Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида
MILLIY ARXIV FONDINING DAVLATGA TEGIShLI BO‘LMAGAN QISMI
Download 438.03 Kb.
|
Ma`lumotnoma IIB
MILLIY ARXIV FONDINING DAVLATGA TEGIShLI BO‘LMAGAN QISMI
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. 19. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismini nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida tashkil etilgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tashkil etadi. (19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning; (19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta’lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining; jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi. Oldingi tahrirga qarang. 20. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Ekspert-tekshirish komissiyasining hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangandan so‘ng ko‘rsatilgan qarorni tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organi yoki muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini rasmiylashtiradi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini saqlovchi nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari so‘rovlariga ko‘ra ularni davlat hisobiga qo‘yish maqsadida o‘zlarining arxiv fondlari va arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlari egalari va (yoki) saqlash joyi almashganda nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organi va muassasasini ushbu hujjatlarning yangi egasi va ularning bundan keyingi saqlanish joyi to‘g‘risida xabardor qiladilar. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga tegishli deb topilgan hujjatlarning egalari bo‘lgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ushbu hujjatlar shu maqsadlarda tashkil etiladigan arxivlar yoki idoraviy arxivlarda, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida doimiy saqlanishini ta’minlaydilar. Oldingi tahrirga qarang. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar yo‘q qilinmaydi. Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (ish staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlar va boshqa hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilmasdan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas. (22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 23. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib-davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Bunday ishlar bitim (shartnoma) bilan, zarur hollarda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda, rasmiylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv hujjatlari egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. (23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar qonunchilikka muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ularning arxiv fondi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi muassasalariga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda ularni davlat ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. (23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini vaqtinchalik, shu jumladan, depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi hujjat egalari bilan davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalar o‘rtasida tuzilgan bitimlar (shartnomalar)da belgilanadi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) Oldingi tahrirga qarang. 25. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi sotiladigan hollarda davlat arxivlari ularni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. Hujjat egalari, kimoshdi savdosi tashkilotchilari, savdo-vositachilik tashkilotlari bo‘lajak sotishgacha kechi bilan bir oy oldin u to‘g‘risida aniq sotish vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga xabar berishlari zarur. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 26. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning iltimosiga ko‘ra ularning arxiv hujjatlarini jamlashda, hisobga olishda, saqlashda va ulardan foydalanishda uslubiy yordam ko‘rsatadilar. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilganiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi muassasalari ularning arxivlariga hujjatlarni ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash, arxiv hujjatlaridan foydalanish yuzasidan pulli xizmatlar ko‘rsatishlari, shuningdek, nodavlat arxivlariga boshqacha ko‘maklashishlari mumkin. (26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 27. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom talablarini buzgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomga ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Download 438.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling