Эксперт кенгаши тўҒрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳАҚида


Download 438.03 Kb.
bet11/21
Sana19.06.2023
Hajmi438.03 Kb.
#1607047
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Ma`lumotnoma IIB

Oldingi tahrirga qarang.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston milliy arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hamda viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida ishlab chiqiladi hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Idoraviy arxiv to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi/
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarini vaqtincha saqlashni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari, ular tomonidan tashkil etiladigan idoraviy, birlashgan idoraviy, idoralararo arxivlar quyidagi muddatlarda amalga oshiradilar:
— davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari — 15 yil mobaynida;
— mahalliy davlat hokimiyati organlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat boshqaruvi organlari, prokuraturasi, sudlari, banklarining tegishli hududiy bo‘linmalari va viloyatga bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
— tuman va shaharga bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — 5 yil mobaynida;
Oldingi tahrirga qarang.
— fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari, xo‘jalik kitoblari — 75 yil mobaynida, agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
— qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning aralash shakllaridagi birlashmalar faoliyatini amalga oshirishda paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
— ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — 20 yil mobaynida;
— kapital qurilish bo‘yicha loyiha hujjatlari — 25 yil mobaynida;
— telemetrik hujjatlar — 5 yil mobaynida;
ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari tayyorlangan vaqtdan boshlab — ko‘pi bilan 3 yil;
— mashinada o‘qiladigan hujjatlar — 5 yil mobaynida;
— maxfiy hujjatlar — 30 yil mobaynida.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgandan so‘ng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Boshqaruv hujjati tarkibiga kiruvchi fotosuratlar, ovoz yozilgan lentalar ushbu hujjatlarni saqlash uchun nazarda tutilgan muddatlar mobaynida saqlanadi.
Ilmiy-texnika hujjatlari tarkibiga kiradigan kino va suratovozli hujjatlar, ovozli va video yozuvlar, mashina omilidagi hujjatlar ilmiy-texnika hujjatlarini saqlash uchun nazarda tutilgan muddatlar mobaynida saqlanadi.

Download 438.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling