Elekrt energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
-jadval Suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo’qotish uslublari
Download 0.96 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
1.1-jadval
Suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo’qotish uslublari
Suv ostida ishlab turgan elektronasos komplekti metall tuzli suv ta’sirida korroziyaga uchraydi, izolyatsiyasi tezroq eskirib boradi. Bu jarayon motor ishlab turganida ham to’xtab turganida ham davom etadi. Motorni ichki korroziyasini oldini olish uchun zavoda tayyorlangandayoq u distillangan suv bilan to’ldiriladi, suvga ingibitor qo’shiladi. Ingibitor tarkibida utropin – 2,4 g/l, natriy nitrati – 1,09 g/l, kaliy xromat – 0,6 g/l bo’ladi. Ingibitorlar motor qismlarini korroziyasini sekinlashtiradi. Izolyatsiyasiga ham yemiruvchi ta’sirni kamaytiradi. Motorning eng ta’sirchan joyi ta’minlovchi kabelga ulangan joyi bo’lib, ular alohida yopishqoq lenta bilan o’raladi va NaK bilan qoplanadi. Ingibitorli distillangan suv bilan to’ldirib ulanish joyi qo’shimcha laklangan motor xizmat muddati 2-2,5 barobar ortganligi kuzatilgan. Ingibitor arzon tarkibli bo’lib, oddiy laboratoriya sharoitida tayyorlanadi. Distillangan suvda eritilgan ingibitorlar oddiy yopiq idishda uzoq vaqt o’z sifat ko’rsatkichlarini saqlab qoladi. SHuning uchun ingibitorli eritma zarur proportsiyada tayyorlab olinadi va zaruratga qarab ishlatiladi. Demak yer osti suvlarida ishlayotgan motorlar ishlatish alohida e’tibor talab qiladi va tegishli amallar bajarilganda yuqori ishlatish ishonchliligini ta’minlanadi. Nasos stantsiyalari uchun 110/35/10 yoki 6 kV li transformatorlar ishlatiladi. Ba’zi ob’ektlar uchun yopiq transformatorlar komplekti qo’llaniladi. Ular himoyalangan, xavfsiz, texnik xizmati yengil bo’lishi, eshik va tirqishlari zich berkitilgan bo’lishi, tomi soz bo’lishi zarur. Yopiq taqsimlash punktlarining ichki harorati va namligi qurilmalarda kondensat suv tomchilari paydo bo’lishini oldini olishi, izolyatsiyasi nam tortib qolmasligi va bino havosi ventilyatsiya qilib turilishi zarur. Transformatorlar podstantsiyasi eksplutatsiyasida quyidagilar bajariladi: -iste’molchilar, qurilmalarning texnik ko’rsatkichlariga qarab ularning ish rejimlarini ta’minlab turish, qurilmalarning normal faoliyatini nazorat qilish, kuzatib borish, -ularni artib tozalash, avariyaga olib kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar va defektlarni zudlik bilan yo’qotish, -profilaktik qarovlar, sinovlar va ta’mirlarni o’z vaqtida o’tkazib turish, -erga ulanish konturi, yashin qaytargichlarni soz bo’lishini ta’minlash, -texnik xujjatlarni to’g’ri olib borish. Transformatorlar buyurtmachiga to’liq yig’ilgan, moy bilan to’ldirilgan holda yetkaziladi. Transformator bilan birga pasporti, ishlatish bo’yicha yo’riqnomasi, gradusnik, gaz relesi va harorat signalizatori beriladi. Transformator montajigacha usti yopiq joyda saqlanishi zarur. Agar uzoq muddat saqlansa, undagi moy sathi va sifati nazorat qilib turiladi, termosifon filtrdagi silikagel holati qaraladi, zichlanish joylaridan moy oqsa, mahkamlovchi boltlar qo’shimcha tortib qo’yiladi. Transformatorlar qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratilishi zarur. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarining tarixi haqida ayting? 2. Nasos stansiyalari haqida bilimlaringiz? 3.Nasos stansiyalarda qo’llaniluvchi elektr jihozlar haqida bilimlaringiz? Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling