Ekstragenital kasalliklari bor homiladorlarni parvarish qilish xususiyatlari


Revmatizmga chalingan homiladorlar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1148945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qayumova Dilnoza (1)

Revmatizmga chalingan homiladorlar homiladorlik jar ay onida 3 marotaba: 
12 haftasigacha, 26-32 haftasida, 36-38 haftasida statsionarga yotqiziladi. 


31
6.Diabet 
bilan og„rigan bemorlarda homiladorlikning kechishi o„ziga xos 
xususiyatga ega. Homiladorlikda diabetning o„tishi aksari yomonlashadi, koma 
paydo boiishi mumkin. Ona va homila organizmining insulinga ehtiyoji oshishi 
komaga sabab bo„ladi. Diabetda insulin kamayadi. 
Diabetda ko„pincha qog„onoq suvi ko„payadi va gestozlar kuzatiladi. Homila 
yirik bo„ladi, aksari asfiksiya, anemiya va modda almashinuvining buzilishi belgilari 
bilan tug„iladi. Diabetning yengil turlarida ayol rejimga to„g„ri rioya qilsa va 
davolansa, homiladorlik to
„g„ri rivojlanishi mumkin. 
Diabetli bemorlar homiladorlikni saqlab qolmoqchi boisa, insulin vitaminlar 
buyuriladi. Bemorni akusher-ginekolog va terapevt, endokrinolog vrachlar kuzatib 
turishi kerak. 
7.Piyelonefrit
homiladorlikning nihoyatda og„irlashuviga sabab bo„luvchi 
buyrak oraliq to„qimalari va jomlarining kasalligidir. Piyelonefritni keltirib chiqaruvchi 
sabablari asosan homiladorlik paytida kattalashgan bachadon tanasining siydik 
yoilarini qisishi natijasida siydik oqimining susayishi, o„tkir va surunkali yuqumli 
kasalliklar chaqiruvchi o„choqlar (angina, surunkali kolit, tishlar kariozi va boshqalar) 
dan infeksiyaning gematogen yoilar bilan buyrakka tushishi oqibatida buyrak oralig„i 
to„qimalari va jomining yalligianishiga olib keladi. Piyelonefritda ko„pincha 
homiladorlik og„ir kechadi. 
Uni ko„pincha ichak tayoqchasi qo„zg„atadi. Bunda tana harorati ko„tarilib, ayol 
qaltiraydi, bel sohasida og„riq paydo bo„ladi, ahvoli yomonlashadi. Siydigida 
leykositlar, epiteliy hujayralari va bakteriyalar topiladi. Pasternatskiy simptomi 
musbat bo„ladi. 
Bemorlar davolanganda aksari tuzalib ketadi. Homiladorlikda qovuq ham 
yalligianishi mumkin.Davolashda homiladorlikning birinchi yarmida penitsillin, oksasillin, 
ampioks yoki ampitsillinni 8-
10 kun davomida qo„llash tavsiya etiladi. Homiladorlikning 
ikkinchi davridan boshlab, 5 NOK, furadonin, makkajo„xori popugining damlamasini 
qo„llash tavsiya etiladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling