Elektr energetikasi
Energetik audit o‘tkazishning xuquqiy asoslari
Download 5.18 Mb.
|
Маъруза Аудит
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-modda. Energetika tekshiruvlari
- 14-modda. Energetika ekspertizasi
- 15-modda. Energiyani hisobga olish
- 16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
Energetik audit o‘tkazishning xuquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasini 1992 yil 9 dekabr «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi va 1997 yil 25 apreldagi «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilindi. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda auditorlik foaliyati bilan sho‘g‘ulanish qonun - qoidalari 18 ta moddada ba’tafsil bayon etilgan. Jumladan, I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 1 - modda. Audit 1. Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. 2. Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi. 2 - modda. Auditor, auditorlik firmasi 1. Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. 2. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonadir. Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador jamiyatlar bundan mustasno. 3. Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. 3 - modda. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar deyilganida mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tushuniladi. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar auditor (auditorlik firmasi)ni tanlash huquqiga ega bo‘lib, bu huquq auditorlik firmasi va xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt o‘rtasida tuziladigan shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. 4-modda. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amalga oshiriladi. 5 - modda. Auditorlik faoliyatiga litsenziya berish Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalar davlat ro‘yxatidan o‘tilgandan keyin beriladi. Auditorlik faoliyatiga doir litsenziyalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 6 - modda. Auditor xulosasi Auditor xulosasi — buxgalteriya hisob-kitobini yuritishga hamda oshkor qilinadigan yillik moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablarga xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning hisobot hujjatlari qay darajada muvofiqligi xususidagi auditor fikri bayon qilingan, imzosi qo‘yilgan va muhr bilan tasdiqlangan hujjatdir. 7 - modda. Auditorlik faoliyatiga doir qonunlar Auditorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi. II BO‘LIM. AUDITORNING XUQUQ VA VAZIFALARI 8 - modda. Auditorning va auditorlik firmasining huquqlari Auditor (auditorlik firmasi): imzolangan shartnoma asosida xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning hisobot hujjatlarini auditdan o‘tkazish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish; ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarining talablariga asoslanib, tekshirishning shakl va uslublarini mustaqil belgilash; o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning mulkiy holati va faoliyatini ko‘rsatuvchi, tekshirilayotgan ob’ektda ham, uchinchi shaxslarda ham bo‘lgan hujjatlar bilan erkin tanishish; o‘tkazilayotgan tekshiruv yoki auditorlik xizmati ko‘rsatish munosabati bilan tekshirayotgan xo‘jalik sub’ekti rahbarlari va boshqa xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar olish; litsenziyadan mahrum etishga doir qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir. 9 - modda. Auditorning (auditorlik firmasining) vazifalari Auditor (auditorlik firmasi): auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazishi, tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa auditorlik xizmatlari ko‘rsatishi; o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish sub’ektining rahbariyatiga tekshiruv chog‘ida aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi yuritish hamda moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablar va qonunlar buzilganligi hollarini ma’lum qilishi; o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya etishi. Mijozga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi; tekshirish tugallanib, xulosa chiqarilgunga qadar uzrsiz sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi; zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi; basharti, oldindanoq o‘z xatti-harakatlarida xolis va odil bo‘lolmasa, o‘z faoliyatini davom ettirishdan voz kechishi shart. 10 - modda. Auditorlarni tayinlash va chaqirib olish 1. Auditor auditorlik xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi. 2. Auditorni chaqirib olish faqatgina xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt mulkdorlarining yoki auditorni tayinlagan yuridik shaxsning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bu haqda auditor oldindan uning xizmatlaridan voz kechilish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda xabardor etilishi lozim. 3. Buyurtma asosida o‘tkazilayotgan tekshirish yoki boshqa ishlarni amalga oshirish chog‘ida auditor xizmatidan voz kechilsa, xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning mulkdori auditorning xizmat haqini to‘lashi shart. Oldingi tahrirga qarang. 4. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi. (10-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 124-modda) 11 - modda. Auditorning (auditorlik firmasining) ishlashi uchun shart-sharoit yaratib berish Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabiga binoan: moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlarni taqdim etishlari; yozma yoki og‘zaki shaklda zarur tushuntirishlar berishlari; tekshirilayotgan ob’ektning moliya-xo‘jalik faoliyatini ekspertizadan sifatli o‘tkazish uchun boshqa zarur shart-sharoit yaratib berishlari shart. 12 - modda. Auditorning javobgarligi Auditor va auditorlik firmasi auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish chog‘ida ushbu Qonunning va O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzganlik uchun: O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va ma’muriy javobgarlikka; litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortiladilar. III BO‘LIM. AUDITORLAR PALATASI 13 - modda. Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasining Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtirib, auditorlik faoliyatini rivojlantirishga, takomillashtirishga va bir xillashtirishga da’vat etilgan mustaqil jamoat tashkilotidir. 14 - modda. Auditorlar palatasining O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi 1. Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda: auditor litsenziyasi olish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladigan malaka imtihonlari dasturini va tartibini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; auditorlik tekshiruvlari o‘tkazishning umumiy qoidalarini ishlab chiqadi; auditorlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi; auditorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunlarga zid kelmaydigan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshiradi. 2. Auditorlar palatasi davlatning boshqa idoralari, mamlakatdagi va xorijdagi auditorlar hamda buxgalterlar tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. 3. Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda: auditorlik firmalari tuzish masalalarini qarab chiqadi; boshqa davlatlarning auditorlik palatalari yoki shunday ishni bajarish vakolati berilgan idoralari bilan tegishli hududlarda O‘zbekiston Respublikasi auditorlarining litsenziyalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. IV BO‘LIM. E’LON QILINADIGAN MOLIYAVIY HISOBOT HUJJATLARI 15 - modda. E’lon qilinadigan moliyaviy hisobot hujjatlari Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning e’lon qilinadigan moliyaviy hisobot hujjatlari — auditorlik xulosasini, balansni, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobotni yoki daromadlarga doir deklaratsiyani hamda buxgalteriyaga oid boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar tashqaridagi foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi shart. 16 - modda. Moliyaviy hisobot hujjatlarini e’lon qilish 1. Dastlabki tarzda auditor tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobot hujjatlari: tashkiliy-huquqiy shakli mulkdorlarning mulkiy javobgarligi cheklanishini ko‘zda tutadigan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar; aksiyalari fond birjalarida qimmatga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar; mulk shaklidan qat’i nazar, banklar; mulk shaklidan qat’i nazar, sug‘urta kompaniyalari; faoliyat sohasi uchinchi shaxslarning mablag‘larini aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga joylashtirishdan iborat bo‘lgan investitsiya va moliya kompaniyalari; birjalar; chet el investitsiyalari ega bo‘lgan korxonalar; doirasini har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan boshqa sub’ektlar tomonidan e’lon qilinishi shart. 2. Yillik moliyaviy hisobot hujjatlari tegishli moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan 5 oy ichida e’lon qilinadi. V BO‘LIM. MAXSUS QOIDALAR 17 - modda. Auditorlik faoliyati yuritishni taqiqlash Auditorlik tekshiruvi: tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish sub’ekti rahbarlari va mansabdor shaxslaridan birortasi bilan bevosita qarindosh shaxs; tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish sub’ektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo‘lgan shaxs; xo‘jalik yuritayotgan sub’ektning rahbarlari, muassislari yoki mulkdorlari; tekshirilayotgan xo‘jalik yuritish sub’ekti yoki uning filiali xodimi; davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari; kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan o‘tkazilishi man etiladi. 18 - modda. Nizolarni hal etish tartibi Auditorlar va auditorlik firmalari o‘rtasidagi o‘zaro nizolar, shuningdek ular bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nizolar qonunlarda belgilangan tartibda qarab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1992 yil 9 dekabr, 734-XII-son 1997 yil 25 apreldagi «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun» da energetik audit bilan bog‘lik bo‘lgan masalalar, asosan qonunning 13, 14, 15, 16 bandlarida keltirilgan. Jumladan, 13-modda. Energetika tekshiruvlari Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi. 14-modda. Energetika ekspertizasi Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar, shuningdek ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi va energiya sarflanishi miqdorini baholash uchun energetika ekspertizasidan o‘tkaziladi. YAngi va rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir. Energetika ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda o‘tkaziladi. 15-modda. Energiyani hisobga olish Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi. Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta’minlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Energiyani hisobga olish normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Energiya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat berilgan boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. 16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi Energiya hosil qilish va uni sarflash hajmi hamda uning tarkibiy tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi. Download 5.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling