Ekzonlar va Intronlar Reja
Download 192.25 Kb.
|
Ekzonlar va Intronlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Regulyator RNK (miRNK va siRNK)
MAVZU: KEPPING MEXANIZMI
Ribosomal RNK (rRNK) va transport RNK (tRNK) Ribosomal RNK (rRNK) ribosomalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, bu iRNKning toʻgʻri nuqtaga bogʻlanishi va shu orqali uning ketma-ketligi toʻgʻri oʻqilishini taʼminlaydi. Ayrim rRNK molekulalari ferment vazifasini bajaradi, yaʼni kimyoviy reaksiya borishini tezlashtiradi (katalizlaydi). Bu holatda oqsil hosil qiluvchi aminokislotalarni bogʻlovchi bogʻning hosil boʻlishini tezlashtiradi. Ferment vazifasini bajaruvchi RNKlar ribozimlar deb ataladi. Transport RNK (tRNAlar) ham oqsil sintezida ishtirok etadi, ammo uning vazifasi tashish – iRNK tomonidan zanjirga qoʻshilishi belgilangan aminokislotani ribosomaga olib kelishdan iborat. Transport RNK bitta zanjirli RNKdan iborat, lekin bu zanjirning oʻzaro justlashib, juft zanjir hosil qiladigan komplementar qismlari mavjud. Asoslarning shu tartibda oʻzaro juftlashishi tRNK faoliyatining yuzaga chiqishiga imkon beruvchi uch oʻlchamli (3D) tuzilishni hosil qiladi. tRNA tuzilishi. Umumiy molekula L ga oʻxshash shaklga ega. Rasm manbasi: Protein Data Bank (AQSH hukumatining ishi). Regulyator RNK (miRNK va siRNK) Ayrim kodlovchi boʻlmagan RNKlar (oqsillarni kodlamaydigan RNKlar) boshqa genlar ekspressiyasining regulyatsiyasiga yordam beradi. Bunday RNKlarni regulyator RNK deb atash mumkin. Masalan, (microRNA) miRNAs va (small interfering RNK) siRNAs uzunligi 22 nukleotidga teng kichik regulyator RNK molekulalari. Ular maʼlum iRNA molekulalariga (qisman yoki toʻliq bir-birini toʻldiruvchi ketma-ketlik) bogʻlanadi va ularning barqarorligini kamaytiradi yoki ularning translyatsiyasini buzadi. Bu orqali hujayraga iRNk miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Kodlovchi boʻlmagan va regulyator RNKlardan ayrim misollar. Olimlar hali ham kodlovchi boʻlmagan RNKning yangi turlarini kashf etishmoqda. Download 192.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling