Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida


Download 438.03 Kb.
bet9/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, jamlash, ekspertizadan o‘tkazish, hisobga olish, saqlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui.
Milliy arxiv fondi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi va davlatga tegishli bo‘lmagan qismidan iborat.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
MILLIY ARXIV FONDINING DAVLATGA TEGIShLI QISMI
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini quyidagilar tashkil etadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
2.1 O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari:
— davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning;
— sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq ta’limi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning;
— ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning;
— vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
2.2. Kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari;
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.3 O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
2.4. Qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yoki ularga berilgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari;
(2.4-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
2.5. Arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga qonun hujjatlari, boshqaruv, loyiha, konstruktorlik, maxsus hujjatlar, shuningdek ularning boshqa moddiy jismlardagi yozuvlari, dasturlar, algoritmlar va mashina yo‘naltirilgan (mexanografik) hujjatlar, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy qo‘lyozmalar va boshqa qo‘lyozmalar, rasmlar, kundaliklar, xotiranomalar, yozishmalar hamda fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli bo‘lganligi uchun saqlanishi kerak bo‘lgan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, davlat mulki bo‘lgan hujjatlarning boshqa toifalari kiradi.

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling