Ekstragenital kasalliklari bor homiladorlarni parvarish qilish xususiyatlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayumova Dilnoza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.O‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda homiladorlik va tug‘ruq.
8.Glomerulonefrit - buyrak koptokchalarining birlamchi immun
yallig„lanishidir. Bu kasallikda ikkala buyrakning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kasallik homiladorlik va tug„ruqda ko„p asoratlar keltirib chiqaradi. Eklampsiya, ona qornida homilaning o„lishi va perinatal o„limga olib keladi. Ba'zan esa plansentaning barvaqt ko„chishi, homilani chala hamda gipotrofik tug „ilishi kuzatiladi. Pirovard natijada bu bevosita ona o„limiga sabab bo„lishi mumkin. Klinik ko„rinishi bo„yicha siydik tahlilida mikrogemoturiya, mikroprqtenuriya, silindruriya va yuzda, qovoqlarda shishlar bilan xarakterlanadi. 32 Surunkali glomerulonefritda bemorning yuzi shishib, uning oyoqlarida, bel sohasida, qornida xamirsimon yumaloq shishlar paydo bo„ladi, uni qo„l bilan bosilsa uzoq muddat saqlanuvchi chuqurchalar qoladi. Bemorda bir vaqtning o„zida arterial gipertenziya va nefrologik belgilar kuzatilsa bu surunkali glomerulonefritning aralash shakli bo„lib, kasallik juda og„ir kechadi. Davosi: gipotiazid, oksadolinlar tavsiya etiladi. Venaga qon plazmasi, albumin, protein yuboriladi. Gipotenzivdorilardanfoydalaniladi. Glomerulonefrit bilan og„rigan h omilador ayol doimo nefrolog, terapevt, akusher ginekolog kuzatuvida bo„lishi shart. 9.O‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda homiladorlik va tug‘ruq.Homiladorlik ayolni yuqumli kasalliklardan saqlamaydi. Bo„yida bolmagan ayollar kabi, homilador ayollar ham yuqumli kasalliklar bilan og„rishi mumkin. Yuqumli kasalliklaming aksari bo„yida bo„lmagan ayollarga nisbatan homiladorlarda og„irroq kechadi. Yuqumli kasalliklaming hammasi, ayniqsa o„tkir yuqumli kasalliklar homilaga xavf tug„diradi. Bunda homila ko„pincha nobud bo„ladi yoki homiladorlik barvaqt tugaydi. Ayniqsa o„tkir yuqumli kasalliklar: ich terlama, og„ir gripp, o„tkir dizenteriya, epidemik gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarda homiladorlik ko„pincha barvaqt to„xtaydi. Ona va homila organizmining intoksikatsiyasi, tana haroratining ko„tarilishi, homilador ayoldagi eng muhim a'zolar funksiyasining buzilishi sababli homila nobud bo„ladi va chala tug„iladi. Plasentaga qon quyilishi, unda distrofik o„zgarishlar ro„y berishi homiladorlikning uzilishiga sabab bo„ladi. Plasenta yuqorida aytilgancha o„zgargan taqdirda ko„pgina yuqumli kasalliklaming mikroblari onadan homilaga o„tib, unga yuqishi mumkin. Ayni vaqtda homila aksari nobud bo„ladi, bunga sabab homila organizmida himoya reaksiyalari vujudga kel magan yoki juda sust bo„ladi. Bola tushishi (abort) va chala tug„ish, qon yo„qotish, modda almashinuvinmg o„zgarishi, chilladagi (abortdan keyingi) septik kasalliklar yuqumli kasalliklaming kechishini og„irlashtiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling