Elekrt energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Gidrotexnik inshoot va nasos stansiyalarning elektr jihozlari


Download 0.96 Mb.
bet8/9
Sana16.09.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1679794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

3. Gidrotexnik inshoot va nasos stansiyalarning elektr jihozlari.
Ma’lumki gidrotexnik inshootlari va nasos stansiyalari korxonalarida turli xil elektrlashtirilgan jixozlar ishlatiladi. Elektr jixozlar ishlatishda uning quyidagi o’ziga xos tomonlari hisobga olinishi kerak: texnikadan foydalanishning muddati (sutka oy va yil davomida); elektr iste’molchilarning bir biridan turli masofalarda joylashganligi; elektr tarmoqlarning yuklanishi turli darajada ekanligi; ishlatish sharoitining xilma xilligi, turli atrof muhit sharoitlari; texnik xizmat ko’rsatish sifatining pastligi, xizmatchilarning malakasi yetarli emasligi, transport tanqisligi va boshqalar.
Ishlatishning maqsadi elektr jixozlar va mashinalardan yuqori unum bilan maqsadga muvofiq foydalanib, elektrotexnologik ob’ektlar samarali ishlashini ta’minlashdir. Elektr jixozining ishga yaroqliligi, yaxshi ishlashi uning ishlatish xizmat darajasi bilan aniqlanadi.
Elektr jixozlar ishlatilishining asosiy vazifasi texnologik mashinalarni samarali ishlashini ta’minlovchi elektr jixozlarni yuqori ishonchli ishlashini tashkil qilishdan iboratdir. Bu yerda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- Elektr jixozlarni zarur ishonchliligini ta’minlash;
- Elektr jixozlaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
- Ishlatish xarajatlarini kamaytirish.
Respublikamiz sharoitida ko’plab meliorativ nasos stantsiyalari ishlab turibdi, ular yer ostiga tuproq sho’rini yuvib tushgan suvni oqava suv kanallariga chiqarib turish uchun xizmat qiladi. Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Qoraqalpoq, Buxoro viloyatlari yerlarining ko’pchilik qismi yerlari sho’rlanishi yuqori bo’lib, ular qish mavsumida yuviladi. Suv tuproqdagi tuzlarni yuvib yer ostiga tushadi. Demak, meliorativ (drenaj) nasoslari sho’rlangan – tuzli suvni haydaydi. Ular kimyoviy faol muhitda ishlab turadi. SHuning uchun meliorativ nasos stantsiyalari uchun maxsus, suv ostida ishlab turishga mo’ljallangan, germetik motorlar ishlab chiqariladi. Bunday motorlar chuqurligi 250 metrgacha bo’lgan quduqlarda ishlashga mo’ljallangan bo’lib, aholini ichimlik suv bilan ta’minlovchi nasos stantsiyalarida ham ishlatiladi. Respublikamizning qishloq aholi yashash punktlarida ko’pchilik suv ta’minoti tizimida shunday nasoslar ishlatiladi. Har bir aholii yashash punktlari ishlab chiqarish korxonalari o’z suv ta’minot tizimiga ega. Ularda 3 fazali, quvvati 2-65 kVt bo’lgan PEDV tipli asinxron elektr motorlar ishlatiladi (suv to’ldirilgan, suvga cho’ktirilgan holatda ishlaydigan elektr motor). Ular diametri 140-230mm bo’lgan quvurlarda o’rnatiladi.
Bunday motorlar yagona seriyali asinxron motorlardan farq qilib cho’lg’amlari maxsus simdan tayyorlanadi, rotori suvda yumshatiluvchi podshipniklarga ega bo’ladi, korpusi butunlay germetik ishlangan bo’ladi. Suv ostida ishlovchi nasoslar to’xtovsiz ishlab turishi, yuqori FIK bilan ishlashi, xavfsiz ishlatilishi zarur. Bularni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar bajariladi:
- yer osti suvlari debiti, satxi, bosimi, tozaligi nazorat qilib turiladi, nasosni suvli ishlashini ta’minlovchi rejimlari tanlanishi zarur;
- nasoslar yuqori FIK bilan barqaror ishlashini ta’minlovchi tarmoq gidravlik ko’rsatkichlari saqlab turiladi. Suv yig’ish baklari yetarli hajmda bo’lishi zarur;
- elektr motor ulanishlarida sifatli kuchlanish bo’lishi nazorat qilinadi;
- elektr motorni va boshqarish щitini o’z vaqtida va sifatli texnik ishlatish tadbirlarini o’tkazib turilishi.
Suv ostida ishlaydigan nasos motorlari ishga tushirishdan oldin distillangan suvga to’ldiriladi. Stator chulg’amlarining korpusiga nisbatan izolyatsiyasi o’lchab ko’riladi, bo’lishi zarur ( ), chiqish simlari ta’minlovchi tarmoqqa ulanadi. Ulanish joylari izolyatsiyalanadi metall trubka kiyitiladi va suvga to’ldirilib yana izolyatsiya qarshiligi o’lchab ko’riladi, 1,5-2,0 soatdan so’ng izolyatsiya qarshiligi doimiy bo’lib qolishi zarur. Nasos qurilmasini quduqqa tushiriladi, 1,5 soatdan keyin izolyatsiya qarshiligi ta’minlovchi tarmok orqali o’lchab ko’riladi bo’lib qolishi zarur. Suv quvurini tekshirib ko’rib keyin nasos agregati ishchi tushiriladi. Щitdagi ampermetr bilan motor yuklamasi nazorat qilinadi. bo’lishi zarur. 5-6 sutka davomida ishlatish qilingach ishchi tok ampermetr shkalasida belgilab qo’yiladi. Keyinchalik bu belgi bo’yicha, nasos yuklamasi nazorat qilib turiladi. Motorning ishchi holati tekshirib turiladi.
Suv ostida ishlovchi motorlarning texnik qarovi har oyda o’tkaziladi. Bunda motor yer ostida suvda qoladi va quyidagi tadbirlar bajariladi:
-motorning toki (yuklanishi) va kuchlanishini o’lchab ko’riladi. Agar normal kuchlanishda tok kuchi 20-25 % gacha ortgan bo’lsa motor qismlari yeyilganligini bildiradi va u joriy ta’mir qilinadi,
-motorni tarmoqdan ajratilgach to’la sovigach, 40-45 minutdan keyin , ta’minlovchi kabelni ajratib olib, u orqali motor chulg’amlari izolyatsiyasi o’lchanadi. Izolyatsiya kattaligi avvalgi qiymatidan 2-3 barovar kamayib ketgan yoki 5 MOmdan past bo’lsa, uning izolyatsiyasida nosozlik borligidan darak bo’ladi,
-elektr motorni soz holdaligiga ishonch hosil qilingach, mayda defektlari yo’qotilgach, u tarmoqqa ulanadi. Suv quvurini tekshirib nasos ishga tushiriladi. Ampermetrda motor toki nazorat qilinadi, u nominal qiymatidan ko’p bo’lmasligi zarur (1.4-rasm).
1 .4-rasm. Suv ostida ishlovchi motorlarning iste’mol tokining tarmoq kuchlanishiga bog’likliq funktsiyasi.
1-ETSV 10-63-65; 2-ETSV 8-16-140;
3-ETSV 6-10-235.

Motor ulangan tarmoqdagi kuchlanish doim bir xil bo’lishi zarur. Kuchlanishning o’zgarib turishi elekt motorni qizishiga, rezinametall podshipniklarning yeyilishiga olib keladi. Oxir oqibatda motor tarmoqdan ortiqcha yuklanish toki iste’mol qiladi, u qizib ishlaydi, izolyatsiyasi eskirib yaroqsiz holga keladi. 1.1-jadvalda suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo’qotish uslublari keltirilgan.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling