Ekstragenital kasalliklari bor homiladorlarni parvarish qilish xususiyatlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1148945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qayumova Dilnoza (1)

3.Kamqonlik. Kamqonlik deganda gemoglabin umumiy hajmining kamayishi 
tushuniladi. 80% homilador ayollarda kamqonlik uchraydi. 
1-darajali kamqonlikda qon tarkibidagi gemoglabin 100-91 gl; 
2-darajali kamqonlikda 90-71 gl; 
3-
darajali kamqonlikda 70 gl dan past bo„ladi. 
Homilador ayollar qon zardobida temir tarkibining buzilishi, gipoxrom kamqonlik 
rivojlanishi va to„qimalar oziqlanishining buzilishiga olib keladi. 
Homilador ayollarda kamqonlikning rivojlanishi noto„g„ri ovqatlanish, ovqat hazm 
bo„lishining buzilishi, tug„ruqda qon ketishi, ust-ustiga homilador bo„lishi kabi omillarga 
bog„liq. Kamqonlik homiladorlik rivojlanishiga va tug„ruqqa salbiy ta'sir qiladi. Jumladan 
20-40% kamqon homiladorlarda OPG-gestozlar rivojlanadi, 15-30% homiladorlarda 
chala tug„ish, erta suv ketish hollari yoki qon yo„qotishning ortishi kuzatiladi. Tug„ruq 
vaqtida quyidagi asoratlar sodir 
bo„lishi mumkin: homila gipoksiyasi, tug„ruq 
kuchlarining susayishi. 
Anameya profilaktikasi homiladorlikning 12-14-haftasidan boshlanadi. Yengil 
shak
ldagi kamqonlikni ayollar maslahatxonasida ambulatoriya, o„rta va og„ir shaklda 
esa statsionar sharoitida davolash mumkin. 


29
Homiladorlarda temir tanqisligi kamqonligini davolashda temir preparatlari hamda 
vitaminlar va bundan tashqari tug„ruq arafasida bir kecha-kunduz teri ostiga 2500-3000 
birlik miqdoridagi geparin va 14-15 kun davomida 1,0 ml dan 10% tokoferol asetat 
eritmasidan yuborish lozim. Bular homiladorlik dinamikasida 
gemoglobinni 
barqarorlashtirish yoki oshirish va tug„ruq davrida hamda undan keyin 
trombogemorragik asoratlar xavfini kamaytirishga yordam beradi. 
4.Gipertoniya (xafaqon) kasalligi. 
Gipertoniya kasalligi tug„ish yoshidagi ayollar 
orasida keng tarqalgan bo„lib, davo choralari ko„rilmagan taqdirda tug„ish jarayonida turli 
og„ir asoratlarga olib kelishi mumkin. 
Bularga homilaning vaqtidan oldin tug„ilishi, perinatal o„lim, og„ir gestozlar va 
boshqalar kiradi. Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko„ra arterial 
gipertoniya qator hollarda onalar o„limining asosiy sabablaridan biridir. 
Qon bosimining ko„tarilishi kasallikning asosiy klinik belgisi hisoblanadi va uning 
simob ustuni hisobida 140/90 mm va undan yuqori bo„lishi arterial gipertenziya deb 
qaralmog„i lozim. 
Qon bosimining o„ta yuqori bo„lishi, ko„z tubidagi og„ir o„zgarishlar (retinopatiya, 
qon quyilishlar), buyrak yetishmovchiligi paydo bo„lishi kasallikning 
og„ir kechayotganligidan darak beradi. Kasallikning bu ko„rinishiga chalingan 
ayollar homiladorlikdan saqlanishlari shart. Mabodo bo„ylarida bo„lib qolgan 
taqdirda uni erta muddatlarda olib tashlash maqsadga muvofiqdir. Bu kasallik xuruji 
to„satdan boshlanib, kuchli bosh og„rig„i va bosh aylanishi, yurakning tez-tez urishi 
hamda ko„krak qafasidagi sanchiqlar bilan namoyon bo„ladi. Bemor ayol 
asabiylashib ta'sirchan 
bo„lib qoladi, yuzida qizil dog„lar paydo bo„ladi. 
Gipertoniya kasalligiga chalingan homiladorlarning dam olishi, mehnat 
faoliyatini tartibga solishi va ovqatda osh tuzini chegaralash alohida ahamiyatga 
ega. 
Gipertenziv dorilarni tavsiya etganda ularning k
o„pchiligi teratogen ta'sirga ega 
ekanligini unutmaslik kerak. 
Qon bosimining darajasi va kasallikning kechishi hamda homiladorlikning qaysi 
davrda ekanligidan kelib chiqib, turli guruhdagi gipertenziv dorilardan foydalaniladi. 
Jumladan, dibazol, papaverin, no-shpa, eufillin, magniy sulfat eritmalari tomir ichiga 
yoki muskul orasiga yuboriladi va ular homilaga deyarli salbiy ta'sir etmaydi. 
Siydik haydovchi dorilar (furasemid, etakrin buyrakchasi) dan foydalanish 
mumkin. 
Lekin homilador hayoti xavf ostida b
o„lsa, ayolni saqlab qolish uchun barcha 
zarur boigan tibbiy vositalardan (shu jumladan teratogen ta'sirga ega bo„lganlardan 
ham) foydalanish mumkin. 


30

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling