Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


ARXIV IShI BO‘YIChA ME’YORIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA


Download 438.03 Kb.
bet8/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

ARXIV IShI BO‘YIChA ME’YORIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1999-yil 15-apreldagi 769-I-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 5-son, 53-modda)
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida Namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar o‘z me’yoriy hujjatlarini “Arxiv to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga muvofiqlashtirsinlar.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi to‘g‘risida” 1988-yil 31-oktabrdagi 389-son qarorining 1-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv”) to‘g‘risidagi Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmog‘ini tasdiqlash haqida” 1992-yil 19-iyundagi 296-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
482-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-oktabrdagi 482-son qaroriga
1-ILOVA

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling