Elekrt energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
1-mavzu
mashina kanali suvni bosimli havzadan iste’molchiga yoki keyingi nasos stansiyaga (pog‘onali suv uzatishda) yetkazib beradi.
Daryo suvida loyqa miqdori ko‘p bo’lgan hollarda suv keltirish kanali yo‘nalishida tindirgich qurish zarur boiadi. Tabiiy, foydalanish va ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olib, nasos stansiya inshootlarining ba’zi elementlari qisqartirilishi yoki birlashtirilishi mumkin. Suv ta’minoti tizimi nasos stansiyalari ahamiyati va joylashishi bo‘yicha birinchi va ikkinchi ko’taruv, kuchaytiruvchi va aylantimvchi turlarga bo’linadi. Aylantiruvchi (sirkulyatsion) nasos stansiyalar sanoat korxonalari va issiqlik elektr stansiyalari (IES) suv ta’minoti tizimiga kiradi. Bu stansiyalarda bir guruh nasoslar ishlab chiqqan suvni sovutgich yoki tozalash qurilmasiga uzatsa, ikkinchi guruh nasoslar tayyorlangan suvni ishlab chiqarish qurilmasiga qaytarib uzatib beradi, ya’ni suv sirkulyatsiya qilib ishlatiladi. Hozirgi zamonaviy quvvati 3000 ... 6000 mVt li IES lariga 100 ... 360 m^/s miqdorda suv uzatuvchi nasos stansiyalar qurish talab etiladi [12]. Ushbu miqdordagi suvni 95 ... 97 % IES laming sovutish tizimi uchun ishlatiladi.Qishloq xo‘jaligida qoilaniladigan nasos stansiyalar sug‘orish,quritish, yomg'irlatib sug‘orish, qishloq va yaylovlar suv ta’minoti tizimlariga suv uzatishga xizmat qiladi. Yer osti manbasidan suv oluvchi nasos stansiyalar kichik maydonlami sug‘orish, yer osti suvining sathini pasaytirish, qurilish ishlarini bajarishda suv chiqarib tashlash hamda aholi va sanoat suv ta’minoti maqsadlarida qoilaniladi. Ochiq havzalardan suv olishda ko‘chmas nasos stansiyalar texnik yoki iqtisodiy jihatdan o‘zi oqlamaydigan hollarda ko‘chma yer ustki va suzuvchi nasos stansiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq boiadi (1.2- rasm). 1.2- rasm. Ko‘chma nasos stansiyalarning tasvirlari: a- suzuvchi nasos stansiya; 6, e - yer ustki ko ‘chma nasos stansiyalari;2 -funukulyar turdagi nasos stansiya. Nasoslaming ishlash tarzi, suyuqlikka energiya berish usuli, tuzilishi, ishchi elementining harakatlanish usuli, hosil qiladigan bosimi, uzatiladigan suyuqlik turi, valining joy lashish holati va boshqa xususiyatlari bo‘yicha tasniflash usullari mavjud. Nasoslar ishlash tarzi bo‘yicha ikkita, ya’ni dinamik va hajmiy nasoslar guruhiga bo’linadi. (1.3- rasm). Ish bo’linmasida (gildirakda) suyuqlik dinamik kuch ta’sirida harakatlanuvchi, so’rg’ich va uzatkich qismlari bilan doimiy bog’langan holda suyuqlikni uzatuvchi nasoslar dinamik nasoslar deyiladi. Ish bo’linmasi hajmining o‘zgarishi hamda so’rg’ich va uzatkich qismlari bilan bog’lanishi davriy ravishda sodir bo’lishi hisobiga suyuqliqni uzatuvchi nasoslar hajmiy nasoslar deyiladi. Yuqorida keltirilgan nasoslar halq xo‘jaligining turli sohalarida keng qoilaniladi. Masalan, markazdan qochma nasoslar qishloq va suv xo‘jaligining sug‘orish va quritish tizimlarida, aholi suv ta’minoti va oqava suv tizimlarida, issiqlik energetika qurilmalarining bug‘ qozonlariga va issiqlik tormogiga suv uzatishda, qumq yoqilg’i bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IES) kul-suv aralashmasini chiqarib tashlashda, kimyo sanoatida turli kimyoviy reagent, eritma vayogiami uzatishda, qurilishda va ko‘mir sanoatida gidromexanizatsiya ishlarida, oziq-ovqat va yengil sanoatda suv hamda turli qorishmalarni uzatishda, neft maxsulotlarini uzoq masofaga haydab berishda, sanoat korxonalari va turli uskunalami texnik, xo‘jalik va yonginga qarshi tizimlarida keng qo’llanilmoqda. Oxirgi yillarda katta yer maydonlarini o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug'orish va katta sanoat shaharlarini suv bilan ta’minlash hamda IES larining bug‘ turbinalari quvvatining ortishi munosabati bilan ulaming kondensatorlariga aylanma suvni uzatish tezkorligi yuqori o‘qiy va diagonal nasoslar bilan amalga oshirilmoqda. 1.3- rasm. Nasoslarning tasniflanishi. Oqimchali nasoslar bug‘ turbinalari kondensatorlaridan havo chiqarishda, quduqlardan suv chiqarish, IES larida suv-kul aralashmasini chiqarib tashlashda, gidromexanizatsiya usulida tuproq ishlarini bajarishda loyqa haydash uchun, torf qatlamlarini suv bilan yuvib chiqarishda hamda kimyo va neft sanoatida turli maqsadlarda foydalaniladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling