Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


Download 438.03 Kb.
bet12/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va jamiyat (davlat) o‘rtasida xizmat, mehnat va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar saqlanishini ta’minlash maqsadida tegishli hokimliklar tomonidan shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tuziladi.
(8-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq davlat arxivlari amalga oshiradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (ilovaga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazadilar, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishib olingan idoraviy me’yoriy hujjatlar asosida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari qoidalari va yo‘riqnomalariga muvofiq doimiy saqlashga berish uchun Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari jamlanishini, hisobga olinishini, saqlanishini, tanlanishini va tayyorlanishini ta’minlaydilar, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari bilan kelishgan holda ish yuritish xizmatlari va idoraviy arxivlar ishini belgilovchi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar; arxiv hujjatlari saqlanishi uchun javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Vaqtincha saqlashning oxirgi muddatlari tugashi bilan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari tartibga solingan va ishlov berilgan holda tegishli ilmiy-ma’lumot apparati va elektron nusxalari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarga sug‘urta nusxalari bilan doimiy saqlash uchun tegishli davlat arxivlariga beriladi.
Hujjatlarni tayyorlash va doimiy saqlashga berish, shuningdek, sug‘urta nusxalarini tartibga keltirish va doimiy saqlashga topshirish, shuningdek, elektron hamda sug‘urta nusxalarini tayyorlash, hujjatlarni tashish bilan bog‘liq barcha ishlar topshiruvchi va O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Tegishli hududiy boshqarma yoki davlat arxivi tomonidan doimiy saqlanadigan yig‘majildlar uchun ro‘yxatlar tasdiqlangandan va shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar uchun ro‘yxatlar kelishib olingandan so‘ng saqlash muddati tugagan hujjatlar ularning elektron shakllari davlat arxiviga qabul qilingach, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling