Elektr energiyani olish


Download 0.55 Mb.
bet13/14
Sana28.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1236018
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Maruza matni ELEKTRO TEXNIKA

Generator (lot. generator — ishlab chiqaruvchi) — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Mac, atsetilen G.i, muz G.i, bugʻ G.i, gaz G.i, elektr G. i va h. k. Xususan, elektr G.lari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok G.lariga boʻlinadi. G. tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. G.ning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. G.lar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. G.larning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. G.ning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal G.dan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan G.lar bajarishi mumkin. G.lar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi (qarang Elektrmashina generatoriOʻlchash generatori).

Oʻlchash generatori — radiotexnika qurilmalarini sinash va sozlash uchun kichik quvvatli elektr tebranishlarini hosil qiladigan (generatsiyalaydigan) asbob. Tuzilishi signallarning turiga (impulsli, sinusoidal va maxsus shaklli) va hosil qilinadigan chastotalar diapazoniga bogʻliq boʻladi. Turlari: past (tovush) chastotali generatorlar, standart signallar generatori, oddiy signallar generatori, videochastotalar generatori, impulslar generatori. Oʻ. g ., asosan, chastotalar diapazoni keng boʻlgan oʻzgaruvchan tok manbai sifatida ishlatiladi.
Chulg‘am seksiyasi chulg‘am odimi bilan xarakterlanadi. Chulg‘amning birinchi odimi “y^’elementar pazlar soni bilan ifodalangan bo‘lib, o‘sha seksiyaning birinchi va ikkinchi aktiv tomonlari o‘rtasidagi oraliq masofani ifodalaydi. Chulg‘amning ikkinchi odimi “y2”elementar pazlar soni bilan ifodalangan bo‘lib, ikkinchi aktiv seksiya bilan birinchi aktiv seksiyadan key-in chulg‘am sxe-masi bo‘ylab ketgan seksiya o‘rtasidagi ora-liq masofadir. Yakunlovchi odim “y”ele-mentar pazlar soni bilan o‘l- chanib, chulg‘am sxemasi bo‘ylab ketma-ket kela-digan ikki sek­siyaning aktiv tomonlari o‘rtasidagi oraliq masofadir.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling