Elektr energiyani olish
rasm. Bipolyar tranzistor turlari
Download 0.55 Mb.
|
Maruza matni ELEKTRO TEXNIKA
rasm. Bipolyar tranzistor turlari
Boshqarish elektrodlarini emitter, baza, kollektor deb ataladi. Tranzistorning ikki chekka elektrodlari emitter va kollektor hamda o‘rtadagisi baza deb ataladi. Demak baza elektrod, tranzistorni boshqaruvchi elektrod bo‘ladi. p - n - p tipdagi tranzistorlarda bazani manfiy tok bilan, n -p - n musbat tok bilan boshqariladi Agar uni to‘rt qutblilik deb ko‘rsak, uning bitta elektrodi ulanish sxemalarida kirish va chiqish uchun umumiy bo‘lib xizmat qiladi. Bu sxemalar bir-biridan qaysi elektrod idora qiluvchi va idora qilinuvchi zanjirlar uchun umumiy bo‘lishi bilan farq qiladi. Bundan bipolyar tranzistorlarning uch xil ulanish sxemalari: umumiy emitterli - UE; umumiy bazali - UB; umumiy kollektorli Tranzistorlarning o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlashi hamda signallarni kuchaytirish xossalaridan kelib chiqib, elektron kuchaytirgichlar ham deb ataladi va ular asosida ko‘plab kuchaytirgich sxemalari quriladi (7.22- rasm). Tranzistorlarni kalit xossalaridan kelib chiqib, elektron kalit sifatida ham ishlatiladi. MOP - boshqarishga ega bo‘lgan bipolyar tranzistorlar. O‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan MOSFET tranzistorlar ideal kalitning xarakteristikalariga yaqin xarakteristikaga ega bo‘lganligi sababli, ular kalit elementi sifatida keng qo‘llaniladi. Lekin ularning qo‘llanilish sohasini cheklovchi parametrlardan biri bo‘lib stok kuchlanishi hisoblanadi. Yetarli darajada yaxshi, yuqori kuchlanishli MOP - tranzistorlarni yaratishga bo‘lgan urinishlar hozirgacha samara bermadi. Buning sababi ochiq MOP tranzistorning qarshiligi proboy kuchlanishining kvadratiga proporsional ravishda ortib borishidadir. Yuqori kuchlanishli MOP tranzistor kristallarining egallagan maydoni bipolyar tranzistornikiga nisbatan katta bo‘lishi uning narxi ham katta bo‘lishiga olib keladi. Ayrim firmalar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqda. IXYS firmasi BIMOSFET texnologiyasi bo‘yicha 1600 V kuchlanishgacha bo‘lgan tranzistorlarni ishlab chiqarmoqda. Lekin bunday tranzistorlarning to‘yinish kuchlanishi 7V atrofida bo‘lishi sababli ulardagi quvvat isroflari yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada katta. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling