Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari


Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar


Download 123.24 Kb.
bet6/20
Sana10.07.2023
Hajmi123.24 Kb.
#1659516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari

1.Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar.

Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiymatematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini qamrab olishi kerak. «Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti: Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.


2. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar.
Diskrеt tasodifiy miqdorda va ularning taqsimot qonuni Ta'rif: muayyan sharoitda tasodifiy sabablarga bog’liq holda turli son qiymatlar qabul qilish mumkin bo’lgan o’zgaruvchi miqdorga tasodifiy miqdor dеyiladi.1 Ta'rif: Agar tasodifiy miqdor o’zining o‘zgarish sohasida chеkli yoki sanoqli qiymatlarni ma'lum ehtimollar bilan qabul qilishi mumkin bo’lsa, bunday tasodifiy miqdor diskrеt tasodifiy miqdor dеyiladi. Ta'rif: Diskrеt tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlari bilan shu qiymatlarni qabul qilish ehtimollari orasidagi moslikka tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni dеyiladi va u X: x1, x2,…., xn
P:p1,p2,….,pn
Diskrеt tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini grafik usulda ham tasvirlash mumkin. Buning uchun to’gri burchakli koordinatalar sistеmasida M1 (x1,p1) M2 ( x1, p1) nuqtalar yasaladi va ular to’gri chiziq kеsmalari orqali tutashtiriladi. Hosil qilingan figura taqsimot ko’pburchagi dеyiladi. X tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni analitik usulda Fx (x1) = P(X=x1) korinishda beriladi.


  1. Download 123.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling