Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида
DAVLAT HISOBIDA TURGAN HUJJATLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh
Download 438.03 Kb.
|
Ma`lumotnoma IIB
DAVLAT HISOBIDA TURGAN HUJJATLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh
Oldingi tahrirga qarang. 7. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlari davlat hisobida va arxiv hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan respublika davlat arxivlarida, vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar boshqa davlat saqlash joylarida bo‘lgan bo‘lsa, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish har bir arxiv bo‘yicha Milliy arxiv fondining Davlat katalogi davlat hisobi ma’lumotlari asosida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasida davlatga tegishli hujjatlarning umumiy soni ko‘rsatib qo‘yiladi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ishlab turgan davlat hokimiyati va boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida davlat hisobida turgan bo‘lsa, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ushbu hujjatlar saqlanayotgan har bir arxiv (arxiv filiallari) bo‘yicha umumiy belgilangan hisobga olish ma’lumotlari (idoraviy saqlashni tashkil etish to‘g‘risidagi statistika hisobotlari) asosida “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. 9. Agar O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida davlatga tegishli bo‘lmagan hujjatlar davlat hisobida turgan bo‘lsa, ularga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, hujjatlarning turgan joyidan qat’i nazar, ushbu hujjatlar egasiga yoki uning qonuniy vakiliga beriladi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) 10. Arxiv muassasalarida saqlanayotgan hujjatlarga rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi (hujjatlarni saqlashga rejali ravishda har yili kelib tushishi, hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan hujjatlarning bir qismi chiqarib tashlanishi, ular yig‘majildlarining bir qismi boshqa arxiv muassasalariga berilishi natijasida) ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar soni o‘zgarganda qayta rasmiylashtirilmaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amalda bo‘lishi arxiv muassasasida saqlanayotgan va davlat hisobida turgan barcha hujjatlarga joriy etiladi. Download 438.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling