Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari


Download 438.03 Kb.
bet15/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari
RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Davlat geologiya fondi;
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi;
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining davlat standartlari tarmoq fondi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining kartografiya-geodeziya fondi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muzeylari va kutubxonalari;
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-oktabrdagi 482-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
TARTIBI
UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularni davlat tomonidan hisobga olish va saqlashni nazorat qilishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga belgilangan tartibda o‘tkazilgan barcha hujjatlar, ular saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) va u vakolat bergan arxiv muassasalari amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari egasiga (keyingi o‘rinlarda — egasiga deyiladi) hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yagona namunadagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasi beriladi (1-ilova). Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari blanklarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanganlik to‘g‘risida hisobot berish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ham alohida hujjatga, ham hujjatlar majmuiga (saqlash birligiga (yig‘majild), kolleksiya, fond, fondlar guruhi, arxiv va boshqalar)ga rasmiylashtirilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish daftariga yozib qo‘yiladi (2-ilova). Ushbu daftarni yuritish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
(4-bandning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 129-modda)
5. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berish uchun asos hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogida davlat hisobida turishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
— qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan ekspert-tekshirish komissiyasi qarori;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
— hujjatlarni idoraviy saqlashni tashkil etish to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazish yilining 1-yanvarigacha bo‘lgan statistika hisobotining mavjudligi;
— hujjatlarga mulkka egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tkazilishida ularning sobiq egasida ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi mavjudligi.
6. Quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinadi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
— ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning egasi ularga berilgan mulkka egalik huquqini boshqa shaxsga bersa yoki sud qaroriga ko‘ra ushbu hujjatlarga mulkka egalik huquqidan mahrum etilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
— “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari ekspert-tekshirish komissiyalari qaroriga ko‘ra fuqaroning mulki hisoblanadigan hujjatlar yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan chiqarilsa va davlat hisobidan olib tashlansa.
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 129-modda)

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling