Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash
Download 1.31 Mb.
|
ABT dan laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- LABORATORIYA ISHI ELEKTR TARMOQLARINING XOLATLARINI REAKTIV QUVVAT BOʻYICHA OPTIMALLASH Ishdan maqsad
ning yakuniy qiymati = Suvning maksimal nоbalansi %= 6-laboratoriya ishiga dоir variantlar. 6.2-jadval
IES va GES ning sarf tavsiflari: BI = s0 + s1PI + s2PI2 , QG= a0 + a1PG + a2PG2 . 6.1-rasm Energetik tizimning yuklama grafigi. 6.5. Nazоrat savоllari. 1. Tarkibida IES va GES boʻlgan sxema uchun Lagranj funksiyasining koʻrinishi qanday boʻladi? Uning tashkil etuvchilari nimani koʻrsatadi? 2. IES dagi shartli yoqilg‘ining minimal sarfi qanday aniqlanadi? 3. IES va GES oʻrtasida yuklamani optimal taqsimlash mezoni qanday? 4. Lagranj koʻpaytuvchisi nimani koʻrsatadi? 5. ning qiymati tanlash usulida qanday aniqlanadi? 7- LABORATORIYA ISHI ELEKTR TARMOQLARINING XOLATLARINI REAKTIV QUVVAT BOʻYICHA OPTIMALLASH Ishdan maqsad: Elektr tarmoqlarida reaktiv quvvatni optimallash orqali yoqilgʼi sarfini minimallashtirish. Qisqacha nazariy maʼlumot Elektr tarmoqlarining holatlarini tugunlarning rostlanuvchan reaktiv quvvatlari boʼyicha optimallash bunday tugunlarning kuchlanishlari boʼyicha optimallash bilan almashtirilishi mumkin. Chunki, elektr tarmogʼining holatini tugunning reaktiv quvvati va kuchlanishi boʼyicha optimallashda bir xil optimal natija hosil boʼlishi ham analik va ham tajriba yoʼli bilan isbotlangan. Bunday holatda optimallashni aynan qanday parametr boʼyicha amalga oshirish masalasi hisoblashning soddaligi hamda iteratsiya jarayoni yaqinlashishining ishonchliligi va tezligi bilan belgilanadi. Quyida elektr tarmogʼining holatini rektiv quvvati rostlanuvchan tugunlarning kuchlanishlari boʻyicha maqsad funktsiyasi ekstremumining zaruriy shartidan foydalanish asosida optimallash algoritmi bilan tanishamiz. Maqsad funksiyasi (8.5) tenglik koʻrinishidagi (1) tengsizlik koʻrinishidagi ; (2) ; (3) (4) chegaraviy shartlarni hisobga olib minimallashtirilsin. Bu yerda n- elektr tarmog’idagi tugunlar soni; Н, Г – yuklamali va generatsiyalovchi tugunlar toʻplami (balanslovchi tugundan tashqari; Г1 – reaktiv quvvatlari rostlanmaydigan generatsiyalovchi tugunlar toʻplami; LP,– aktiv quvvat oqimini nazorat qilinuvchi shoxobchalar toʻplami; - i-chi tugunning hisoblanuvchi berilgan aktiv va reaktiv quvvatlari. Shakllantirilgan masala murakkab ECHDM hisoblanadi. Hozirgi davrda uni yechish boʻyicha ikki xil yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuv masalani yechish jarayonini har birida optimallash qadami va elektr tarmoqning barqarorlashgan holatini hisoblash amalga oshiriladigan iteratsiyalar sikliga ajratishga asoslangan. Optimallash bosqichida matematik ifodasi maqsad funksiyasi va chegaraviy shartlar (2, 3, 4) dan tashkil topgan masalani yechish asosida oʻzgaruvchilar (rostlanuvchi parametrlar) tarmoq holatini ruxsat etilgan sohaga kiritish va iqtisodiyligini oshirish yoʻnalishida korreksiyalanadi. Ushbu bosqichda (3) koʻrinishidagi chegaraviy shartlar faqat reaktiv quvvati rostlanuvchan tugunlar uchun hisobga olinadi. Elektr tarmog’ining barqarorlashgan holatini hisoblashda tugun tenglamalari sistemasi (1) reaktiv quvvati rostlanmaydigan tugunlar uchun (2) va (3) chegaraviy shartlarni hisobga olib echiladi. Bu yerda dastlabki ma’lumotlar qatorida beriluvchi erkin oʻzgaruvchilar boʻlib qiymatlari optimallash bosqichida topiluvchi rostlanuvchan parametrlar hisoblanadi. Ikkinchi yondoshuv masalasi alohida masalalarga ajratmasdan uning barcha noma’lum parametrlarini birgalikda topishga asoslangan. Umumiy holatda masala oʻlchamining kattaligi, talab etiluvchi ma’lumotlar hajmining koʻpligi va iteratsiya jarayoni yaqinlashuvining ishonchsizligi ushbu yondoshuvdan amaliyotga foydalanish imkoniyatlarini cheklagan. Hozirgi davrda keng tarqalgan va amaliyotda keng qoʻllaniluvchi algoritmlarda elektr tarmog’ining holatini hisoblash Nyuton-Rafson usulida, optimallash esa gradient usulida amalga oshiriladi. Ishga tоpshiriq. 1. Qisqacha nazariy ma’lumоtlarni oʻzlashtiring va nazоrat savоllariga javоblar tоping. 2. Bеlgilangan variant raqami boʻyicha ishni amalga оshirish uchun dastlabki ma’lumоtlarni «Dastlabki ma’lumоtlarni tayyorlash» punktiga muvоfiq tayyorlang. 3. Hisoblashlarni EHMda bajaring va olingan natijalarni «ishni bajarish tartibi» punktiga muvоfiq tayyorlang 4. Laboratoriya ishi boʻyicha hisоbоt tayyorlang va хulоsalar qiling. Ishni bajarish uchun dastlabki tayyorgarlik. Hisobotga quyidagilar keltirilishi lozim. 1. DigSILENT Power Factory dasturida tayyorlangan faylni oching. 2. Berilgan elektr tarmog’ining prinspial sxemasi va dastlabki ma’lumotlarni kiriting. 3. Optimizatsiya UR oynasini oching. 4. Elektr tarmog’i xolatini EHM (DigSILENT Power Factory)da hisoblang va olinga natijani 7.2-jadvalga kiriting. 7.1-jadval. IES energobloklari boʻyicha olingan ma’lumot variantlari.
7.2-jadval. Hisoblash natijalarini jadvalga kiriting
Sinov savollari 1. Barqarorlashgan xolatni qaysi algoritmlar yordamida yechiladi ? 2. Optimallsh masalasini qaysi algoritm yordamida yechiladi ? 3. Maqsad funksiyasi nima ? 4. Reaktiv quvvat boʻyicha optimallash masalasining afzalliklari. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling