Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo
Ikki tanlama dispersiyalarning tengsizligi
Download 0.77 Mb.
|
savollar aniq variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispersiyalar tengligi haqidagi gipoteza
Ikki tanlama dispersiyalarning tengsizligi haqidagi gipoteza bir tomonli Fisher mezoni yordamida tasdiqlangan:
(16.2) bu erda , F1- α - Fisher mezonining jadvaliy qiymati erkinlik darajasi erkinlik darajasida; nA, nV - tanlamalarning xajmi; α – xato(noto‘g‘ri qaror qabul) qilish ehtimoli. Dispersiyalar tengligi haqidagi gipoteza Fisherning ikki tomonli mezoni bo‘yicha tasdiqlanadi: (16.3) 23. Eksperiment natijasiga aloxida faktorlarning ta’siri darajasini dispersion analiz(taxlil) asosida aniqlash. Tajriba natijasiga aloxida faktorlar ta’siri darajasini baholash uchun dispersion analiz usuli qo‘llaniladi. Bu usul umumiy dispersiyani ni quyidagi tashkil qiluvchilarga ajratishga asoslangan: tanlamalar orasidagi dispersiyaga va tanlamnalar ichidagi dispersiyaga Bu erda K - sinov ob’ektlari soni; n - ushbu ob’ektlarning har biri uchun kuzatuvlar soni, N=kn; i - ob’ekt tomonidan j - kuzatishida olingan xususiy o‘rtacha arifmetik qiymat ; - barcha mashinalar va kuzatuvlar uchun umumiy o‘rtacha.arifmetik qiymat. Agar mashinalarning sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada farq qiladigan bo‘lsa, lar tasodifiy o‘zgarishlarda kutilganidan ko‘ra ko‘proq bir-biridan farqlanadi. Dispersizon tahlil va regressiya tenglamalaridan foydalanish usullari quyidagi misollarda keltirilgan. Misol 17.2. O‘rgichning tezligi (X faktor), qatoruyumning qalinligi (U faktor) va yig‘ishtirib olish vaqtigacha qatoruyumning cho‘kishi (Z faktor) orasidagi bog‘liqlikni tekshirish talab qilinadi. Tanlamalarning korrelyasiya koeffitsientlari ; ; . Ko‘rinib turibdiki, U va Z faktorlari o‘rtasidagi bog‘liqlik deyarli yo‘q. Biroq, qatoruyum qalinligi qanchalik katta bo‘lsa, uning cho‘kishi shunchalik kuchliroq bo‘ladi deb taxmin qilish mumkin. Ehtimol, o‘lchovlar o‘rgichning turli tezliklarida amalga oshirilganligi sababli koeffitsient ryz ning qiymati kichik bo‘lgan. X faktornig ta’sirini istisno qilamiz U va Z o‘rtasidagi xususiy korrelyasiyani aniqlaymiz. SHunday qilib, qatoruyumning qalinligi bilan uning cho‘kish kattaligi orasida, xaqiqatda, teskari proporsional bog‘liklik mavjud. 24. Eksperimental tadqiqotlar(sinovlar)dasturi -sinovlarni o‘tkazishda asosiy ishchi - tashkiliy-uslubiy xujjat bo‘lib, uni bajarish majburiydir. Dasturni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin: Dasturni 1-qismida sinalayotgan ob’ekt, tadqiqotlar maqsadi va vazifalari, sinov sharoitlari, aniklanadigan bog‘lanishlar, parametr va ko‘rsatkichlar aniqlab olinadi. 2-qismda tajriba(sinov)larning turlari va navbati (ketma-ketligi), ularni o‘tkazish muddatlari, zarur bo‘ladigan dala maydoni xajmi, moddiy-texnik ta’minoti va x.k.lar aniqlab olinadi. Dasturni birinchi qismi "Eksperiment natijasida tadqiqot muammolarini echish uchun nima kerak va buning uchun nima zarur?" degan savolga javob beradi. Ushbu qism avval bajarilgan tadqiqotlar, sinovlar va dissertatsiyalar bo‘yicha hisobotlar taxlillari asosida ishlab chiqiladi. Dasturni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlar: tadqiqot(sinov)lar maqsadlari, gipotezasi va nazariy rivojlanishi, eksperimentlarni tashkil etish bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish uchun - eksperiment metodikasi. Eksperimental tadqiqotlar(sinovlar) dasturi xar bir sinov turi uchun aniqlanadigan vazifalarni, shartlarni va ularni o‘tkazishni moddiy-texnikaviy ta’minlashni xisobga olgan xolda ishlab chikiladi. Dasturni va sinash uslubini ishlab chikishda tajriba(sinov)larni rejalash, ularni o‘tkazish, natijalarni ishlash va taxlil kilish kabi asosiy masalalar echimi aniq ko‘rsatiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling