35. Iqtisodiy о‘sish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq etish.
Kishilarning xo‘jalik faolichyati juda murakkab va chalkash turli tuman xodisalar va jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib , unda iqtisodiy nazariya to‘rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish , taqsimot, ayirboshlash va iste'mol.
Ishlab chiqarish – bu insonning xayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonidir.
Taqsimot- xar bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maxsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganligi ulushini (miqdori, proporsiyalar) aniqlash jarayonidir. Ayirboshlash- moddiy ne'matlar va xizmatlarni bir sub'ektdan boshqasiga xarakat qilish jarayoni, ne'matlarni ijtimoiy ayirboshlashni aks ettiruvchi , ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar shaklidir.
Istemol- ma'lum extiyojlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish jarayonidir.
Bu barcha bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar.
Maxsulotlar va xizmatlar turli tuman bo‘lishiga, tez ko‘payib borishiga qarmasdan, bu ne'matlar ishlab chiqarish extiyojlarini : jamiyatning ishlab chiqarish extiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan bo‘linadilar: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlariga.
Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish xam ikki bo‘linmaga bo‘linadi: (ajraladi):
bo‘linma ,ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish
bo‘linma, iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Insonlarning extiyojlarini qondiruvchi ne'matlar va xizmatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning turli soxalari va tarmoqlarida yaratiladi.
“Ijtimoiy ishlab chiqarish” deganda butun jamiyat, ya'ni makroiqtisodiy miqyosda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish bir –biri bilan bog‘liq ikki soxadan iborat:
Moddiy ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |