Ekologiya va s u V


1 - Mavzu. Ekologik ekspertizaning huquqiy hujjatlari bilan tanishish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.10.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1724355
1   2   3   4   5
Bog'liq
6Zz9YS92VHEFgKIdpbqcLsw1EPgG5Gr0hexjKD4C

3


1 - Mavzu. Ekologik ekspertizaning huquqiy hujjatlari bilan tanishish.
Maqsad: Ekologik ekspertizaning huquqiy hujjatlari va boshqa ekologik 
ekspertizaga taalluqli hujjatlar bilan ishlashni o'rgatish.
Mashg'ulot rejasi:
1. O' zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. Tabiatni muhofaza qilish to' g' risidagi qonun.
3. Ekologik ekspertiza to' g' risidagi qonun.
4. Ekologik ekspertiza Nizomi, qonuni osti hujjatlari.
Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, Qonunlar hamda ekologik huquqiy normalarni o'ziga olgan 
normativ huquqiy aktlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. 
Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy 
asoslari ekologik huquqiy 
normalarni o 'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. 
Normativ-huquqiy aktlar tegishli vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan 
hujjatlardan iborat bo'ladi.
Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy 
talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar 
qonun chiqaruvchi organ - O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan 
qabul qilinadigan 
normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga 
shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolati 
hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar 
kiradi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik 
ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni 
muhofaza qilish to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) 
ekologik ekspertizaning maqsadi, obyektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 
moddalar). O'zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to'g'risida” (2000 
yil) qonunida ekologik ekspertizaning 
huquqiy asolari to 'la bayon qilingan. 
Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tabiat 
komponentlarini muhofaza qilish bo'yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular 
qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o'sim lik va hayvonat olami, 
alohida muhofaza qilinadigan hududlar to'g'risidagi qonun hujjatlari kiradi.
4


1 - Topshiriq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bevosita ekologiyaga bog'liq 
bandlarini jadval asosida yozib chiqing va izohlab bering:

Bandlar
Bo'limlari va 
boblari
Izoh
1
Fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo'lishga 
majburdirlar.
50-modda
Respublikamizda 
yashovchi har bir fuqaro 
o'z faoliyati davomida 
atrof-muhit, atmosfera, 
suv tuproq,
ifloslantirmasligi, biologik 
resurslar o' simlik va 
hayvonlar ziyon 
yetkazmasligi to'g'risida 
so'z yuritiladi.
2.
3
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ekologik ekspertiza bo'yicha qator 
qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi.
2- Topshiriq
Ekologik ekspertiza o'tkazish uchun ahamiyatga ega bo'lgan tabiat 
komponentlarini muhofaza qilishga bag' ishlangan qonunlarni yozib chiqing:

Qonunlar
Qabul qilingan 
yil, oy, kun.
Bo'lim va 
bandlar
1
Tabiatni muhofaza 
qilish to'g'risidagi 
qonun
8- dekabr 1992 yil
11-bob,
53-
modda.
2
3
4
5
5


3- Topshiriq
Ekologik ekspertiza bo'yicha qonunlarga asoslangan normativ-huquqiy aktlarni 
bayon qilib chiqing:

Normativ huquqiy aktlar 
nomi
Qabul 
qilingan yili
Mazmuni,
mohiyati
1.
Korxonalar, binolar va 
inshootlar qurishning 
loyiha-smeta 
hujjatlarining tarkibi, ishlab 
chiqarishni 
muvofiqlashtirish va 
tasdiqlash tartibi 
to'g'risida.
1996 yil
Faoliyat yurgizadigan 
har qanday tashkilotlar 
shu korxona 
qurilishining loyihalari 
aks etgan 
hujjatlarni
taqdim etishlari kerak
2.
3.
6



2-mavzu. O 'zbekistondagi ekologik vaziyatni ekspert baholash 
mezonlari va ekologik rayonlashtirish
M aqsad: Ekologik ekspertiza o'tkazish vaqtida O'zbekistondagi ekologik 
vaziyatni hisobga olish, uni mezonlari va ekologik rayonlashtirish bo'yicha bilim 
berishdan iborat.
M ashg'ulot rejasi: 
1. Ekologik vaziyatning umumiy ta ’rifi
2. Tabiat komponentlarining ekologik holati
3. Y er resurslari
4. Biologik resurslar
5. Y er osti boyliklari
6. C hiqindilar muammosi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeroda 1992 yilda o'tkazilgan 
atrof-muhit va rivojlanishga bag'ishlangan Konferensiyasida jamiyatning 
barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va 
tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash 
muhitining zarur sifatini ta’minlab bo'lmasligi to'g'risidagi xulosalarga keldi. 
O'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda 
boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar 
O'zbekiston Respublikasiga ham to'liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global 
ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan 
mamlakatlarning alohida rol o'ynashi to'g'risidagi g'oya birinchi marta kun 
tartibiga qo'yildi va to'la qo'llab-quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga 
O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta 
tabiiy resurs salohiyatiga ega bo'lib, regional va global miqyosda atrof-muhitni 
sog'lomlashtirishga salmoqli hissa qo'shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat 
bilan O'zbekistondagi hozirgi 
ekologik vaziyatni 
ekologik ekspertiza 
munosabatlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish muhim ahamiyatga 
ega.
Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog'lom shart-sharoit 
vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy 
resurslarning ozayishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda 
ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan 
yo'nalishlari qatoriga kiradi.
Ekologik ekspertiza nuqtayi nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni 
muhofaza qilish sohasida respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan 
o'tmish totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan ekologik muammolar yechimini 
topish, mamlkatda mavjud bo'lgan boshqa ekologik muammolarning yahlit 
manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilayotgan 
ko'ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta’sirini 
tahlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog'liq bo'lgan ekologik vaziyati
8


to'g'risida to la tasavvur beradi. Bular o'z navbatida ekologik ekspertiza amaliyotida 
maqsadga muvofiq loyihalarga afzallik berish yoki samarasiz loyihalarni rad etish 
masalalarini to'g'ri hal etishga xizmat qiladi.
O'zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatning ekologik ekspertiza nazoratida 
hisobga olinishi zarur bo'lgan asosiy xususiyatlaridan quyidagilarni ko'rsatish 
mumkin:
- respublikada atrof-muhitning ekologik talablarga to'la javob beradigan 
(havo, suv, tuproqninig ifloslanishi belgilangan standart talablari darajasida 
bo'lgan) hududlar mamlakat umumiy maydonining 27%ni (120 ming kv.km) 
tashkil etadi va mazkur hududda O'zbekistonning 45%ga yaqin aholisi (11mln 
kishi) yashaydi. Qolgan hududlarda ekologik vaziyat turli darajada buzilishlarga 
uchragan;
- iqtisodiyotning xomashyo va tabiatni eksplutatsiya qiluvchi resurs va 
energiyani ko'p iste’mol qiladigan tarmoqlarning tez rivojlanishi (ayniqsa 
an’anaviy qishloq xo'jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish va eksport qilish, 
energiya va xom ashyoni ko'p iste’mol qiladigan tarmoqlar) tabiiy muhitga salbiy 
ta’sir qilish bosimining kuchayib borishiga va me’yordan oshib ketishiga olib 
kelgan;
- tabiat komponentlarining barchasida ekologik holat sezilarli o'zgarishlarga 
uchragan. Bular qatoriga havoning ifloslanishi, yer usti va yer osti suvlarining 
ifloslanishi, tuproqning sho'rlanishi va degradatsiyaga uchrashi, biologik 
mahsuldorlik 
va 
xilma-xillikning 
kamayishi, 
yaylovlarning 
digressiyasi, 
o'rmonlarning kesib yuborilishi cho'llashuv jarayonlarining kuchayishi va 
boshqalar kiradi;
- aholi yashash manzillari-Shahar va qishloqlarda ekologik vaziyatning 
yomonlashuvi, va uning aholi salomatligi va turmush darajasiga zararli ta’sirining 
kuchayib borishi kuzatilmoqda. Bular qatoriga aholining toza ichimlik suvi bilan 
yetarli darajada ta’minlanmaganligi, kommunal xo'jaligi va sanoat oqavalarining, 
chiqindilarning ko'payishi, sanitariya xizmatining past darajasi va boshqa 
noqulayliklarning mavjudligi kiradi;
- qattiq chiqindilarning (shu jumladan zaharli sanoat chiqindilari) ko'plab 
to'planib qolishi, radioaktiv ifloslanishning katta xavflari borligi (Markaziy 
Qizilqum, Toshkent viloyati va boshqalar);
- tabiiy va texnogen halokatlar (sel, ko'chki, o'pirilish, zilzilalar) xavfining 
kuchayib borishi;
- Orol dengizining qurishi va Orol bo'yidagi salbiy ekologik o'zgarishlarga 
bog'liq bo'lgan halokat va inqirozlar, ijtimoiy ofat, ekologik noqulayliklarning 
mavjudligi;
- alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydoni va strukturasining 
talabga javob bermasligi;

qo'shni davlatlarning chegaralaridan o'tib kelayotgan ifloslantiruvchi 
ta’sirning mavjudligi va boshqalar.
O'zbekistonda 
mavjud 
bo'lgan 
ekologik 
vaziyatning 
ko'rsatilgan 
xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi qulay
9


sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda foydalanish, 
tabiatning mahsuldorligi, o'z-o'zini tiklash imkoniyatlarini saqlab qolish, atrof- 
muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning ustivorligini 
ta’minlash, xalq xo'jaligida ekologiyalashtirishni keng qo'llash yo'nalishlarida 
ekspert nazoratini kuchaytirishni taqazo etadi.
1 - Topshiriq
O'zbekistonda ekologik vaziyatning turli darajada buzilish holatlarini yozib 
bering:

Tabiat
komponentlari
bo'yicha
Aholi yashash manzillari 
(shahar, qishloq) bo'yicha.
1
Havoning
ifloslanish
Toza ichimlik suvi bilan 
yetarli ta’minlanganlik
2
3
4
5
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, 
mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari, mutaxassislarni jalb etib, 
O'zbekistondagi ekologik vaziyatni baholash metodologiyasini ishlab chiqdi va 
mamlakatni ilmiy asoslangan ekologik rayonlashtirishni (mintaqalashtirish) 
amalga oshirdi.
18 
ta ekologik indikator orqali respublika tumanlaridagi va ular orqali 
viloyatilardagi ekologik vaziyat baholangan. Mavjud ekologik holatning og'irlik 
darajasiga ko'ra tumanlar quyidagi rayonlar tizimiga kiritilgan:
0 - qoniqarli (yo'l qo'yarli) ekologik holatidagi:
1 - keskin ekologik holatdagi:
2 - favqulodda ekologik holatdagi:
3 - halokatli ekologik holati.
O'zbekistonda mavjud bo'lgan ekologik vaziyatning ko'rsatilgan 
xususiyatlari ekologik ekspertiza munosabatlarida aholining yashashi uchun 
qulay sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan tugab qolmaydigan tarzda 
foydalanish , tabiatning mahsuldorligi, o'z-o'zini tiklash imkoniyatlarini saqlab 
qolish, atrof-muhitni saqlash va muhofaza qilish sohasida milliy manfaatlarning 
ustuvorligini ta’minlash, xalq xo'jaligida ekologiyalashtirishni keng qo'llash 
yo'nalishlarida ekspert nazoratini kuchaytirishni taqozo etadi.
10


2-Topshiriq
Ekologik indikator yordamida O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- 
muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ishlanmalari asosida ekologik holatni 
baholash mezonlarini keltiring.

M ezonlar
nomi
O 'lchov
birliklari
M intaqalar
K eskin
Favqulodda
H alokatli
1

darajali 
o 'ta
xavfli 
m ezonlar
40
60
100
2
yer 
osti
suvlarini
ifloslanishi
Ifloslanish
indeksi
4-6
6-10
10
3
yer 
usti
suvlarini
ifloslanishi
Ifloslanish
indeksi
2-3
3-5
5
4
5
6
Ekologik vaziyatning viloyatlardagi farqlari bo'yicha hisoblangan ball 
ko'rsatkichlariga ko'ra ularning quyidagi tiplari aniqlanadi:
1). 400 va undan ortiq ball-favqulodda keskin; 2).
250-400 ball-juda keskin;
3). 
150-250 ball-o' rtacha keskin;
4). 
120-150 ball-uncha keskin bo'lmagan;
5). 
120 balldan past ball-keskin bo'lmagan.
2-Topshiriq
O'zbekiston Respublikasidagi Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va 
Qoraqalpog'iston respublikasi tumanlardagi ekologik vaziyatni tiplar bo'yicha 
yozib, ta’riflab chiqing.
3-Topshiriq
Katta 
O'zbekiston 
magistral 
yo'lida 
(Toshkent-Buxoro) 
transport 
yo'lkasidagi ekologik holatni baholang. Bunda transportlardagi tabiatni texnik 
muhofaza qilish, yo'l chetidagi ta’sir chegaralarini, atrof-muhitda birikmalar 
miqdorini oshishini, tabiiy landshaftlarga, bioxilma- xillikka ta’sirlarini hisobga 
oling.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling