Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo
Download 0.77 Mb.
|
savollar aniq variant
Sezgirlik bo‘sag‘asi (eng kichik qiymatni o‘lchay olish qobiliyati) - bu o‘lchanayotgan kattalikning eng kichik qiymati bilan baxolanadi, u statistik o‘lchashda ko‘rsatkichni sezilarli chetlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
O‘lchash soxasi(chegaralari) - asbob shkalasining ishchi diapazonidir. Dinamik tavsiflar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan kattaliklarni o‘lchash xatoliklarini aniqlaydi. Bularga chastota (takrorlanuvchanlik) tavsiflari, o‘tish jarayonlarining tavsiflari, tizimning uzatish funksiyasi, chastotalar ishchi diapazoni kiradi. 20. Empirik(gistogramma) va nazariy taqsimot grafiklarini qurish. Misollar YUqorida aytib o‘tganimizdek, olingan empirik taqsimotga yaqin bo‘lgan normal taqsimot bilan approksimatsiyalash uchun, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, (15.1) formuladagi extimollik parametrlarini empirik taqsimotdan olingan statistik parametrlar bilan almashtirish kerak. SHunday qilib, laboratoriya mashg‘ulotlarida paxta dalasida o‘lchab olingan ma’lumotlar(3-amaliy mashg‘ulot 3.1-jadvalida keltirilgan) g‘o‘za tupi balandligini statistik tadqiqoti empirik taqsimlashning misolida xo‘r=970 va =226 qiymatlarini berdi.. Nazariy qonuniyatning chastotasini aniqlash uchun x o‘rniga intervalning o‘rtacha qiymatini qo‘yamiz. Hisoblashlarda xato qilmaslik uchun EXCEL dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda xisoblashlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab, birinchi ustunda barcha gurux(interval)larning o‘rtacha qiymatlarini yozib olamiz, so‘ngra formula(15.1)ni yozib undagi x o‘rniga xar bir guruxga tegishli o‘rtacha qiymatni o‘rniga qo‘yamiz. Xisoblashlar natijalari ekrandagi ko‘rinishi fragmentlari 15.2-rasmda keltirilgan. 15.2-rasm. EXCEL da xisoblashlar natijalari ekrandagi ko‘rinishi fragmentlari Olingan natijalar 15.2-jadvalga kiritiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling