Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида
Download 438.03 Kb.
|
Ma`lumotnoma IIB
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hujjatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga idoraviy mansub davlat arxivlari tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi davlat tomonidan saqlanishi kerak bo‘lgan hujjatlarning namunaviy ro‘yxatlarini, shu jumladan saqlash muddatlarini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Quyidagilar Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarini doimiy saqlaydilar: (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. 5.1 O‘zbekiston Respublikasining davlat arxivlari — tegishli yo‘nalishdagi hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha respublika ilmiy-uslubiy markazlar, jumladan: O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi — davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, sudlari, Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari; (5-bandning 5.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 5.2 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari — mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar prokuraturalari va sudlari, ularning hududlaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari; (5-bandning 5.2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 5.3. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning (ilovaga muvofiq) — tegishli ixtisosdagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlari; (5-bandning 5.3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 5.4. Davlat muzeylari va kutubxonalari — qonuniy asosda davlat mulkiga kiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari, shuningdek davlat tomonidan saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari. Oldingi tahrirga qarang. 6. O‘zbekiston milliy arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Download 438.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling