoiti va ish o‘rinlarning keng tanlovi kutib turibdi. Saksoniya poytaxti Leyptsigda butunjahon ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, u yerda universitet, aeroport va juda rivojlangan sanoat, jumladan, doimo malakali kadrlarga ehtiyoj sezuvchi po‘lat quyish va avtomobilsozlik sanoati mavjud. Biroq Germaniyaning yerli aholisining qarishi davom etmoqda. Ayni paytda 64 yoshdan oshgan qariyalarning jamiyatdagi ulushi 21 foizdan ortiq, bu esa Gretsiya va Italiyadan keyingi uchinchi ko‘rsatkich. Tadqiqotga ko‘ra, Germaniyadagi har bir pensionerga uch nafar ishlovchi fuqaro to‘g‘ri keladi. I.3. G'arbiy Yevropa davlatining xo’jaligi. Yangicha iqtisodning shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Amerikadan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar Yevropa bozorlariga ko‘plab keltirildi. Qirollar mamlakatda ishlab chi- qarilgan mahsulotga nisbatan ancha ko‘p oltin va kumush tangalar zarb qildilar. Pul ko‘paygan sharoitda hunarmandlar va savdogarlar kasodga uchramaslik uchun o‘z tovarlarining narxini oshirishga maj- bur bo‘ldi. Shu tariqa yuz yillar davomida o‘zgarmasdan kelgan narx- navo shiddat bilan o‘sa boshladi. Bu jarayon «narx-navo inqilobi» deb ataldi. Yevropa mamlakatlarida odamlar yashash uchun pul topishning yangi yo‘llarini izlashga tushdi. Ko‘plab oilalar endi ilga- rigidek natural xo‘jalik yurita olmasdan, mahsulotning bir qismini bozorda sotishga majbur bo‘ldi. Natijada, Yevropada tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar, ya’ni bozorda sotishga mo‘ljallangan mah- sulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar soni ko‘payib bordi. Yevropada tashkil qilingan qaysi dastlabki birjalarni bilasiz? Kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi. Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan Angliya, Niderland qirolligi va Fransiya kabi mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshladi. Ular endi vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan yarmarkalarga mahsulot olib borish o‘rniga, yirik shaharlarda tashkil qilingan va birja deb atalgan maxsus joylarda o‘z mahsulotlarini e’lon qila boshladi. Shu yerda xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, mahsulot kelishilgan joyga jo‘natilar edi. Birjalar bilan bir qatorda, zamonaviy banklarning paydo bo‘lishi ham Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug‘i bo‘ldi. O‘rta asrlarda banklar rolini pul maydalaydigan sarroflik do‘konlari bajarar edi. XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo bo‘ldi. Keyin G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham savdo- garlarga xizmat ko‘rsatuvchi shunday banklar vujudga keldi. Birja va banklar Yevropada savdo va sanoatning rivojlanishida juda katta rol o‘ynadi Xavf-xatar katta bo‘lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun savdogarlar aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshladi. Ular kom- paniyaning umumiy xarajatlari uchun mablag‘ qo‘shib, foydadan o‘z ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz – aksiyaga ega bo‘lardi. Bozorlarda mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqa- ruvchi va sotuvchilar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi. Raqobatda mag‘- lub bo‘lib, kasodga uchramaslik uchun mahsulotni tez, sifatli va arzon ishlab chiqarish talab qilinardi. Shu sababli Yevropada mahsulot ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi jadal rivojlandi, yangi ixtirolar ko‘- paydi, mahsulot narxi arzonlashib, odamlarning yashash darajasi yax- shilanib bordi. Yangi davr boshlarida Yevropa bozorlaridan biri Dehqonlar O‘rta asrlardagi uch dalali ekishdan ko‘p dalali ekishga o‘tdi. Natijada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi oshib, sotish uchun mahsulot ko‘paydi. Bug‘doyni yanchish, shaxtadan suv chiqarish uchun suv charxpalagi va shamol tegirmonidan keng foy- dalanish boshlandi. Òokarlik, to‘quvchilik va boshqa eng oddiy dast- gohlar yaratildi. G‘arbiy Yevropada savdo va texnikaning rivojlanishi natijasida hamma o‘z kapitalini ko‘paytirishga kirishdi. Masalan, shahardagi eng boy to‘quvchi yoki savdogar turli yo‘llar bilan hunarmand to‘quvchilarni kasodga uchratadi. Shundan so‘ng ularning iplarini, bo‘yoqlarini, to‘quv dastgohlarini arzonga sotib olib, o‘zini ishga taklif qiladi. Bitta katta bino ostida ko‘plab hunarmandlar yig‘ilib, ularning har biri bitta ish, masalan, kimdir matoni to‘qish, boshqasi uni bo‘yash kabi ishlar bilan shug‘ullanadi. Bu mehnat unumdorligini keskin oshi- rib, mahsulot sifatini yaxshilaydi. Ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar manufaktura deb ataladi. Manufak- tura – qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni anglatadi. Manufakturada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning hammasi uning egasiga tegishli bo‘lardi. U mahsulotni bozorda sotib, foy- daning bir qismini yollanma ishchilarga ish haqi tarzida berardi. Shu tariqa G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bozor sharoi- tida mayda tovar ishlab chiqarilishi rivojlanishining qonuniy natijasi bo‘ldi. U asta-sekin O‘rta asrchilik feodal munosabatlarini siqib chi- qardi. Yangi jamiyat kishilari. Kapitalistik munosabatlar jadal rivojlangan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kishilarning yangi tipi – tadbirkor paydo bo‘ldi. Òadbirkor kim edi? Òadbirkor o‘z shaxsiy muvaffaqiya- tiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor shaxs edi. Eski gildiyadan chiqib aksionerlik kompaniyasiga a’zo bo‘l- gan savdogar, o‘z sexini tark etib manufakturaga kirgan hunarmand, qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib fermerga aylangan kechagi dehqon tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. Bu tadbirkorlarning barchasi yollanma mehnatdan foydalanardi, bozorda raqobatchilik qilardi va kapital yig‘ardi. Shu tariqa jamiyatning yangi qatlami – burjuaziya paydo bo‘ldi. Boyib ketgan burjuaziya vakillari eski zodagonlardek kiyinib, o‘zlariga hashamatli uylar qura boshladi. Ular o‘zlari yashaydigan hududlarni toza va obod qildi, natijada O‘rta asrlardagi vabo, o‘lat kabi yuqumli kasalliklar chekinib, aholi tez ko‘paydi. Boy burjuaziya vakillari eski zodagonlar bilan quda-andachilik qilib, o‘zlariga yuqori martaba va unvonlar sotib oldi. Burjuaziyaning bu qatlami yangi zodagonlar deb ataldi. Ular ruhan tadbirkorlikka yaqinligi bilan eski zodagonlardan farq qilardi. XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiybanki paydo bo‘ldi.Bozorlarda mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi. Ammo yangicha turmushda hamma ham o‘z o‘rnini topa olmadi. Nogironlar va yetimlarning ahvoli avvalgidan ham og‘irlashdi. Òez orada minglab ishsizlar ham ular safiga kelib qo‘shildi. Ularning bir qismi manufakturalar va fermerlar yerlariga ishga yollandi. Shu tariqa yangi jamiyatda yollanib ishlaydigan yana bir qatlam – ishchilar paydo bo‘ldi. Xo‘jalik yuritishning yangi shakli va yangicha hayot tarzi turli tabaqa vakillarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Endi ular bir-biridan il- garigidek huquq va majburiyatlari bilan emas, kapitalining bor yoki yo‘qligi, daromad darajasi bilan farq qilardi. Kishilar bir-biridan ka- pitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan ja- miyat sinfiy jamiyat deb ataladi. Yer-mulkidan, uyi va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan, o‘z xohishi bilan kapitalistga ishga yollanuvchi va mehnati uchun ish haqi oluvchi kishilar yollanma ishchilar – proletariat sinfiga birlashdi. Shu tariqa G‘arbiy Yevropada jamiyatning tabaqaviy bo‘linishi tugatilib, yangi, sinfiy bo‘linish shakllandi va zamonaviy sivilizatsiya- ning asosiy jihatlari qaror topib bordi. Yangi davrda Yevropa shaharlari. Shaharlarning rivojlanishi har doim ularning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lgan. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shahar- larning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissa- bon va Ispaniyaning Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga Hindistondan tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‘plab kel- tirilar edi. Yangi savdo yo‘llaridan chetda qolgan Italiya shaharlari, aksincha, o‘zlarining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi. Download 163.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling