Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi


Download 9.51 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi9.51 Kb.
#1629285
Bog'liq
EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH

EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI.

Reja


1.Vijdon erkinligi tushunchasi. O’zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi
2. ”Eksterizm to’grisida”gi qonun qabul qilinishi tarixi va uning ahamiyati.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dinga oid moddalari tahlili.
4. Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar faoliyatining yonalishlari.

Vijdon erkinligi tushunchasi. O’zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi:

  • Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. CHunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.
  • Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.
  • Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e’tiqodi bo’ladi.
  • Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
  • Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
  • Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi.
  • 4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
  • Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O’zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
  • Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni bo’zgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko’rsatilgan.
  • oshiriladi. Kreditorlarning talablarini qondirish uchun undirish qaratilishi mumkin bo’lmagan ibodatga oid mol-mulk ro’yxati diniy tashkilotlarning taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Huquqiy vorislari bo’lmagan mol-mulk davlat mulki hisobiga o’tadi.
  • 19-modda. Diniy adabiyot va diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar.
  • Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartida ishlab chiqarilgan, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir.
  • CHet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
  • Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tegishli litsenziya olgandan so’ng diniy ibodat buyumlarini ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga faqat ularga ega bo’ladilar.
  • Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan matbaa nashrlarini, kino, foto, audio deb mahsulotlarini va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq javbgarlikka tortishga olib keladi.
  • 20-modda. Diniy tashkilotlarning xayriya faoliyati.
  • Diniy tashkilotlar xayriya va mehr-muruvvat faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
  • 21-modda. Diniy tashkilotlarda mehnatga oid huquqiy munosabatlar.
  • Diniy tashkilotlarda mehnat shartnomalari (kontraktlari) bo’yicha ishlayotgan fuqarolarga O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarini tadbiq etiladi.
  • 22-modda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari.
  • Diniy tashkilotlar muqaddas joylarni ziyorat qilish yoki boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida qonun hujjatlargi muvofiq xalqaro aloqalar o’rnatish va olib borishga haqlidir.
  • 23-modda. Qijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini bzganlik uchun javobgarlik.
  • Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonunni bo’zgan mansabdor shaxslar, diniy tashkilotlarning xizmatidagilar va fuqarolar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

“Konfessiya” so’zi (lotincha – “konfessio”) o’zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “E’tiqod qilish” degan ma’noni anglatadi. Diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o’ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va bu e’tiqodga ergashuvchilar uyushmasidir. Ular,


O’zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli dinga bo’lgan munosabatdagi ijobiy o’zgarishlarni qo’yidagi faktlarda ko’rish mumkin. 1990-yilda Respublikada 119 ta diniy tashkilot mavjud bo’lgan bo’lsa, 2019-yilga kelib esa, 2241 ta diniy tashkilot faoliyat ko’rsatdi. Ular O’zbekiston musulmonlari, xristian dinining provaslaviya, protestantizm, iudaizm va boshqa tashkilotlardir. Respublikamizda 92 % musulmonlarga mansub aholi, 7 % provaslavlar, qolgan 1 % turli xil dinlarga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydi. Umuman mamlakatimizda 16 ta diniy konfensiyalar fikrlar xilma xilligida asosida ish olib boradi.

Diniy konfessiyalar
1. Islom (O’zbekiston musulmonlar idorasi), 2. Pravaslavlik (Toshkent va O’zbekiston eparxiyasi), 3. Katoliklik (Rim katolik cherkovi), 4.Lyuteranlik (Nemis lyuteran cherkovi), 5. Arman- apostol cherkovi. 6. Pyatidesyatniklar (To’lik injil xristianlari), 7. Baptistlar(Evangil-xristian baptistlar cherkovi), 8. Novoapostol cherkovi, 9. Ettinchi kun adventistlari, 10. Golos bojiy, 11. Eogovo shohidlari, 12. Koreys protestant cherkovlari, 13 YAhudiylik, 14. Bahoiylik, 15. Krishnani anglash jamiyati, 16. Buddaviylik.

Download 9.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling