Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari


Prognozlashda ekstrapolyatsiya usullaridan foydalanish


Download 123.24 Kb.
bet3/20
Sana10.07.2023
Hajmi123.24 Kb.
#1659516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari

4. Prognozlashda ekstrapolyatsiya usullaridan foydalanish
O‘rtacha absolyut o‘sish bo‘yicha ekstrapolyatsiya. Prognoz iqtisodiy rivojlanish variantlarini avvalgi rivojlanish omillari va yo‘nalishlari prognoz qilinish davrida ham saqlanib qoladi degan gipoteza kelib chiqib aniqlaydi. Bunday gipoteza qilishga iqtisodiy holat va jarayonlarning yetarlicha inertligi sabab bo‘ladi.
Dinamik qatorlarning ekstrapolyatsiyasi asosida prognoz qilish har qanday statistik prognozlashlar singari erishilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan yoki intervalli bo‘lishi mumkin.
Ekstrapolyatsiyani umumiy holda quyidagi funksiya qiymatini aniqlash deb qarash mumkin.
Bir o‘lchamli dinamik qatorlar ekstrapolyatsiyalashning eng oddiy usuli shu qatorlarning o‘rta xarakteristikasini qo‘llash hisoblanadi
Qatorlarning o‘rta darajasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni ekstrapolyatsiyalashda prognoz qilinuvchi daraja qatorlar darajasining o‘rta qiymatiga teng bo‘ladi:
Bu holda ekstrapolyatsiya prognostik aniq bahoni beradi. Shunga qaramasdan berilgan baholarning amaldagi ma’lumotlar qiymatlari bilan aniq to‘g‘ri kelishi kamdan-kam hollarda bo‘ladi. Shuning uchun prognoz natijalari ma’lum intervalda berilishi kerak va bu interval bo‘yicha aniqlanadi.
O‘rtacha absolyut o‘sish bo‘yicha ekstrapolyatsiya. Agar rivojlanish yo‘nalishi chiziqli deb qabul qilinsa, ekstrapolyatsiya o‘rtacha absolyut o‘sish bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta o‘sish tezligi bo‘yicha ekstrapolyatsiya dinamik qatorlar ko‘rsatkichni egri chiziq yo‘nalishida bo‘ladi degan xulosaga asoslanadi. Bunda prognoz qilinadigan qator quyidagicha aniqlanadi:
- o‘rta geometrik formula yordamida hisoblangan o‘sishning o‘rtacha tezligi.
Trendlarning ekstrapolyatsiyalashning uchala usullari ham oddiy usullardir

  1. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.

Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi. Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak. Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi: 1) sub’ekt (tadqiqotchi); 2) tadqiqot ob’ekti; 3) o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.



  1. Download 123.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling