Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида
IDORAVIY ARXIV HUJJATLARINING TARKIBI
Download 438.03 Kb.
|
Ma`lumotnoma IIB
- Bu sahifa navigatsiya:
- IDORAVIY ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
IDORAVIY ARXIV HUJJATLARINING TARKIBI
8. Idoraviy arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 8.1. Tashkilot tarkibiy bo‘linmalari hamda unga bevosita bo‘ysunadigan bo‘linmalarning (agar ularda amaliy jihatdan arxiv tashkil etishga ehtiyoj bo‘lmasa) ish faoliyati jarayonida vujudga kelgan va ish yuritish davomida tugallangan hujjatlari; Oldingi tahrirga qarang. (8.2-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) 8.3. Mazkur tashkilotda yoki unga qarashli bo‘lgan tashkilotda ishlagan fan, texnika, madaniyat arboblari va ishlab chiqarish novatorlarining shaxsiy fondlari; 8.4. Matbaa hujjatlari, shu jumladan, arxiv hujjatlarini to‘ldiruvchi idoraviy nashrlar hamda arxivning ilmiy-tadqiqot, axborot-ma’lumotnoma va boshqa ishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar; 8.5. Arxiv hujjatlari tarkibi va mazmunini ochib beruvchi ilmiy-ma’lumot apparati (hujjatlar ro‘yxati, tarixiy ma’lumotnomalar, kataloglar, ko‘rsatkichlar, sharxlar va hokazo). Oldingi tahrirga qarang. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) IDORAVIY ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI Oldingi tahrirga qarang. 10. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tegishli arxivlarga topshirishdan iborat bo‘ladi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda) 11. Idoraviy arxiv o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq: Oldingi tahrirga qarang. 11.1. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari hamda arxivni butlash manbalari hisoblangan boshqa tashkilotlarning ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi va saqlaydi; (11-bandning 11.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 11.2. Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi; Oldingi tahrirga qarang. 11.3. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-ma’lumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini tashkil qiladi va to‘ldirib boradi; (11-bandning 11.3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 11.4. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; Oldingi tahrirga qarang. 11.5. Hujjatlarni topshirish uchun tayyorlaydi va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno); (11-bandning 11.5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 11.6.O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to‘g‘risida tasdiqlangan statistik shakllar bo‘yicha ma’lumotlar beradi; Idoraviy arxivlar saqlovidagi Milliy arxiv fondi hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat katalogiga belgilangan shaklga muvofiq taqdim etadi (11-bandning 11.6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 11.7. Tashkilotning ish yuritish xizmati bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmalar yig‘majildlarining to‘g‘ri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, yig‘majildlar ro‘yxatini tuzishda ishtirok etadi; Oldingi tahrirga qarang. 11.8. Quyi tarkibiy bo‘linmalarda idoraviy arxivlarning ahvolini va ish yuritish qanday yo‘lga qo‘yilganligini tekshirishda ishtirok etadi; (11-bandning 11.8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 11.9. Quyi tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar hisobini olib boradi; 11.10. Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi; Oldingi tahrirga qarang. 11.11. Tizim tashkilotlari idoraviy arxivlarining ish tajribasini o‘rganadi va umumlashtiradi; (11-bandning 11.11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) Oldingi tahrirga qarang. 11.12. Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi; (11-bandning 11.12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son) 11.13. Quyi tashkilotlar xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi masalalariga doir maslahatlar beradi; 11.14. Quyi tashkilotlarning ish yuritish xizmati va arxiv xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etadi. Download 438.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling