Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi


Download 1.73 Mb.
bet1/8
Sana28.03.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1304776
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«EKOMONITORING VA EKOEKSPERTIZA» mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” kafedrasi

«EKOMONITORING VA EKOEKSPERTIZA»
fanidan
Mustaqil ishi

Tuzuvchi: Amatjanova Intizor


Urganch – 2022

Konspekt
XX asida ilm va fanning cheksiz taraqqiyoti insoniyat oldiga qator vazifalarni qo‘vdi. Uiardan biri insonning tabiatga bo'lgan munosabatini o'zgartirishdir, endi o‘sib kelayotgan yosh avlodga to'g'ri ta’lim berishdir. Asosiy vazifa shundaki insonlar ongiga tabiat bilan hamohang yashash zarurligini singdirish lozim, tabiatni hurmat qilish hozirgi kunda dunyo jamoatchiligida asosiy shiorga aylanmoqda. Biz yashab turgan Er sharining saqlanib turishiga har bir inson javobgar, tabiatda yashash orqali unga zarar etkazmasligimiz va uni asrab-avvaylashimiz zarur. Ekologik monitoringni o'rgatishdan maqsad, faqat ekologiya sohasida bilimlarni shakllantirish emas, tabiatdagi xodisalami ilmiy tahlil qilish, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o‘zaro bogiikni fikrlashga hamda tabiatga amaliy yordam berishga o‘rgatish hisoblanadi.
Yaxshiroq o‘ylab ko‘rilsa bugungi kunda ekologik monitoring tabiatni o‘rganish borasidagi barcha sohalarda qoMlaniladi: atmosfera, tuproq, suv monitoringi, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, qushlar va hokazo. Ekologik monitoringni yaxshi bilish natijasida atrof-muhitga to'g'ri munosabatda bo'iish, uni asrab-avvaylash, kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish mumkin. Insoniyat tabiatga bo'lgan o 'z qarashlari bilan eng so'ngi chegaraga etib bordi, endilikda yangi bilimlar, yangi munosabat, yangi mentalitet, yangi insonni tarbiyalashi kerak. Albatta, yangi shaxsni shakllantirish uchun mehnat bolalikdan boshlanadi. Bolaga go'dakligidan boshlab tabiat qonunlarini tushuntirib uni asrab-avvaylab, uni sevib yashashga o'rgatish lozimdir. Ikkinchi muhim masala ekologik ta’lim bugun hamma yoshdagi insonlar uchun bab-baravar lozim, ekologik ma’naviyat har insonda ustuvor yo'nalishga aylanishi va inson o'zining barcha hayotiy faoliyatida ekologik ta’limni yoshlarga singdirib borishga o'rganishi lozimdir.
Ekologik bilim xuddi oddiy arifmetikaday kundalik hayotimizda biz bilan yonma-yon bo'lishi kerak, biz qaysi soha mutaxassisimiz, o'qiymizmi, ishlaymizmi, shu jamiyatda yashar ekanmiz o'zim iz yashab turgan tabiatni saqlab qolishga harakat qilishimiz zarur. Ekologik ta’limni o'rgatishning uch asosiy yo'nalishi bor ular, quyidagicha:
1. Ekologik qonunlar, qoidalar, nazariyalarni, ilmiy tushunchalarni bilish; doimo «inson bilan tabiat» bir yagona, yaxlit degan fikrni yodda saqlash;
2. Tabiatni xayajonli - estetik did bilan madaniy ravishda qabul qilaolish, inson doimo tabiatni turli obrazlarda ko'raolishi va unga nisbatan muxabbatda bo'lishi;
3. Ijtimoiy tabiiy holatlarda doimo tabiatni o'ylab ish olib borish va ekologik muammolarni to'g'ri echish;
7 Ilmiy izlanishlar olib borish aslida muammoli o'qitishning bir uslublaridan biri hisoblanadi. Ilmiy kuzatuvlar olib borish - o‘quvchi yoki talabada faollik, intiluvchanlikni shakllantirib, o‘zi yashab turgan hududga qiziqishni o'stiradi, yoshligidan ekologik muammolarni tushunib etishga o'rgatadi. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun albatta oliy ta’lim muassasalaridagi o'qituvchilar bilan birgalikda ish olib borilishi kerak.
Olib boriladigan ilmiy ishning yo'nalishi juda katta ahamiyatga egadir, oTganiladigan ilmiy mavzu ular yashaydigan muhit muammolaridan kelib chiqqan bo'lsa juda yaxshi bo'ladi, o'zlari yashaydigan joyda hamma narsa juda yaxshi tanish, shuning uchun ishlarni bajarish oson kechadi. Izlanishlami o'quvchi yoki talaba bir o‘zi olib borishi mumkin, bu narsa uning o‘z xohishi va olib boriladigan mavzudan kelib chiqadi. Bu paytda yosh izlanuvchi o 'z ishini puxta olib borishga o'rganishi lozim, aks holda ba’zi hollarda u ishni qayta olib borishga yoki bir necha marta takror bajarishga ham rozi bo'lishi kerak, izlanishlar xaqiqiy bo'lishi uchun eksperimentlar birnecha joyda takror olib boriladi. Ammo, ilmiy izlanishlami bir necha kishi jamoa bo'lib olib borishi ham mumkin, bunda har bir izlanuvchi baravar ishtirok etishi lozim, har kim olinadigan ilmiy xulosalar uchun o 'z javobgarligini xis qilishi kerak bo'ladi. Olib boriladigan ilmiy ishlar turiga qarab uch yo'nalishga bo'linadi:
1 - nazariy kuzatishlar;
2 - amaliy tajribalar olib borish;
3- tizimli, maktab yoki oliy maktab ekologik monitoringi asosida olib boriladigan qator izlanishlar.
Olib boriladigan nazariy kuzatishlar quyidagi tarzda bo'lishi mumkin: shu sohaga oid adabiyotlarni o'rganish, ekologik muammolar bo'yicha referatlar, maruzalar, maqolalar tayyorlash, konferentsiyalar o'tkazish. Bunday amaliy tajribalami hudud miqyosida muammoli mavzelarda alohida eksperimentlar o'tkazish yo'Ii bilan bajarish mumkin, masalan, o'zi yashab turgan o'lkadagi tirik organizmlar, shuningdek, uning tarixi, madaniyati, iqlimi haqida m a’lumotlar bo'lishi mumkin. O'simliklar va hayvonlar turini o'rganish; yashayotgan joyidagi tarixiy obidalarni inventarizatsiya qilib joylashish kadastirini tuzib chiqish; «Qizil kitob»ga kirgan o'simliklar va hayvonlar turini o'rganish,tuproq turlarini; buloqlar sonini; ekologik so'qmoqlar tashkil qilib ularni belgilab chiqish; yaqin qo'riqxonalarda bo'lib o'sim lik va hayvonlarning morfologik va anatomik belgilarini to'liq yozib olish, ekotizim bilan tanishish va boshqalar.
Tizimli izlanishlar deganda, bu yuqori sinflar yoki oliy maktab talabalari o 'z o'qituvchilari bilan birgalikda ekologik monitoring asosida jamoa bo'lib atrof-muhitda bo'layotgan o'zgarishlarni o'rganadi hamda kuzatadi, ushbu tajribalar ham ta’lim berishi va tarbiyaviy ahamyati bo'lishi kerak. Bizni o‘rab turgan tabiat yoki atrof-muhitning monitoringi biosferaning holatini kuzatish va undagi o'zgarishlami uzoq vaqt davomida o‘rganish hamda baholashni o'rganadi. Bundan tashqari antrapogen omillar ta’sirida inson sog'ligi boshqa tirik organizmlar ning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatuvchi jiddiy vaziyatlaming oldini olishni maqsad qilib qo'ygan


Referat
Barqaror rivojlanish g‘oyasi umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lib, buni faqat sayyoramiz miqyosidagina amalga oshirish mumkin. Jamiyat barqaror rivojlanishining aniq mezonlari insonlarga kelajakda hayot tarzini o'zgartirishga yordam beradi. Demak, kelajak avlodlaming ravnaqi yo'lida, qisqa muddatli foydadan va shaxsiy manfaatdorlikdan voz kechish lozim bo* ladi.
Hozirgi davrda Barqaror rivojlanish konsepsiyasi iste’molchi talablarini qondirish uchun kara miqdordagi resurslardan foydalanishga, atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’simi kamaytirishga mo‘ljallangan uzluksiz jarayonni o'z ichiga oladi. Asosiy maqsad - atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda eng yaxshi usuli - uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslikdir. Shuning uchun ham, xomashyo boyliklaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasidan foydalanishni kamaytirish, ozon qatlamini buzuvchi kimyoviy moddalardan voz kechish ushbu dastuming asosiy vazifalari hisoblanadi..
Bu maqsadlarni amalga oshirishda quyidagilarni hisobga olish kerak: zararli chiqindilaming miqdorini 35% ga, zaharli chiqindilaming atmosferaga chiqishini 60% ga pasaytirish; kanserogen moddalarning chiqishini 96% ga kamaytirish; yer usti va yer osti suvlarida zaharlovchi moddalami to‘liq yo‘q qilish yoki ulami zararsizlantirish; polimerlar ishlab chiqarishda og‘ir metallardan foydalanishdan voz kechish; plastik chiqindilami yo‘qotish yo‘llarini izlash; ekologik xavfsizlik tizimlarini rejalashtirishda mahalliy jamoatchiiikni jalb etish; yovvoyi tabiatning yashash muhitini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash; xlor, ftorlardan foydalanishni to'xtatish va uning o‘mini to'ldiruvchi xavfsiz moddalami topish va hokazolar. 127 Barqaror rivojlanish - insoniyatning keiajagini belgilab beradigan yagona taraqqiyot yo'lidir. Bunda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlik ko‘zda tutiladi.
Ekologik barqaror rivojlanish deganda, tashqi omillar ta’sirida m a’lum ekotizim (yoki hudud)ning o‘z tuzilmasi va faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga aytiladi. Barqaror rivojlanish (BR) tushunchasiga berilgan ta’riflar BR avlod, tur va guruhlar orasida m a’naviy prinsipda tengiikka asoslanadi. Insoniyat uchun uzoq muddatii maksimallashtirilgan yo‘l. Bir-birini to‘ldiradigan iqtisodiy o‘sish va rivojlanish atrof-muhit, jamiyatga ziyon yetkazmasligi zarur (ko'pgina xalqaro tashkilotlar nuqtayi nazari bo‘yicha). BR - bu iqtisodiy rivojlanish bo‘lib, uuda atrof-muhit barqarorligi va barqaror, doimiy iqtisodiy o ‘sish ta’minlaivadi. BR - insoniyat va atrof-muhitning uyg‘unlashgan jarayoni. > Inson va biosferaning koevolutsiyasi (birgalikda rivojlanishi). Rivojlanishni ta’min etishda atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish.
Bizni rivojlanish yo'liga boshlab boradigan rahbarlik. > Bugun kelajakni tushunib yetishga urinib ko‘rish. > Ekosistemada hayot keehirayotgan insonlar hayot sifatini yaxshilash. Milliy va xalqaro tashabbuslar asosida BMTning BR bo‘yicha Komissiyasi 1995-yilda BR ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dastur qabul qildi. Dastur 130 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. Ular «Majburiyat» - «Holat» - «Harakat» prinsiplariga asoslanadi. «Majburiyat» ko'rsatkichi insonlar faoliyatini o‘z ichiga olib, unda insoniyat rivojlanishidagi majburiyatlar keltirib o ‘tiladi.
«Holat» ko‘rsatkichi barqaror rivojlanish sohasidagi holatni ifodalaydi. «Harakat» ko‘rsatkichi barqaror rivojlanishda qanday choralar va qadamlar tashlash, o‘zgarishiar qilish to‘g‘risida ma’lumot beradi. 128 Barqaror taraqqiyot ta’limi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 59-sessiyasida 2005-2014-yillarga moMjallangan Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’limni (BTT) amalga oshirish bo‘yicha xalqaro sxema tasdiqlangan edi. Barqaror taraqqiyot ta’limi (BTT) fanlararo yondashuvi asosida ta’Iim olish, tarbiya, o ‘z-o‘zini rivojlantirish va namoyon etish, mustaqil va tanqidiy fikrlash, ma’nan shakiiangan, ijtimoiy faol, o‘z xattiharakatlarida axloqiy va ekologik me’yorlarga asoslanadigan, o ‘zbek xalqi qadriyatlariga mos bo‘lgan, ekologik bilimga chanqoq, atrof-muhit holati haqida qayg‘uradigan va yangi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolami oldindan ko‘ra olish xususiyatlarini shakllatirishga da’vat etadi.
BTT jam iyatning barcha a ’zolarini mintaqaviy va global muammolami hal qilish uchun zarur bilim va k o ‘nikmalami rivojlantirishga katta e ’tibor qaratadi. Agar ekologik ta’Iim ko‘proq ekologik mavzularga e ’tibor qaratsa, BTT siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va atrof-muhit o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqadorlik masalalariga alohida yondashadi. BTTning asosiy maqsadi - barqaror taraqqiyotning g‘oyalari va tamoyillarini ta’limning barcha shakllari va bosqichlari bilan integratsiyalash va mustaqil dunyoqarashga ega, tanqidiy fikrlay oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik yo‘naltiriJgan hamda faol fuqarolik munosabatini bildira oladigan shaxslarni tayyorlash hisoblanadi. .
BTTning hal qiluvchi ahamiyatga ega g‘oyalari hozirgi zamon va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolami, shu jumladan, Orol inqirozi muammolarini yechish va oldindan ko‘ra olishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlami rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek,
BTTning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar e’tiborga olinadi: ❖ Jamiyatning qadriyaviy yo'nalishlari - adolat, kelajak avlodlar oldidagi javobgarlik etikasi (kelgusi avlodlar manfaatlarini hisobga olgan holda); ❖ Fanlararo yondashuv - ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlaming o ‘zaro bogMiqligi
Ekologik ta’lim-tarbiya va madaniyat O'zbekistonda aholiga uzluksiz ekologik ta’lim berish va bu sohada uning bilimim oshirish masalalari «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradigan omillardan bin barcha aholi qatlamlariga ekologik bilim berish va ularning ekologik madaniyatini hamda tafakkuri darajasini yuksaltirishdan iborat.
Ekologik bilim ~ kishilaming atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ya’ni ushbu voqelikning inson tafakkurida aks etganlik darajasi. Ekologik madaniyat - bu insonlarda tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, uning intellektual salohiyati va uni amalda qo‘Hay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va mas’uiiyatli yondashuv
. 130 Tabiatga avaylab munosabatda bo‘lish singari azaliy an’analarimizni tiklash, har bir inson va butun jamiyatning axloqiy hamda m a’naviy tarbiyasini takomiliashtirish g ‘oyat muhim. Ekologik ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi - aholining barcha qatlamlarida atrof-muhitga, jonajon tabiatimizga bo‘lgan ongli munosabatlarini to‘g ‘ri shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun, barcha aholi ekologiyaga oid umumta’lim davlat standartlari darajasida bilim egallashi, yetarli ko‘nikma va malakaga, 0‘zming ekotizimga daxldor ekanligini anglatuvchi dunyoqarashga ega bo'lishi va buni ma’nan hamda ruhan his qilishi darkor. Inson ongiga ekologik ta’Iim-tarbiyani singdirish uchun uzluksiz ekologik ta ’Iim-tarbiyani joriy etish zarur.
Bu, birinchi navbatda, oilada o ‘z aksini topadi va maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, akademik Litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o ‘quv yurdarida, kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida va aholining katta yoshdagi qatlamlari (mahal1alar)da ekologik ruhda, shaxs kamolotini yuksaltiruvchi uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Tabiatdan foydalanish sohasida insonning ekologik jihatdan saviyasiga ta’sir ko‘rsatish borasida oqilona tadbirlami amalga oshirish bosh vazifa hisoblanadi. Bu ishlar atrof-muhitni saqlash bo‘yicha uzoq yillarga mo‘lja!langan yagona uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Ekologik ta ’lim deganda, o ‘quvchilarga berilishi lozim boMgan tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlami ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya farzand tug‘ilgan kundan boshlab berilishi zarur. Bunda fikr nurlantirilishi, axloq go‘zallashtirilishi, zehn ravshanlantirilishiga erishish zarurdir. Ekologik tarbiya, avvalo, ota-ona zimmasidadir. So‘ng bog‘cha, maktab, o ‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik Htseylar hamda oliy o‘quv yurtlari, mahallalarda amalga oshiriladi. Har qanday tarbiya, asosan, oila sharoitidan boshlanadi.
O'zbek oilalarida «harom - halol», «uvol», «gunoh - savob» kabi tushunchalar 131 ko‘proq ekologik vaziyai (masalan: nonning oyoq ostiga tushishi, suvning ifios qilinishi, jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo'lish, dovaaraxtlarning sindirilishi va boshqalar) yuzaga kelganda qo'llaniladi.
Bolaiar hali bu so'zlaming mohiyatini to‘liq tushunmasalar-da, kun sayin ta’kidlanavcriisa, ularda milliy ekologik xulq-atvor kurtaklari shakllanib boradi, albatta.


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling