Ekskursiya- turistik mahsulotning tarkibiy qismi
Ekskursiya mazmuni va mohiyati
Download 59.5 Kb.
|
1362582022 41720
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiya
Ekskursiya mazmuni va mohiyati
Ekskursiya - ( lotinchadan. Exscursio – sayoxat) bu gid (ekskursovod) rahbarligida ilmiy yoki madaniy maqsadlarga diqqatga sazovor joylarni, muzeylarni individual yoki jamoa bo‘lib tomosha qilishdir. Yoki boshqacha ta’riflaganda: Ekskursiya - bu tanishish yoki o‘rganish maqsadida aniq belgilangan reja bo‘yicha o‘tkaziladigan, mavzuli hikoyalar bilan olib boriladigan biror ob’ektni ko‘rsatish jarayonidir. Har bir ekskursiyaning mazmuni (xususiyati) hikoya qilish, namoyish etish, ma’lumot berishdan iborat. Agar namoyish etish(tanishtirish) bo‘lmasa bunday madaniy, ilmiy jarayon ekskursiya emas, balki oddiy ma’ruza yoki suhbatga hisoblanadi. Ekskursiyada aynan hikoya qilish va namoyish etish asosiy xususiyatlardir. Lekin ko‘rilayotgan narsalar haqida chuqur tahlil, ma’no, tushuncha berilmasa, bu ishtirokchilar uchun faqatgina diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish bo‘ladi. Ekskursiyaning mazmuni ham ko‘rilayotgan obektlarga qiziqarli ma’lumotlarni aytib berishdan iborat. Gidning ob’ekt haqida aniq faktlar, hodisalar, jarayonlarga asoslanib hikoya qilayotganlari sayyohlar ongida ko‘rayotganlari bilan bog‘lanib umumlashadi. Shu tariqa gid sayyohlarga ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rishni o‘rgatadi. Bu jarayonda ekskursiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan atrof-muhitni emotsional qabul qilish katta rol o‘ynaydi. Gid sayyohlarni nafaqat eshitish va ko‘rishga, balki voqea hodisalarni his etishga majburlashi kerak. Ko‘rgan va eshitganlar sayyohlarga javob hissiyotini uyg‘otish zarur (hayrat, quvonch, g‘urur). Ekskursiya—bu nafaqat vaqt o‘tkazish, balki jismoniy va ruhiy kuch sarflashni talab qiluvchi, bo‘sh yoki o‘qish vaqtidagi intellektual faoliyatidir. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. B.V.Yemelyanov ekskursiyaning qo‘yidagi 6 ta xususiyatlarini ajratgan: vaqt davomiyligi (2 soatdan 1 kungacha); sayyohlar guruhining mavjudligi (10-15 kishi); malakali mutahassis - gidning mavjudligi; ekskursiya ob’ektini ko‘rib chiqish; ob’ektlar bilan harakatda va to‘xtab tanishish (avtobusdan tushib); ekskursiya yo‘nalishini belgilab beruvchi aniq mavzuning mavjudligi. Hozirda ekskursiya amaliyotida ekskursiyaning asosiy xususiyatlarini belgilashda erkin qaralmoqda. Masalan: turistlar guruhi bir necha kishidan iborat (1-2 kishi) bo‘lishi mumkin; ob’ekt bilan tanishish uchun avtobuslardan tushish shart emas (agar ob’ekt yaxshi ko‘rinsa). B.V.Yemelyanov ko‘rsatgan ekskursiyaning boshqa xususiyatlari esa o‘zgarmay qoladi. Ekskursiyaning albatta maqsad va vazifalari aniq bo‘lishi shart. Chunki, shular ekskursiya ob’ektlari, marshrutlari, adabiyot manbalarini tanlashda va “gid portfeli”ni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin ekskursiyaning eng asosiy xususiyatlari uni o‘tkazishda ekskursiya uslublaridan foydalanishdir, ya’ni namoyish va hikoya qilishning uyg‘unligidadir(bir-birini to‘ldirish). Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling