Elektr energetika sohasi


Energetika sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rivojlanishi to’g’risida


Download 23.01 Kb.
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.01 Kb.
#999845
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekistonda energetika

Energetika sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rivojlanishi to’g’risida

O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektr energetika sohasida maxsus vakolatga ega bo’lgan o’rgan bo’lib, yagona elektr energetika tizimining havfsiz, ishonchli ishlab turishini va iste'molchilarning elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini ta'minlovchisidir.


O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 22 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish to’g’risida” gi PF-2812-sonli Farmoni xamda Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 24 fevraldagi “O’zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 93-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo’lib, “O’zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining huquqiy vorisidir.
Aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga 54 ta har xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar kiradi:
- “O’zbekenergo” AJ ning ijro apparati;
- “O’zbekenergo” AJ ning “Energosotish” filiali - elektr energiyasini yagona xarid qiluvchisi;
- 11 ta unitar korxonalari: ta'mirlash-sozlash xizmatlarini va umumtarmoq vazifalarini bajaruvchi, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari, hamda yangi issiqlik stansiyasini qurish bo’yicha direksiyasi;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ko’mir qazib olish va uni respublika iste'molchilariga yetkazib berish, elektr energiyasini taqsimlash va sotish, loyihalash, qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash ishlari bilan shug’ullanuvchi, shuningdek, moddiy - texnik ta'minotini bajaruvchi 39 ta aksiyadorlik jamiyatlari;
- xodimlarni tayyorlash, hamda avtotransport bilan xizmat ko’rsatish bo’yicha 3 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan 1 ta qo’shma korxona.
O’zbekenergo” AJ ning asosiy vazifalari:
- yagona elektr energetika tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini ta'minlash, hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va respublika aholisini ko’mir, elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta'minlab berib, ehtiyojlarini qondirish;
- sohada yagona texnik siyosatni amalga oshirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, yangi zamonaviy texnologiya va uskunalarni tatbiq etish, davlatimizning elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini to’la hajmda qoniqtirish maqsadida elektr energetika sohasini rivojlantirish.
O’zbekenergo” AJ yagona elektr energetika tizimini funksional ishlab turish tartibini o’rnatadi. Milliy Dispetcherlik Markazi - “O’zbekenergo” AJ yning tizim operatori bo’lib, yagona elektr energiyasi tizimining texnologik tartibda ishlashini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyat iqtisodiyot ob'ektlarini va aholini markazlashtirilgan holda elektr ta'minotini amalga oshiradi, shu bilan birga respublikaning ayrim shaharlarida issiqlik energiyasini sanoat va kommunal - maishiy iste'molchilariga yetkazib beradi.
Jamiyat tarkibiga 39 ta umumiy belgilangan quvvati 12,4 mln. kVt bo’lgan elektr stansiyalari, shu jumladan, 10 ta 11,0 mln. kVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyalari va 29 ta 1,4 mln. kVt quvvatga ega gidravlik stantsiyalari kiradi.
Issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug’-gazli (BGQ) va gaz-turbinali (GTQ) qurilmalar asosida elektr quvvati ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini tatbiq etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling