Eksperimentlarni rejalashirish
Eksperimentlarni o‘tkazishda, tayyorgarlik bosqichi yoki vazifani qo‘yish
Download 89.5 Kb.
|
EKSPERIMENTLARNI REJALASHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- (bir faktorli eksperiment). Bir faktorli eksperiment
- Eksperimentni rejalashtirish
- Eksperimentni rejalashtirishning asosiy afzalligi
- Eksperimentni rejalashtirish predmeti
Eksperimentlarni o‘tkazishda, tayyorgarlik bosqichi yoki vazifani qo‘yish - bu shunday ishki, uningsiz eksperimentni bevosita rejalashtirishga ya’ni eksperimentni o‘tkazish tartibini tanlashga kirishish mumkin bo‘lmaydi.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, tadqiqotchida eksperimentning aniq rejasining bo‘lmasligi, odatda, ko‘p vaqtini sarf bo‘lishiga va uncha muhim bo‘lmagan natijalarga erishishga olib keladi. Shuning uchun, eksperimental ishlarni murakkablashuvi bilan bir qatorda, uni rejalashtirish usullari ham takomillashtirib borildi. Eksperimental tadqiqotlarning an’anaviy usullarining asosida tadqiqot qilinayotgan bog‘lanishni bir faktorni o‘zgartirish va boshqalarining o‘zgarmasligi xolida aniqlash yotadi. (bir faktorli eksperiment). Bir faktorli eksperiment - bunda, tadqiqot qilinayotgan hodisa yoki obyektga xar bir faktorning alohida ta’siri o‘rganiladi. - Bunday eksperimentni klassik rejalashtirishda, eng avvalo faktorlarni quyi va yuqoridagi qiymatlari o‘rnatiladi ya’ni uning chegaraviy darajalari va keyinchalik quyidan yuqoriga ketma-ket, yoki faktor qiymatlari qabul qilingan o‘zgartirish intervaliga mos ravishda, sakrab o‘zgartiriladi. Eksperimentni bunday ketma-ket rejasi qandaydir yangi qurilmani sinovi paytida juda qulaydir. Eksperimentni rejalashtirish (ER), eksperimental tadqiqotlarini o‘tkazishda matematik statistikaning qoida va qonunlarini ishlatish bilan xarakterlanadi. Bunda matematik statistika usullari nafaqat eksperiment natijalariga ishlov berish uchun emas, balki uni maqbul ravishda tashkillash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi, ya’ni murakkab tizim va jarayonlarni, eksperimentni yuqori samaraliligini va tekshirilayotgan faktorlarning aniqligini ta’minlash bilan bir qatorda, tadqiqot qilish va maqbullash imkoniyatini beradi. Eksperimentni rejalashtirishning asosiy afzalligi - bu hodisalar mexanizmi to‘g‘risida to‘la bilimga ega bo‘lmagan xolda ham eksperimentlarni maqbul boshqarishdir. Eksperimentni rejalashtirish, matematik statistikaning bir bo‘limi sifatida 50 yillar oldin paydo bo‘lsada, hozirda u keng va samarali amaliy qo‘llanishga ega bo‘layotgan mustaqil fandir. Shunday qilib, eksperimentni rejalashtirish - bu tajribalarni, qaysidir maqbul xossalarga bo‘lgan, qandaydir oldindan tuzilgan sxema bo‘yicha qo‘yishdir. Eksperimentni rejalashtirish predmeti - keng ma’noda tushuniladigan eksperiment bo‘lib, ya’ni tadqiqot obyekti ustidan, uning xossalari to‘g‘risidagi axborotni olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyalar majmuasidir. Eksperimentni rejalashtirishning maqsadi - eksperimentni o‘tkazishni shunday qoidalari va sharoitlari topiladiki, bunda aniq va ishonchli bo‘lgan eng ko‘p axborotni kam mehnat sarfi orqali olish va bu axborotni, uning aniqligini miqdoriy baholash bilan foydalanish uchun kompakt va qulay shaklda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling