Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo
Download 0.77 Mb.
|
savollar aniq variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya-dala tajribalari
Laboratoriya tajribalari tashqi (dala) ish sharoitlarini belgilaydigan barcha omillar ta’sirini xisobga olmaydi. Bu tuproq va erning xususiyatlari barqaror bo‘lgan tuproq kanalidagi tajribalar; urug‘larni jo‘yakka tushganidan keyin xarakatlanishini cheklaydigan yopishqoq lenta ustiga urug‘larni ekish(ekish meyorinini tekshirishda); maxsus stendda yonilg‘i nasosini parametrlarining dvigatel quvvatiga ta’sirini o‘rganish; eyilgan detallarni emas maxsus namunalarni sirtiga metal qoplama payvandlash va boshqalar.
Laboratoriya tajribalari mashinasozlik namunalarini, ularning mexanizmlari va tarkibiy qismlarini o‘rganishda keng qo‘llchaniladi, ular o‘rganilayotgan jarayonni qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi, kam xarajat va mehnat talab qiladi, mavsumiylikni istisno qiladi, lekin har bir tajriba real ishlab chiqarish sharoitidan uzoq bo‘lgani sababli amaliy axamiyati past darajada – olingan natijalarni bu laboratoriya tashqarida tekshirib sinab ko‘rishni talab etiladi. Rx diskni harakatga keltiruvchi va Rz ni ko‘taruvchi kuchlarni ishlov berish chuqurligi a ga va kinematik koeffitsient ga bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha tajribalarni laboratoriya sharoitida - agar iloji bo‘lsa, tuproq kanalida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Laboratoriya-dala tajribalari oldindan tayyorlangan barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan sharoitlarda amalga oshiriladi: ekin turiga ko‘ra tajriba maydoni bir xil tuproqning qattiqligini hisobga olgan holda tanlanadi, tajriba oldidan maxsus ishlov berilgan (tekislangan,boronalangan, sug‘orilgan va hokazo) va boshqalar. Tajribalar ma’lum bir soatlarda, tezlikni manevr qilmasdan va hokazo. Bu tajribalarning natijalari laboratoriya tajribalariga nisbatan xaqiqiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga yaqinroq. Laboratoriya va dala sharoitida eksperimentlar - qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida tadqiqotlarning asosiy turlaridir. Diskli-yuritkichlar bo‘yicha tajriba dasturining barcha bandlari asosiy tajribalari ushbu sharoitlarda amalga oshirilishi lozim. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling