Ekzogen innovatsiyalar, endogen, texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar,sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi atamalariga ta’rif Reja


-rasm. Innovatsion imkoniyatning iqtisodiy kategoriya sifatida tasnifi


Download 97.96 Kb.
bet4/5
Sana16.02.2023
Hajmi97.96 Kb.
#1203921
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja

2-rasm. Innovatsion imkoniyatning iqtisodiy kategoriya sifatida tasnifi
Innovatsion imkoniyat yoki quvvat ob’ekt innovatsion taraqqiyotining oxirgi chegarasidir. Davlatning innovatsion imkoniyatini uch xil usul bilan aniqlash mumkin:

  • hududiy (hudud innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);

  • tarkibiy (xo‘jalik yuritish tarmog‘ining innovatsion imkoniyatini o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);

  • ijtimoiy (xalq innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi).

Bozor tuzilmasi va uning yangi texnologiyalar rivojlanishiga ta’siri.
Innovatsion faoliyatning pirovard natijasi bo‘lib innovatsiya mahsuloti (texnologiya) hisoblanadi. Innovatsiya mahsuloti (texnologiyasi) o‘zining hajmi bilan farqlanadi, u yangi texnologiyani joriy etilishi evaziga korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘sishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi.
Innovatsion faoliyat o‘z ichiga ma’lum bosqichli jarayonlarni oladi. Ushbu bosqichli jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.3-rasm).

3-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar

Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan natijasiga ko‘ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi ishlarni ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag‘lar jami kapital investitsiyaning yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir.


SHunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o‘tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat:

  • innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalar;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.




Download 97.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling