Ekskursiya- turistik mahsulotning tarkibiy qismi
Ekskursiyalar tasniflashning ahamiyati
Download 59.5 Kb.
|
1362582022 41720
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuniga ko‘ra
Ekskursiyalar tasniflashning ahamiyati
Tasniflash (klassifikatsiya) — bu aniq bir belgilarga qarab bir turdagi predmetlarni bo‘limlarga, klasslarga ajratishdir. Ekskursiyani tasniflash —ekskursiyani olib borish harakteriga, xususiyatlariga, mazmuniga qarab guruhlarga ajratishdir. Bu esa ekskursiya amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ekskursiyani tasniflash gid ishini tashkil etishda yordam beradi. Ekskursiyaning barcha turlarini qo‘yidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin: mazmuniga ko‘ra; qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra; o‘tkazish joyiga ko‘ra; o‘tkazish shakliga ko‘ra; Mazmuniga ko‘ra ekskursiya ko‘rgazmali va tematik turlarga bo‘linadi. Mavzuli ekskursiyalar o‘z navbatida qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: tarixiy; harbiy-tarixiy; ishlab chiqarish ob’ektlari; madaniy; adabiy; arxitektura qurilishi. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra: katta yoshdagi odamlar uchun; maktab yoshdagi bolalar uchun; yosh bolalar uchun; mahalliy aholi; boshqa shahardan kelganlar; horijiy mehmonlar uchun. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiya ob’ektlari, ma’lumotlar, hikoya mazmunlariga o‘zgarishlar kiritiladi. Xorijiy mehmonlar ekskursiya davomida gidga ko‘proq savol berishadi va u bunga tayyor turishi kerak. Gid hikoya qilib berayotgan ma’lumotlar hammaga ma’lum ekanligini unutmasligi, haqiqatdan uzoqlashmasligi ham muhimdir. Gid uchun sayyohlar tarkibini o‘rganish, bilish ekskursiyani samarali o‘tishining asosidir. Ekskursiyaning o‘tkazish joyiga ko‘ra: shaharda; shahardan tashqarida; ishlab chiqarish ob’ektlarida; muzeylarda; madaniy (diniy) inshootlarda; tabiat yon bag‘rida; cho‘llarda bo‘lishi mumkin va b.bo‘lishi mumkin. Shahar ekskursiyalari ko‘rgazmali va tematik bo‘ladi. Unda shaharning barcha joylarini yoki bir qismini ko‘rsatish mumkin(eski shahar, bozorlari, maydonlar). Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling