Ekonometrik modellashtirish asoslari
Ekonometrikaning vazifalari
Download 0.54 Mb.
|
эконометрик моделлаштириш асослари fayllar org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekonometrikaning metodologiyasi
- Ekonometrikaning vazifalari
Ekonometrikaning vazifalari
1) Modelni spesifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish. Modelniparametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash. 3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun modelning o‘zini tekshirish. 4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va tavsiyalar ishlab chiqish. Ekonometrikaning metodologiyasi Ekonometristlar iqtisodiy muammoni tahlil qilishda qanday yo‘l tutadilar, ya’ni ularning metodologiyasi nimalardan iborat? Ekonometrika metodologiyasi bo‘yicha bir necha maktablar mavjud, lekin biz bu yerda hozirgacha iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlarningempirik tadqiqotlarida ustunlik qilib kelayotgan an’anaviy yoki klassik metodologiyani keltirib o‘tamiz 2 An’anaviy ekonometrik metodologiyalar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 1. Nazariya yoki gipotezaning qo‘yilishi. 2. Nazariyaning matematik modelini aniqlashtirish. 3. Statistik yoki ekonometrik modelni aniqlashtirish. Ekonometrikaning vazifalari Modelni spesifikatsiyalash Modelni parametrlashtirish Modelni verifikatsiyalash Modelni prognozlash Empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish Tuzilgan modelning parametrlarini baholash Butun modelning o‘ziniva modeldagi parametrlar sifatini tekshirish Ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognoz tuzish va tavsiyalar ishlab chiqish 4. Ma’lumotlarni to‘plash. 5. Ekonometrik model parametrlarini baholash. 6. Gipotezalarni testdan o‘tkazish. 7. Prognozlash yoki oldindan aytib berish. 8. Boshqarish maqsadlari uchun modeldan foydalanish. Yuqorida keltirilgan qadamlarni izohlash uchun Dj.M.Keynsning iste’mol nazariyasini ko‘rib chiqamiz. 1. Nazariya yoki gipotezaning qo‘yilishi. Keyns ta’kidlaydiki "...fundamental psixologik qonun shundan iboratki, qoidaga ko‘ra erkaklar (ayollar) o‘zlarining o‘rtacha daromadlari ortishi bilan daromadga nisbatan unchalik katta bo‘lmagan darajada o‘zlarining iste’mollarini oshirishga harakat qiladilar" Qisqacha aytganda, Keyns iste’molga bo‘lgan chekli moyillik (MRS) bu daromadning bir birlikka (1 dollarga) o‘zgarishi bilan iste’moldagi o‘zgarishning tezligi bo‘lib, noldan katta, ammo 1 dan kichik deb faraz qilgan. 2. Iste’molning matematik modelini spesifikatsiya qilish. Keyns daromad va iste’mol o‘rtasida musbat o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini aytgan bo‘lsada, ular o‘rtasida bog‘liqlik qaysi shaklda ekanligini aniqlashtirmagan. Soddalik uchun, iqtisodchi-matematik Keynsning iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda taklif qilishi mumkin: hamda u iqtisodiyotda iste’mol funksiyasi deb ataladi. Model matematik tenglamalar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Agar model bitta tenglamaga ega bo‘lsa, u bir tenglamali model deyiladi, agar bittadan ortiq tenglamaga ega bo‘lsa, u holda ko‘plikdagi model deyiladi. formuladagi tenglik belgisidan chap tomonda turgan o‘zgaruvchi bog‘liq o‘zgaruvchi, o‘ng tomonidagi esa bog‘liq bo‘lmagan yoki tushuntirib beruvchi o‘zgaruvchi deyiladi. Shunday qilib, Keynsning iste’mol funksiyasida (tenglamadagi iste’mol funksiyasi bog‘liq o‘zgaruvchi va daromad manbai bog‘liq bo‘lmagan yoki tushuntirib beruvchi o‘zgaruvchi hisoblanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling