Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun to4liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga
tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan solng, tashkilot rahbari kassirni Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi.
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘Iari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablag‘lari va ulaming harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Korxona kassasiga naqd pullar:
• bank kassasidan - bank cheki asosida;
. aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami realizatsiya qilish natijasida olingan naqd pul tushumi shaklida;
. korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi mumkin.
Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona:
• fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qoMlashi;
Do'stlaringiz bilan baham: |