Ekskursantlarning bir maromda harakatlanishi ularning tarkibiga (bolalar, yoshlar, o'rta yoshlilar, qari kishilar), joyning relefiga (tog' zonasi, yo'llar holati va hk) bog'liqdir. Piyoda ekskursiyada ob‘ektlarning bir-biriga yaqin joylashganligi sababli ekskursantlarning harakati ham sekin, bir maromda bo'ladi. Avtobusli ekskursiyada ekskursantlar harakatini bir maromda ushlash qiyinroq kechadi. Shuning uchun, gid avtobusdan tushishi bilan birdaniga harakatlanmasdan, barchaning tushishini kutadi (ayniqsa, ko'riladigan ob‘ekt uzoqroqda joylashgan bo'lsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |