Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish


Download 438.03 Kb.
bet19/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
DAFTARI

Ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami

Ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi

Hujjat, ro‘yxat, statistika hisoboti va boshqalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hujjat nomi

Hujjatlar soni, saqlash birligi, hisobga olish birligi

Varaqalar soni*

Hujjatlarning egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs)

Saqlanish joyi (manzili)

Saqlanish sharoiti

Foydalanish sharti

Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi seriyasi va raqami

Guvohnomani olganlik haqidagi imzo va lavozim

izoh

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

* agar alohida hujjat ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 5-son, 53-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-oktabrdagi 482-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hujjatlar saqlanishini ta’minlash, hisobini olish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish uchun respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda* idoraviy arxivlar tuziladi.
* keyingi o‘rinlarda “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar” so‘zlari o‘rniga “tashkilot” so‘zi ishlatiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Idoraviy arxiv yetakchi (bosh) bo‘lgan tashkilot qoshida tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil etiladi, u tashkilot rahbari yoki tashkilot to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hujjatlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linma rahbariga bo‘ysunadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-oktabrdagi 233-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Idoraviy arxiv o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, yetakchi (bosh) va o‘z tashkilotining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining qoidalari va yo‘riqnomalariga va mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
4. Idoraviy arxiv mudiri (yoki arxiv uchun javobgar shaxs) va arxivning shtatdagi boshqa xodimlari tashkilot rahbari tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi.
5. Idoraviy arxiv tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ishlaydi va o‘z faoliyati haqida unga hisobot berib turadi.
6. Arxiv xodimlarining xizmat doirasidagi vazifalari tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomasi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Namunaviy nizomga muvofiq tashkilot o‘zining idoraviy arxivi to‘g‘risidagi nizomini ishlab chiqadi va u O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining tegishli organi yoki muassasasi bilan kelishgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling