Ekologiya va geografiya kafedrasi


II.3. Monoko davlati geografiyasi


Download 163.51 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi163.51 Kb.
#1517472
1   2   3   4   5
Bog'liq
G\'arbiy yevropa davlatlari

II.3. Monoko davlati geografiyasi.

Monako


Monako Qirolligi
Principauté de Monaco
Principatu de Munegu





Bayroq

Gerb




Shior: Deo juvante
(Lotincha: With God's help)




Madhiya: Hymne Monégasque









Poytaxt

Monako




Hukumat

Semi-Konstitutsion Rohiblik










• Rohib

Prins Albert II




• Davlat vaziri

Jon-Pol Prust




Mustaqillik




Maydon




• Butun

001.95 km2 (236-oʻrin)




Aholi




• 2002-yilgi roʻyxat

32,409 (215-oʻrin)




• Zichlik

16620/km2




YIM (XQT)

2005-yil roʻyxati




• Butun

AQSh$870 mil. (195-oʻrin)




• Jon boshiga

AQSh$26,844




Pul birligi

Yevro (EUR)




Qisqartma

MN




Telefon prefiksi

377




Internet domeni

.mc




tahrir kuzat









Monako (Monaco), Monako knyazligi (Principaute de Monaco) — Janubiy Yevropada, Oʻrta dengiz so-hilidagi davlat. Maydoni 2 km². Aholisi 31,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Monako shahri Monakoda monegasklar, fransuzlar, italyanlar yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Dini — katolitsizm. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga boʻlinadi. Bu okruglar bir-biri bilan qoʻshilib ketgan Monako, Kondamin va Montekarlo shaharlaridan iborat.


Monako — konstitutsiyali monarxiya (knyazlik). Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 17-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — knyaz (1949-yil 9-maydan Renye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz bilan Millim kengash (parlament) amalgaoshiradi. Ijroiya xrkimiyatini knyaz nomidan Davlat vaziri boshchiligidagi Hukumat kengashi boshqaradi.
Miloddan avvalgi 10— 1-asrlarda hozirgi Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzil-gohlari boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Monako darimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2-yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419-yildan Monako mustaqil knyazlik, 1524-yildan Ispaniya, 1641-yildan Fransiya protektorati. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hrkimiyati agʻdarilib, mamlakat Fransiyaga qoʻshib olindi (1793). 1814-yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi (1814—15) qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1861-yildan Fransiya protektorati. 1865-yilda Fransiya bilan bojxona ittifoqini tuzdi. Fransuz Moris Blan Monakoda qimorxona ochishga konsessiya oldi. "Dengizda choʻmilish jamiyati" tuzildi va u Montekarloda qimorxona majmuasini qurdi. Fransiya bilan Monako oʻrtasidat. yil qurilgach (1868), Montekarlodagi qimorxona dunyoga mashxur boʻldi va Monakoning asosiy daromad manbalaridan biriga aylandi.
1899-yil Monakoda Okeanografiya muzeyi tashkil etildi va u xalqaro okeanografiya tadqiqotlari markazi boʻlib qoldi. 1911-yil birinchi konstitutsiya joriy qilindi, unda saylab qoʻyiladigan Milliy kengash (parlament) koʻzda tutilgan edi. 1959-yilda knyaz Renye III Milliy kengashni tarkatib, konstitutsiyaning amal qilishini toʻxtatdi. 1962-yilda yangi konstitutsiya joriy etildi. 1963-yil 18-mayda Fransiya bilan Monako oʻrtasida tuzilgan bitimdagi konvensiyaga muvofiq, Fransiya Monakodagilarga erkin soliq solish huquqiga ega boʻldi. Monako — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19-noyabr — Millat kuni.
Monakoda oziq-ovqat, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, kema taʼmirlash korxonalari bor. 800 ga yaqin xalqaro kompaniya va 50 bank boshqaruvi ishlaydi. Monako — turizm markazlaridan biri. Bu yerda dunyoga mashhur kurortlar mavjud. Xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish, kurortlar va qimorxonalar asosiy daromad manbaidir. Pul birligi — fransuz franki.
Monakoda rasmiy siyosiy partiyalar yoʻq; turli siyosiy tashkilotlar parlament saylovi vaqtida faoliyat yuritadi. Monako kasaba uyushmalari birlashmasiga 1944-yilda asos solingan. Monakoda oylik "Gazet Monako — Kot d’ Azyur" ("Monako gazetasi — Lojuvard soxil", 1976-yilda asos solingan), hukumatning haftalik "Jurnal de Monako" ("Monako gazetasi", 1858-yildan), "Monako aktyualite" ("Monako yangiliklari", 1985-yildan) gazetalari chiqadi. Montekarlo radiosi va Montekarlo televideniyesi 1954-yildan mavjud.
Monakoda boshlangʻich va oʻrta maktablar, hunartexnika bilim yurtlari, Monako shahrida Musiqa akademiyasi bor. Monako hududida topilgan £ "S qad. madaniyat izlari paleolit va neolit davrlariga mansub (Rasadxona, Bosse-Russe gʻorlari va boshqa joylardagi topilmalar). Finikiyaliklar hukmronligi davrida afsonaviy qahramon Melkart yoki Geraklga bagʻishlangan ibodatxona qurilgan. Gretsiya va Rim xukmronligi davrlariga oid sopol, oltin buyum va zebziynatlar, ayniqsa, koʻp topilgan. 1215-yilda genuyaliklar Monako qoʻltigʻi atrofidagi qoya tepasiga kurgan qalʼa 16-asrda saroyga aylantirildi va u Monako shahri tarixiy markazining oʻzagi boʻlib qoddi.
Monako sanʼati Fransiya va Italiya badiiy madaniyati taʼsirida rivojlandi. Bu yerdagi barcha muhtasham inshoot va binolar fransuz meʼmorlari loyihasi asosida qurilgan. Turar joylar, asosan, 2—3 qavatli imoratlar tarzida barpo etilgan. Keyingi yillarda baland binolar, koʻngilochar muassasalar koʻplab qurildi.[1]
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, jahondagi ko`plab rivojlanayotgan
mamlakatlar G’arbiy Yevropa iqtisodiyoti tajribasini, uning ―bosib o`tgan yo`llari‖ va
bosqichlarini tahlil qilgan holda o`z mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida
tatbiq qilgan. Jumladan, Buyuk biritaniya, Monokok, Fransiya, kabi mamlakatlarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va
dasturlarda aynan tajribasi‖ning ba'zi jihatlaridan unumli foydalanilgan.
G’arbiy Yevropa XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo`jaligida eng еtakchi mamlakatlar
qatoridan munosib o`rin egalladi.
YEVROPA (Yunoncha Europe, osuriy tilida “ereb” — G’arb) — qit’a, Yevrosiyo materigining g’arbiy qismi. Maydoni 10507 ming kilometr kvadrat; 730 ming kiloometr kvadratni orollar tashkil etadi. Qit’a Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural tog’larining Sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botig’i orqali va don daryosining quyilish joyidan o’tkazilgan. Shim.dan Shimoliy muz okeani va uning dengizlari (Kara, Barents, oq, Norvegiya) bilan, G’arb va Janubdan Atlantika okeani va uning dengizlari (Boltiq, Shimoliy, O’rta, Marmar, kora va Azov) bilan chegaralangan. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda — Nordkin burni (7R08′ sh. k.), Janubda — Marroki burni (36°00′ sh. k.), g’arbda — Roka burni (9°34′ G’. u.), sharqda — Qutbiy Ural tog’ining Sharqiy etagi (67°20′ shq. u.). Yevropa hududining 25% ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari: Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Krim yarim orollari. Yevropaga karashli Orol va arxipelaglardan eng yiriklari: Novaya Zemlya, Frans-Iosif Eri, Shpisbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sisiliya, Krit. Yevropa qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi 38 ming kilometr. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, dengiz va qo’ltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan. Tabiati. Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi tog’lardan iborat. Yevropa o’rtacha (300 metr chamasi) va maksimal (4807 metr, Alp tog’laridagi Monblan cho’qqisi) balandligi jihatdan boshqa qit’alardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Ba’zi rayonlari (Kaspiy bo’yi pasttekisligi — 28 metr, shimol va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan past. Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jihatidan xilma-xil. Yevropaning Sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi to’lqinsimon, tepalik ko’p, o’rtacha balandligi 170 metr. Ba’zi joylari 200 metr va undan ham balandroq bo’lib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning g’arbiy eng chekka nuqtasi. O’rta rus, Volga bo’yi, Dnepr bo’yi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin O’rta Yevropa tekisligiga o’tib boradi. G’arbiy Yevropaning katta qismi tog’lardan iborat. Janubda yosh burmali tog’lar ko’tarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, StaraPlanina tog’lari, Dinara yassitog’ligi. Yevropaning o’rta qismi qadimgi tog’lar — Sevenna, yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va boshqalardan iborat. Qadimgi tog’larga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya tog’lari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystosen muz bosishlarining roli katta. Ko’p joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya o.lari, Alp va Karpat tog’lari bo’lgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 kilometrga yetgan. Geologik tuzilishi. Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan to’rt qismga bo’linadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi strukturalari; gersin burmalanishi strukturalari (Angliya janubi, Frantsiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi strukturalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo bo’lgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola yarim oroli), Ukraina qalqoni (Dneprning o’ng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan kryajida yer yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan bo’lib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklari bilan qoplangan. Kaspiy buyi (8-10 kilometr), Dnepr-Donesk (4-5 kilometr), Moskva (2-3 kilometr), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin tog’jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya tog’lari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub cho’kindi va vulkan jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil bo’lib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan chukindi, vulkan va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning g’arbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Frantsiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, slanesli Reyn, Gars tog’lari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub chukindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va bet tog’lari kiradi. Neogen boshida ko’tarilgan tog’tizmalari etagida Akvitaniya, Shveytsariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiklari, Vena, Vengriya botiklari kabi toglararo botiklar paydo bo’lgan hamda ular neogen-to’rtlamchi davrlar yotqiziklari b-n to’lgan. Neogen yotkiziqlari mavjud qora va O’rta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil bo’lgan. Neogenda chuqur siniklar paydo bo’lishi bilan Karpat tog’larida, Reyn daryosi buyida va boshqa joylarda vulkanlar otilgan. Keyingi davrda vulkan otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va boshqalar) davom etmoqda. Tog’ tizmalarining ko’tarilishi va pastliklarning cho’kishi yer po’stining eng yangi harakatlaridan daolat beradi. Foydali qazilmalari. Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotqiziqlari orasidan (Volga-Ural, Kaspiy bo’yi, Dnepr-Donesk, Polsha, GFR, Niderlandiya, Buyuk Britaniya hamda Shimoliy dengiz tubi va boshqa joylardan); Alp tog’lari etagi va tog oralig’idagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va boshqalar) neft neogen yotqiziqlari orasidan topilgan. Toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirning katta konlari (don, Lvovvolin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qurg’oshin, kumush konlari asosan gersinid mintaqasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy buyi va Ural oldida hamda Perm yotqiziklari orasida uchraydi. Apatitnefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan. Iqlimi. Yevropaning aksariyat qismi o’rtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada Arktika, subarktika, mo’tadil va subtropik mintakalar iqlim tiplari bor.

Download 163.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling