Ekskursiya- turistik mahsulotning tarkibiy qismi


Download 59.5 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1612849
1   2   3   4   5
Bog'liq
1362582022 41720

Ekskursiya faoliyati—vaqtinchalik bo‘ladigan mamlakatda sayohatchilarni sayyohlik resurslari bilan tanishtirish maqsadidagi faoliyatni tashkillashtirish bo‘lib, bunda joylashtirish yuzasidan xizmat ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.
Sayyohlik tabaqalariga xalqaro va milliy sayyohlik qo‘shiladi, shuningdek, mamlakat doirasidagi sayyohatlik kiritiladi.
Tunab qoladiganlar turistlar hisoblanadi, kun davomida kelib-ketuvchilar ekskursiyachilar deb hisoblanadi.
Turizmning ichki, xalqaro, kiruvchi, chiquvchi ko‘rinishlari mavjud.

  • Ichki turizm - o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to‘lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda sayoxat qilishga aytiladi.

  • Xalqaro turizm –vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilish tushuniladi.

  • Kiruvchi turizm- faoliyati to‘lanmaydigan turistik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o‘zga mamlakat xududiga tashrifi, sayohati hisoblanadi.

  • Chiquvchi turizm – bir mamlakat xududida doimiy yashovchi shaxsni boshqa mamlakatga faoliyati to‘lanmaydigan sayohati, tashrifi hisoblanadi.

Turizmdagi iste’mol turizm tovarlari va xizmatlarining qiymati sifatida aniqlanib, ular turist yoki ekskursiyachilarning bevosita talablarini qondirish uchun foydalaniladi. Bularga keluvchilarga qilinadigan xizmatlar to‘plami — joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, sport, ekskuriya va boshqa tadbirlar harajatlari kiradi.
Turizm mahsulotlari — deyilganda moddiy va nomoddiy xizmatlar to‘plamining iste’mol qiymati tushunilib, ular turistning iste’mol talablari uchun zarur bo‘lib, uning sayyohlik yuzasidan sayohat qilishi davrida vujudga keladi va faqatgina ushbu saayyohat tufayli vujudga keladi.
Turizm tovarlari — deyilganda ishlab chiqarish sohasi faollarining mehnat mahsuloti tushunilib, ular sotish uchun yaratilgan hamda aksariyat hollarda turistlar yoki ekskursiyachilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
«Ekskursiya ishini tashkil qilish» fanining predmeti - turizmda ekskursiya jarayonini to‘g‘ri va qiziqarli tashkil etishni o‘rgatishdir.
«Ekskursiya ishini tashkil qilish» fanining obekti- mamlakatimizda mavjud tarixiy, madaniy, me’moriy, tabiiy va boshqa resurslardan foydalanib, turizmning asosiy tarkibi bo‘lmish ekskursiya xizmatlarini sifatli o‘tkazish texnika, texnologiyasini o‘rganishdir.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling