Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Download 0.77 Mb.
bet34/37
Sana18.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1211017
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
savollar aniq variant

Dala tajribalari – tadqiqot natijalarini barcha omillar ta’siri mavjud bo‘lgan xaqiqiy (real) ishlab chiqarish sharoitida tekshirish. Bunday sharoitlarda diskli-yuritkichlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yakuniy eksperimentlarni o‘tkazish kerak.
Dala sinovlari maxsus ishlab chiqilgan dastur va metodikalar o‘tkazilishiga misol tariqasida ANT bilan jixozlangan tajribaviy MX-2,4 paxta terish mashinasini dala sinovlari dasturi va metodikasi keltirish mumkin(slayd ProgMetodikaIspSAKXUM MX-2,4)
Laboratoriya-dala sharoitida o‘tkaziladigan dasturning 2-bandiga asosan diskli-yuritkichli plugda o‘tkaziladigan tajribalarda =const bo‘lganda {Rx, Rz} = f(a) bog‘liklik tadqiq qilinadi. Bu tajribalar davomida diskning ishlov berish chuqurligi keskin o‘zgartiriladi: birinchi tajribada 4 sm, 7 sm - ikkinchi, 10 sm, uchinchi va hokazo. Bunda harakat tezligi vp va koeffitsient  ni o‘zgarmas biror bir kattalikda ushlab turiladi. Keyingi tajribalarda (vp, a)=const o‘zgarmas ushlab turilib  qiymati keskin o‘zgatiriladi..
Nazorat qilish tajribalari usuli(metodi). Tajriba shu tarzda amalga oshiriladiki, o‘zgartiriladigan omillar (ularning tabiatiga yarasha) bir vaqtning o‘zida bir nechta darajalarda tekshiriladi. Plug korpusi parametrlarini uni tortish qarshiligiga ta’sirini aniqlashda, bir xil (dinamoometrik) plugga turli ishchi organlar joylashtiriladi, bu esa bir xil sharoitlarda ishlaydigan alohida organlarning qarshiligini o‘lchash imkonini beradi. Ushbu usul mashinalar va ularning ishchi organlarini qiyosiy sinovlarida juda keng qo‘llaniladi. Turlicha konstruksiyadagi mashinalar qo‘shni yo‘llar bo‘ylab parallel ravishda harakat qiladi yoki qo‘shni uchastkalarda ishlaydi.
Ushbu usul eksperimentlar dasturining 4-bobi bo‘yicha diskli-yuritkich bilan yakuniy eksperimentlarda qo‘llanilishi kerak.
Turlicha belgilar usuli. Neytrallashtirilishi kerak bo‘lgan omilga "avval" musbat, so‘ngra manfiy qiymatni beriladi va o‘rtacha qiymatni hisoblashda u nolga tengligi ta’minlanadi. Usul odatda "uyoqga" va "orqaga" harakatlanayotganda o‘lchovlarni olib, laboratoriya-daladagi eksperimentlarda qiyalik darajasi ta’sirini neytrallashtirish uchun ishlatiladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu usullarning ko‘pchiligi har bir eksperimentda bir-biri bilan kombinatsiyalangan holda qo‘llaniladi.


30. Kuzatish(o‘lchov, tajriba)lar soni va pirovardida natijalar sonining oshishi ularning xarakteristikalari (o‘rtacha qiymatlari, dispersiyalari va b.) empirik taqsimotning xususiyatlari, shuningdek, nisbiy chastotalari muayyan bir o‘zgarmas kattaliklarga yaqinlashadi va n→∞ bo‘lganda taqsimot qonunini xarakterlaydi.
Taksimot qonuni nisbatan chastotalar qiymatlarining barqarorligi, variatsion qatorning xususiyatlarining mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Bu ehtimollik nazariyasida katta sonlar qonuni deb ataladi. Tajribalardan olingan, ya’ni tasodifiy o‘zgaruvchining taqsimoti ko‘proq yoki kamroq darajada yaqinlashadigan nazariy taqsimot qonuni tasodifiy o‘zgaruvchan qiymatlar va ularga mos keladigan ehtimollar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadigan matematik modeldir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling