Elekrt energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
-Mavzu. Kirish. Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarning elektr jixozlari faniga kirish va asosiy tushunchalar
Download 0.96 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.
1-Mavzu.
Kirish. Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarning elektr jixozlari faniga kirish va asosiy tushunchalar. Reja: 1. Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiylarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi. 2. Nasoslar va nasos stansiyalar 3. Gidrotexnik inshoot va nasos stansiyalarning elektr jihozlari. 1.Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi. Maxsus inshootlar, jihozlar va qurilmalar yordamida suv resurslaridan xalq xo'jaligi ehtiyojlarida foydalanish va suvning zararli ta ’sirlariga qarshi kurashishni o'rganish bilan shug'ullanuvchi fan va texnikaning tarmog'iga gidrotexnika deb ataladi. Bevosita suv xo'jaligi tadbirlarini am alga oshiradigan muhandislik inshootlari gidrotexnikaviy yoki gidrotexnika inshootlari deb ataladi. Gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xo'jaligi tadbirlari amalga oshiriladi, suv sathi va suv sarfi rostlanadi, uni manbadan ma’lum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib, zarur joylar (ekin maydonlari, gidroelektrstansiyalar va h.k.)ga yetkazib beriladi, muz va cho'kindilar va h.k. o'tkazib yuboriladi. Foydalanish sharoitlari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari amaldagi qurilish me’yorlari va qoid alari (QMQ) ga ko'ra: doimiy va vaqtinchalik inshootlar; doimiy gidrotexnika inshootlari esa asosiy va ikkinchi darajali inshootlarga bo'linadi. Doimiy asosiy gidrotexnika inshootlarini ta ’mirlashda yoki ularda avariya sodir bo'lganda butun tizim o'z ishini to'xtatadi yoki gidroelektrostansiyalar normal ishlashini buzilishiga, sug'orish tarmoqlarida suvning to 'xtash i yoki kamayishi, kema qatnovi to'xtatilishi yoki kamayishi va h.k. ga sabab bo'ladi. Ikkinchi darajali inshootlar ta’mirlanganda yoki avariya sodir bo'lganda, ular o'z ishini to'xtatishi natijasida katta talofatlar sodir bo'lm aydi. Asosiy gidrotexnika inshootlariga: to'g'onlar, dambalar, suv oluvchi inshootlar, kema o'tkazuvchi inshootlar, suv tashlovchi inshootlar, derivatsiya, bosh va sug'orish kanallari, tunnellar, suv o'tkazuvchi quvurlar, kollektorlar, turli xil havzalar, tenglashtiruvchi rezervuarlar, boshqaruvchi (to'g'rilovchi) inshootlar, gidro-elektrostansiya binolari, nasos stansiyalari, kema ko'targichlar, mexanizatsiyalashgan yuk bog'lovchi joylar, issiqlik va atom elektrostansiyalarining gidrotexnika inshootlari va baliq o'tkazuvchi inshootlar kiradi.Ikkinchi darajali inshootlarga: qirg'oqni mustahkamlash inshootlari, ta’mirlash zatvorlari, xizmat ko'priklari, vaqtinchalik kema bog'lovchi joylar, suv to'sgichlar va boshqalar kiradi. Suv xo'jaligi majmuasidagi bir nechta qatnashuvchilar (masalan, melioratsiya, energetika va suv transporti) talablarini ta ’minlaydigan m ajm ua gidrouzeldagi asosiy gidrotexnika inshootlari sinfi qatnashuvchilardan birining ko'rsatkichi eng yuqori sinfga mos kelishi bilan belgilanadi. Agar quvvati 1,5 min kW dan kichik bo‘lgan gidravlik yoki issiqlik elektr stansiyalari tizimdan ajratib qo‘yilganda va yirik aholi punktlari yoki sanoat korxonalari, transport va shu kabilarga xizmat ko‘rsatishda elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishlar oqibatlari miqyosini hisobga olish mumkin bo'lsa, elektr stansiyasi tarkibidagi 1-jadval bilan aniqlanadigan asosiy gidrotexnika inshootlarining sinfini ko'tarish mumkin. Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini (IV sinfdan tashqari) quyidagi hollarda bir birlikka kamaytirish mumkin: 1) bosimli front hosil qilishda ishtirok etmaydigan (GES binosi, bosimli derivatsiya va turbina quvurlari va tenglashtiruvchi kameralardan tashqari) I va II sinf inshootlari; 2) ekspluatatsiya sharoitlari energetik, kema o'tkazuvchi va meliorativ inshootlarni ta ’mirlashda gidrouzel ishlashiga imkon yaratuvchi; 3) meliorativ tizimlardagi inshootlar xizmat qilish muddati chegaralangan va 10 yildan oshmaydigan (bu inshoot esa tizimni ekspluatatsiya qilish davrida boshqasi bilan almashtiriladi). 1-Jadval
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling