Elektr energetika sohasi


- Tolimarjon IES ni ikkita 450 MVt quvvatga ega bo’lgan bug’-gaz uskunasini qurish bilan kengaytirish


Download 23.01 Kb.
bet4/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.01 Kb.
#999845
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekistonda energetika

- Tolimarjon IES ni ikkita 450 MVt quvvatga ega bo’lgan bug’-gaz uskunasini qurish bilan kengaytirish;
- Navoiy IES da 450 MVt quvvatga ega bo’lgan 2-chi bug’-gaz uskunasini qurish;
- Angren IESda kullik darajasi yuqori bo’lgan ko’mir yoqish uchun mo’ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya blokini qurish;
- Tahiyatosh IES da ikkita 250-280 MVt quvvatga ega bo’lgan bug’-gaz uskunasini o’rnatish bilan modernizatsiyalash;
- har biri 450 MVt quvvatga ega bo’lgan ikkita bug’-gaz uskunali yangi To’raqo’rg’on IES ni qurish.
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatida 450 MVt quvvatga ega bo’lgan ikkita bug’-gaz uskunalarini o’rnatish bilan yangi IES qurish, Farg’ona IEM 57,7 MVt quvvatli bug’-gaz uskunalarini qurish, shuningdek, 4-issiqlik markazida umumiy quvvati 108 MVt ga ega bo’lgan gaz-turbinali uskunalarini, Toshkent IEM da umumiy quvvati 54 MVt ga ega bo’lgan ikkita gaz-turbinali uskunalarni qurish belgilangan.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish energiya bloklarining foydali ish koeffitsienti 55-60 foizdan kam bo’lmagan yuqori samarali bug’-gazli va gaz-turbinali uskunalar asosida, energiya ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etishga imkoniyat yaratadi.
Yangi bloklarni ishga tushirish jarayonida issiqlik elektr stansiyalarida me'yoriy xizmatini o’tagan uskunalarni foydalanishdan chiqarish ko’zda tutilgan.
Gidroenergetika sektorida ishlab turgan GES larni quvvatini 90 MVt dan ziyod modernizatsiya qilish orqali ko’paytirish mo’ljallangan.
Shuningdek, “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr energiyasini xisob-kitob qilish jarayoniga avtomatlashtirilgan nazorat va elektr energiyasini xisob-kitob qilish tizimini modernizatsiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda, ushbu loyihani respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Noan’anaviy qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish sohasida Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektrstansiyalarini qurish ko’zda tutilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni tatbiq etgan holda belgilangan dasturlarni amalga oshirish natijasida, energiya ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg’i-energetik balansini diversifikatsiyalash, energiya iste'molchilarining o’sib borayotgan talablarini qoniqtirish, uni yetkazib berishda va taqsimlashda texnik yo’qotishlarni kamaytirish imkonini yaratib, respublikaning energetik mustaqilligini mustahkamlaydi.
Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling