Ekologiya va s u V
2-mavzu I “KLASTER” 12
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
6Zz9YS92VHEFgKIdpbqcLsw1EPgG5Gr0hexjKD4C
11
2-mavzu I “KLASTER” 12 2-mavzu II 13 2-mavzu III 3 - mavzu. Atmoferaga, suvga, tuproq qatlamiga, hayvonot va o'sim lik dunyosiga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. M aqsad: Tabiat komponentlari - atmosferaga, suvga, tuproqga va biologik resurslarga bo'ladigan salbiy ta’sirlarni ekologik ekspertiza nuqtayi nazardan baholashni o'rgatishdan iborat M ashg'ulot rejasi: 1. Atmosfera havosiga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. 2. Suv resurslariga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. 3. Yer resurslariga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. 4. Biologik resurslarga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. 1. Atmosfera havosiga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash Atrof-muhitning ekologik holati va hududlarda ekologik muvozanatning buzilishi ko'p jihatdan atmosferaga antropogen ta’sirning salbiy xususiyatlari bilan belgilanadi. O'zbekistonda 35 mingdan ko'proq havoni bulg'ayotgan doimiy manbalar bo'lib, ularning faqat yarmiga yaqini chang va zaharli gazlarni ushlagichlar bilan jihozlangan, 1,5 mingta manbalar chang ushlagich qurilmalar bilan jihozlanmagan. Mavjud qurilmalarning o'rtacha samaradorligi ham 60-70% oshmaydi. Bulardan tashqari atmosferaning avtomobillar tomonidan ifloslanishi ayniqsa shaharlarda katta ko'rsatkichlarga ega. Respublikada har yili atmosferaga doimiy va harakatlanuvchi manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi chiqindi miqdori 1,8 mln tonnani tashkil etadi. Atmosferaga chiqarilgan chiqindilar umumiy miqdorida sanoat tarmoqlarining ulushi (% hisobida) quyidagicha taqsimlangan: isitish sanoati 40, elektro energetika-28, metallurgiya-14, qurilish industriyasi-5, kimyo sanoati-3. Doimiy manbalardan atmosferaga 150 xildan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Atmosfera havosidagi eng ko'p zaharli moddalar sanoat zonalariga yaqin joylashgan (yoki o'sha tomondan shamol esganda) turar-joy rayonlarida bo'lib, bu yerda standartlarda ko'rsatilgan miqdordan ancha yuqori bo'lishi kuzatilgan. Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Samarqand va Farg'ona Shaharlarida kimyo va metallurgiya sanoati korxonalarining kimyoviy moddalari atmosfera havosini eng ko'p darajada ifloslaydi. Yirik shaharlarda atmosfera havosini ifloslovchi asosiy omil shahar transportidir. Masalan Toshkent shahri atmosferasining ifloslanishida shahar transportining hissasi 80% dan ortadi. Umuman respublika bo'yicha atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning 53% avtomobil transporti hissasiga to'g'ri kelali (0,98 mln t). Respublika doimiy manbalaridan chiqadigan chiqindilarning 84% Toshkent, Qashqadaryo, Buhoro, Farg'ona, Navoiy viloyatlari hissasiga to'g'ri keladi. Tabiiy ifloslantiruvchi manbalar qatoriga Qizilqum va Qoraqum sahrolari, Orol dengizining qurib borishi tufayli paydo bo'lgan «Orolqum» chang va tuz 15 sahrosi kiradi. Surxondaryo viloyatining ko'plab tumanlari Tojikiston alyuminiy zavodining (Mirzo Tursunzoda shahri) zaharli chiqindilardan katta zarar ko'rmoqdalar. Atmosferaning ifloslantiradigan manbalar va ularning zararlari ustidan ekologik ekspertiza nazoratini amalga oshirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berish lozim: a) eng yirik ifloslantiruchi korxonalar tomonidan atmosferaga chiqindi chiqarib tashlashni maksimum qisqartirish; b) muntazam ravishda avtotransportda yongan gazlarning chiqarilishiga qarshi kurash; v) korxonalarda texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy va mukammal havo tozalagich moslamalardan foydalanish; g) atmosfera havosining tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish. 2. Suv resurslari Suv resurslari O'zbekistonning qurg'oqchil keskin kontinental iqlimli, hududlarida cho'llar hukumron mavqega ega bo'lgan sharoitda hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda har yili 60 kub km hajmda suv sarflanadi. O'zbekistonda foydalaniladigan daryo suv oqimlarining asosiy qismi (85%) Qirg'iziston va Tojikiston tog'laridan boshlanadi. Suvdan oqilona foydalanmaslik, uning ifloslanishi, sifati pastligi va yetishmasligi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bularga quyidagilar kiradi: a) ko'plab oqar suvlarning va yer osti suvlarining ifloslanganligi. Masalan, aniqlangan yer osti chuchuk suvlarining 40% ichishga yaroqsiz holga kelib qolgan; b) aholining ichimlik suvi bilan yetarli ta’minlanmaganligi. Umuman mamlakatning uchdan bir qismining aholisi davlat standartlariga to'g'ri kelmaydigan ichimlik suvini iste’mol qilmoqda; v) sug'orishda suvdan tejamkorlik bilan foydalanmaslik. Oqib kelayotgan suvning 40% sug'orish tarmoqlarida va qariyb 20% sug'orish jarayonida yo'qotiladi. Suv tanqis sharoitda dalani ortiqcha sug'orish yerning sho'rlanishiga, yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi va boshqa sabablarga ko'ra aholi yashaydigan joylarning suv ostida qolishiga olib keladi; g) yer yuzasidagi suvning ifloslanishi. Sug'oriladigan dehqonchilik yer yuzasidagi suvni ifloslovchi asosiy manba bo'lib, jami suvning 78%ini, sanoat 18%ini, kommunal xo'jalik 4% ini ifloslaydi. Kollektor-zovurda oqayotgan suvning deyarli yarmi respublika oqar suv tarmoqlariga va suv havzalariga tushadi; d) komunnal xo'jaligi va sanoat oqavalari. Qishloqlardan oqib chiqadigan oqava suvlar hech qayerda tozalanmaydi va u oqar suvlarni, suv havzalarini bakteriyalar bilan zararlaydi. Kanalizatsiya tarmoqlarini qurish suv ta’minotiga nisbatan ancha orqada qolmoqda. Masalan, shahar aholisining 54%, qishloq aholisning 3%igina kanalizatsiya bilan ta’minlangan. Sanoat korxonalari jami suvning 20% dan kamrog'ini ishlatsa ham ular joylarda muhitni ifloslaydigan xavfli manbalarni vujudga keltiradi. 16 3. Yer resurslariga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. O'zbeksitonning yer resurslari g'oyat xilma-xil bo'lib, ular cho'l tekislik zonasi (shu jumladan sug'oriladigan (antropogen) tekislik), adir (tog'oldi va past tog'lar), tog' (o'rta tog'), baland tog' zonalari yerlaridan iboratdir. Respublikaning yer maydoni 447,4 ming kv. km. ni tashkil etgan. Yer fondining 61,5 foizi (275,2 ming kv.km) qishloq xo'jaligida 3,6 foizi (16,2 ming kv.km) o'rmon xo'jaligida foydalanilgan. 2% (8,9ming kv.km) alohida muhofaza qilinadigan hududlar, 4%(1,7 ming kv.km) sanoat korxonalari, transport tarmoqlari va boshqa noqishloq xo'jaligi tarmoqlari yerlari, 1,5 % (6,7 ming ka.km) gidrotexnik va boshqa suv xo'jaligi inshootlari yerlari, 0,5% (3,1 ming kv.km) Shahar hududlari yerlari, 26,7% (119,4 ming kv.km) foydalanilmaydigan yerlardan tashkil topgan. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarni (270,2 ming kv.km) 82,2% yaylovlar va o'tloqlar, 17,8% haydaladigan yerlardan iborat. Respublikada sug'oriladigan yerlar 43 ming kv.km (mamlakat hududining 9,7%) maydonni egallaydi. Respublikaning davlat o'rmon fondi 16,2 ming kv.km bo'lib, uning 7 ming kv. km qumlik mintaqa o'rmonlari, 1,2 ming kv.km tog' o'rmonlari, qolgan qismi daryobo'yi o'rmonlari, vodiy o'rmonlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo'mitasi ma’lumotlariga ko'ra mamlakatning sug'oriladigan yerlari sifati bo'yicha quyidagicha taqsimlangan (%): sifati yomon yerlar-0,3%, o'rtachadan past yerlar-24,3%, o'rtacha yerlar-45,5%, yaxshi yerlar-27,2%, eng yaxshi yerlar-2,9%. Tuproqning sho'rlanishi va ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlar digressiyasi kabi antropogen ta’sirga bog'liq jarayonlar keng tarqalgan va ular katta zarar yetkazmoqda. Hozirgi vaqtda respublikada sho'rlangan yerlar sug'oriladigan yer turlarining umumiy maydonidan 46%ini, shu jumladan kuchsiz sho'rlanganligi-25%, o'rtacha sho'rlanganligi-15% va kuchli sho'rlanganligi-6% dan ortiroqni tashkil etadi. Keyingi o'n yil ichida sug'oriladigan yerlarda sho'rlanish 120 ming gektarga, shu jumladan kuchli sho'rlanish 43 ming gektarga oshgan. Tuproqning xloroorganik pestetsidlar bilan ifloslanishi muammosi jiddiyligicha qolmoqda. Tuproq eroziyasining hamma turlari hamma regionlarda keng miqyoslarda tarqalgan. Eroziyadan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg'ona, viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining 65%dan 98%gacha qishloq xo'jalik ekinzorlari zarar ko'rmoqda. 70%dan ko'proq yaylov yaroqsiz holga tushib qolgan, jumladan uchdan biri yuqori darajada zararlangan. 4. Biologik resurslarga bo'ladigan ta ’sirlarni baholash. Biologik resurslardan zarar yetkazmay foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash ekologik ekspertizaning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu muammo yechimi mamlakatda mustahkam ekologik barqarorlik va tabiat tizimini qo'llab quvvatlashga va biologik xilma-xilligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Biologik resurslar jonli tabiat resurslari bo'lib, o'simliklar, hayvonat olami va mikroorganizmlardan tashkil topadi va ular tabiiy muhitning barcha qisimlarida- 17 yer, suv va havoda mavjuddir. Biologik resurslar kompleks resurslar bo'lib, tabiatda modda va energiyaning biologik aylanishini, atrof muhit strukturasi biologik aylanishini, atrof- muhit strukturasi muvozanati barqarorligini ta’minlaydi yoki yaxshilaydi. Shu sababdan ulardan foydalanish doimiy ravishda resurslarni ko'paytirishga qaratilishi kerak. Buning uchun biologik resurslarni tayyorlash hajmi ularning yillik ko'payishi hajmidan oshib ketmasligi, foydalanishning xarakteri va strukturasi esa biologik mahsuldorlikni oshirishga, biologik modda almashinuvini optimallashtirishga yo'naltirilishi lozim. Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar doirasida biologik resurslar hududlar bioekologik infrastrukturasining asosiy elementi hisoblanadi. Ular tabiat muhofazasi, aholini sog'lomlashtirishda katta ahamiyatga ega. Biologik resurslar oziq-ovqat, yoqilg'i, turli mahsulotlarni tayyorlash uchun organik xomashyo manbaidir. Bular esa biologik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni muhofazalashning ahamiyatini yanada oshiradi. O'zbekistonning bio xilma-xilligi 27000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan 15000 turdan ortiqrog'ini hayvonlar, 11000ga yaqin turlarini o'simliklar, qo'ziqorinlar, suv o'tlari tashkil etadi.1 Flora va faunaning tarkibi va ularning ekologik yashash sharoitlari farqlariga ko'ra O'zbekiston hududida quyidagi 5ta biogeografik zona ajratilgan: 1) tekislik cho'l ekotizimlari; 2) tog'oldi chala cho'l va dashtlar; 3) daryo va qirg'oqbo'yi ekotizimlari; 4) nam hududlar va deltalar ekotizimlari; 5) tog' ekotizimlari. O'zbekistonning flora va faunasi turlarining xilma-xilligi va ularning ko'p- ozligi yashash muhitining holatiga bevosita bog'liqdir. Ko'p yillar mobaynida biologik resurslardan to'xtovsiz foydalanish ularning o'z-o'zini tiklash imkoniyatlaridan ancha yuqori bo'ldi. Bu esa o'z navbatida flora va faunaning yashash muhitining yomonlashuviga, umumiy soni va turlari tarkibining kamayib ketishiga, biogeotsenozning kuchli degradatsiyasiga olib keldi. Yangi yerlarni o'zlashtirilishi tabiiy landshaftlarning madaniy landshaftlarga aylantirilishi, daryo suv oqimlarini tartibga solish to'g'on, suv omborlari, kanallar qurilishi, to'qaylarning quritilishi, tog'lardagi archalarning kesib yuborilishi, tog'-kon sanoatining rivojlanishi tabiiy ekotizimga jiddiy ta’sir ko'rsatdi, yashash areallarining keskin qisqarishiga olib keldi. Oqibatda o'simlik turlarining 10-12%, hayvonot olamining ko'plab turlari muhofazaga muhtoj bo'lib qoldi. Ayni vaqtda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakat jami maydonining atiga 2%ni egallaydi. Bu esa landshaft va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishni ta’minlay olmaydi. 18 1-Topshiriq 1.1. Atmosferaga chiqadigan chiqindilar umumiy miqdorda sanoat tarmoqlar bo'yicha ulushini foiz hisobida taqsimlanishini va standartdagidan ancha yuqori bo'lgan Shaharlarni yozib, ta’riflab bering. 1.2. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chiqindilarni yoqish zavodini qurilgandan so'ng, ekologik holatni baholang. Bunda gidrometeorologik, gidrologik, landshaftlarni hisobga olib ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlang. 1.3. Tojikiston alyuminiy zavodi atrofidagi hududlarni aftor bilan ifloslanish tavsifini bering. Ekologik holatni baholashda, atmosfera, tuproq, suv manbalari, o' simlik, hayvonlarga bo'lgan ta’sirni hisobga oling (jadval asosida yozib chiqing). 1.4. Aholi turar joylari bilan ifloslantiruvchi manbalar oralig'idagi masofaning katta-kichikligi sanoat korxonalardan atmosferaga tashlanadigan chiqindi moddalarning zaharlilik darajasiga bog'liq bo'lib, sanitariya himoya mintaqasi 5 sinfga bo'linadi. Zaharli moddalarga bog'liq holda ushbu himoya masofalarini yozib chiqing. Suv resurslari O'zbekiston qurg'oqchil keskin kontinental iqlimli, hududlarida cho'llar hukumron mavqega ega bo'lgan sharoitda hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda har yili 60 kub km hajmda suv sarflanadi. O'zbekistonda foydalaniladigan daryo suv oqimlarining asosiy qismi (85%) Qirg'iziston va Tojikiston tog'laridan boshlanadi. Suvdan oqilona foydalanmaslik, uning ifloslanishi, sifati pastligi va yetishmasligi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. 2- Topshiriq 2.1. Suv resurslari bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaruvchi salbiy omillar jadvalini tuzib chiqing. Sug'orish ko'lamining kattaligi, suvning minerallashganligi va iflos kollektor- zovur suvlari juda ko'payib ketganligi suv sifatini yaxshilash bilan bog'liq eng muhim ekologik muammoni hal etishni murakkablashtirmoqda. Hozirga vaqtda 60% dan ziyod irrigatsiya tizimi qayta tiklashni talab etadi. 2.2. O'zbekiston yer resurslari g'oyat xilma-xil bo'lib, ular cho'l tekislik zonasi (shu jumladan sug'oriladigan tekislik), adir (tog'oldi va past tog'lar), tog' (o'rta tog'), baland tog' zonalari yerlaridan iboratdir. Respublikaning yer maydoni 447,4 ming kv.km ni tashkil etadi. 3 - Topshiriq Yer fondini sohalar bo'yicha taqsimlanish maydoni va foizi jadvalini to'ldiring va izohlab bering: № Sohalar % kv.km 1 Qishloq xo'jaligi 19 2 O'rmon xo'jaligi 3 Alohida muhofaza etiladigan hududlar 4 Sanoat korxonalari 5 Transport tarmoqlari 6 Gidrotexnik va suv xo'jalik inshootlari 7 Shahar hududlari yerlari Jam i yer maydoni Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarni (270,2 ming kv.km) 82,2% yaylovlar va o'tloqlar, 17,8% haydaladigan yerlardan iborat. Respublikada sug'oriladigan yerlar 43 ming kv.km (mamlakat hududining 9,7%) maydonni egallaydi. Respublikaning davlat o'rmon fondi 165,2 ming kv.km bo'lib, uning 7 ming kv.km qumlik mintaqa o'rmonlari, 1,2 ming kv.km tog' o'rmonlari, qolgan qismi daryo bo'yi o'rmonlari, vodiy o'rmonlaridan iborat. 4 - Topshiriq Mamlakatning sug'oriladigan yerlar sifati bo'yicha taqsimlanishi (%) va hozirgi vaqtda respublikadagi turli darajadagi sho'rlangan yerlarni sug'orilayotgan yerlarni umumiy maydoniga nisbatan ulushi jadvalini tuzib bering. Yerlarning yaroqsiz holga tushishi va sifatining yomonlashishi muamosini tubdan hal qilish uchun boshqa tadbirlar bilan bir qatorda ekspertiza nazoratini ham kuchaytirish lozim. Bu sohadagi ustuvor harakatlar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi: a) dehqonchilikning umumiy madaniyatini oshirish, bunda eroziyaga qarshi agrotexnik, tashkiliy xo'jalik, o'rmon-meliorativ, gidrotexnika tadbirlarini hamma joylarda keng miqiyosda amalga oshirish. Ekinlar turini va xilini ko'paytirishga va almashishlab ekishga o'tish, bedazor va boshqa o'tzorlarni kengaytirish yashash muhitini sog'lomlashtirish, tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirishda muhim ekologik ro'l o'ynaydi; b) sug'orish va kollektor-zovur tizimini butunlay qayta ta’mirlash, sho'r bosgan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, takomillashtirilgan zovur tizimlarini barpo etish; v) yaylovlar degressiyasining oldini olish va yaylovlardan foydalanish amaliyotini yaxshilash va yaylov aylanmasi talablariga qat’iy amal qilish. Biologik resurslardan zarar yetkazmay foydalanish va bioxilma- xillikni saqlash ekologik ekspertizaning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu muammo yechimi mamlakatda mustahkam ekologik barqarorlik va tabiat tizimini qo'llab quvvatlashga va biologik xilma-xilligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Biologik resurslar jonli tabiat resurslari bo'lib, o'simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlardan tashkil topadi va ular tabiiy muhitning barcha 20 qismlarida- yer, suv va havoda mavjuddir. Biologik resurslar kompleks resurslar bo'lib, tabiatda modda va energiyaning biologik aylanishini, atrof-muhit tuzilmasi biologik aylanishini va atrof-muhit tuzilmasi muvozanati barqarorligini ta’minlaydi yoki yaxshilaydi. Shu sababdan ulardan foydalanish doimiy ravishda resurslarni ko'paytirishga qaratilishi kerak. Buning uchun biologik resurslarini tayyorlash hajmi ularning yillik ko'payishi hajmidan oshib ketmaslishi, foydalanishning xarakteri va tuzilmasi esa biologik mahsuldorlikni oshirishga, biologik modda almashinuvini optimallashtirishga yo'naltirilishi lozim. O'zbekistonning bioxilma-xilligi 27 000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan 15 000 turdan ortiqrog'ini hayvonlar, 11 000 ga yaqin turlarini o'simliklar, ko'ziqorinlar, suv o'tlari tashkil etadi. 5-Topshiriq O 'sim lik va hayvonlar tarkibi va yashash sharoiti turlicha bo'lib ularni O'zbekiston hududidagi yashash sharoitlari farqlariga k o 'ra biogeografik zonalar jadvalini tuzib, ta ’riflab chiqing. O'zbekistonning flora va faunasi turlarining xilma - xilligi va ularning ko'p-ozligi yashash muhitining holatiga bevosita bog'liqdir. Ko'p yillar mobaynida biologik resurslardan to'xtovsiz foydalanish, ularning o'z-o'zini tiklash imkoniyatlaridan ancha yuqori bo'ldi. Bu esa o'z navbatida flora va faunaning yashash muhitining yomonlishuviga, umumiy soni va turlari tarkibining kamayib ketishiga, biogeotsenozning kuchli degradatsiyasiga olib keldi. Oqibatda o'simlik turlarining 10-12%, hayvonot olamining ko'plab turlari muhofazaga muhtoj bo'lib qoldi. Ayni vaqtda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakat jami maydoning atiga 2% ni egallaydi. Bu esa landshaft va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishni ta’minlay olmaydi. 6-Topshiriq Biologik resursdan zarar etkazmasdan foydalanish va bioxilma- xillikni saqlash maqsadlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni yozib izohlab bering. 21 Kotsentual jadval Tushunchalar, yondashuvlar Tavsiyalar, toifalar Xususiyatlar va boshqalar Tabiiy komponentlar 1. Atmosfera havosi 1.1. Isitaish sanoati - 40 % 1.2. Elektr energetika - 28 % 1.3. Metallurgiya - 14 % 1.4. Kimyo sanoati - 3 % 1.5. Qurilish industriyasi - 5 % 1.6. Avtomabil transporti - 53 % 2. Suv resurslari 2.1. Sug' orma dexqonchilik - 75 % 2.2. Sanoat korxonalari - 16 % 2.3. Komunal xo'jalik - 5 % 2.4. Qishloq xo'jaliga sanoati - 4% 3. Yer resurslari 3.1. Kuchsiz sho'rlangan - 25 % 3.2. O'rtacha sho'rlangan - 15 % 3.3. Kuchli sho'rdlangan - 6 % 3.4. Umumiy sho'rlanish - 46 % 4. Biologik resurslar va bioxilma - xillik 4.1. Biologik xilma-xillik - 27 ming tur 4.2. Hayvonlar - 15ming tur 15% muhofazaga muxtoj 4.3. O'simliklar - 11 ming tur - 12% 22 4 - mavzu. Ekologik ekspertiza xulosasining tuzilmasi, mazmuni va uni tayyorlashning uslubi. M aqsad: Davlat ekologik ekspertiza xulosasining tuzilishi, mazmuni va uni tayyorlashning uslubi bilan tanishtirishdan iborat. M ashg'ulot rejasi: 1. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining tuzilishi va mazmuniga qo'yiladigan talablar. 2. Ekologik ekspertiza xulosasining yozilish namunasi 3. Ekologik ekspertiza xulosasiing mazmuni Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo'yicha tuziladigan xulosa ekspertiza obyektlari bo'yicha ko'plab hujjatlarni har tomonlama tahlil qilishga , ularning tabiat muhofazasi qonunchiligi talablariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashga asoslanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ekspertiza obyektlari ekologik havfsizlik nuqtayi nazardan baholanadi va obyektni ro'yobga chiqarish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro'yobga chiqarish va moliyalashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiyligi qonun hujjatlarida belgilangan. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi bir tomondan amaldagi ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonun hujjatlariga va shu qonunlar asosilagi hujjatlarga, boshqa tomondan ekologiya va tabiatdan foydalanishning ko'plab kompleks qonunlari, qoidalari va prinsiplariga va ularning ehtimol tutilayotgan harakati va ta’sirini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Shu sababdan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi eng muhim yakuniy hujjat sifatila ekologik ekspertiza fanining nazariyasi va amaliyotiga asoslanib amalga oshiriladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining tuzilma va mazmuniga quyidagi talablar qo'yiladi: 1). Davlat ekologik ekspertizasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining ekspert organlari mutaxassislari tomonidan o'tkaziladi; 2). Ekologik ekspertiza jarayonida ekspertlar taqdim etgan hujjatlar rasmiylashtiriladi va ko'rib chiqiladi; 3). Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tuziladi; 4). Xulosaga ijrochi-ekspert , rahbarning muovini tomonidan qayd belgisi qo'yiladi va ekspert bo'linmasi rahbari tomonidan imzolanadi; 5). Xulosa nusxasi ekspertiza obyekti joylashgan hududdagi tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi ekspertiza bo'limiga bildirish uchun jo'natiladi; 6). Ekspertiza o'tkazish muddati 45 kun belgilanadi; 7). Ekspertiza o'tkazish muddatlari shartnomada belgilanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mazmuni va matni rasmiy tasdiqlangan 23 matnda (shaklida) ifodalanadi. Davlat ekologik ekspertizasining mazmuni uning rasmiy tasdiqlangan matn bilan (shaklda) ifodalangan. Davlat ekologik ekspertizasi rasmiy xulosasini yozishning namunasi quyidagi shaklda bo'ladi. Manzil: xulosani oluvchi DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI XULOSASI Obyekt bo'yicha: Buyurtmachi:___________________________________ Bajaruvchi:___________________________________ Davlat ekologik ekspertizasini o'tkazishda zarur bo'ladigan hujjatlar, ma’lumotlar ularni normalarga mos kelishi, ekspert baholash va xulosa: 1. Hujjatlarni ishlash uchun asos (loyihalashtirish uchun topshiriqlar, davlat maqsadli dasturlari, rivojlanishning tarmoq sxemalari, qurilishning investitsiyalarini asoslash va boshqalar). 2. Asosiy ma’lumotlar va qaror qabul qilish: 2.1. Qurilish uchastkasi ta’rifi; 2.2. Mahsulotni ishlab chiqarishning quvvati va nomunklaturasi (ro'yxati); 2.3. Qurilayotgan obyektlarning umumiy ta’rifi va texnologik qismining ekologik bahosi; 2.4. Injenerlik ta’minoti; 2.5. Atmosfera havosini muhofaza qilish. 3. Taqdim qilingan hujjatlarning amaldagi norma va qoidalarga mos kelishining tahlili 4. Taqdim qilingan qarorning ekspert baholash. 5. Ekspertiza obyektini ro'yobga chiqarishning maqsadga muofiqligi va shart - sharoitlari to'g'risida umum xulosalar Komitet raisi: ( ekspertning familiyasi, ismi,__________ sharifi___________ telefoni___________ ) 1 - Topshiriq Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni yozib chiqing. 5.1. Yer osti suvlarini muhofaza qilish: 2 - Topshiriq Yer osti suvlarini muhofaza qilishda bajariladigan vazifalarni ta’riflang. 2.7. Sug'oriladigan dehqonchilik: 24 3 - Topshiriq Sug'oriladigan dehqonchilikda olib boriladigan tadbirlarni sanab chiqing. 2.8. Shovqindan muhofaza qilish; 2.9. Yerdan ratsional foydalanish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish; 2.10. O' simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish: 4 - Topshiriq O' simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish chora-tadbirlarni bayon qiling. 2.11. Texnologik yechimlarning to'liqligi va ishonchliligini ekologik baholashni tahlil qilish, chiqaruvchi, oqava, chiqindi manbalarining ta’rifi; 2.12. Ko'rilayotgan obyekt ta’siri zonasida atrof-muhit holatining hozirgi ahvolini baholashning tahlili; 2.13. Ekologik xaritaning to'liqligi va ishonchliligining tahlili va ekologik baholanishi; 2.14. Avariya vaziyatlarining tahlili va ekologik baholanishi; 2.15. Nazarda tutilayotgan faoliyatni amalga oshirishniing oqibatlari tahlili; 5 - Topshiriq Ekspert guruhi tomonidan ko'rilayotgan hujjat bo'yicha xulosa loyihasi tayyorlanib, u buyurtmachi loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakillari, jamoatchilik qatnashgan ekspert guruhi muhokama qiladi va ularning roziligisiz xulosa o'zgartirilmaydi. Ekspert guruhining xulosasini mazmuni nimalardan iborat ekanligini yozib chiqing. 6 - Topshiriq Davlat ekologik ekspertizasini o'tkazish jarayoni uch bosqichdan - tayyorlov, asosiy va yakunlovchidan iborat bo'lib, har bir bosqichda bajariladigan tadbirlarni jadval shaklida yozib chiqing. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling