Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri. Reja Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish jarayoni


Download 45.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.02 Kb.
#1840371
1   2   3   4
Bog'liq
ELЕKTR ENЕRGIYASINI ISSIQLIK ENЕRGIYASIGА АYLАNTАRISH

 
4-rasm. Indukstion qizdirishning prinstipial sxemasi: 
a-temir o’zakli; temir o’zaksiz; 1-birlamchi g’altak (induktor); 2-metall bilan 
to’ldirilgan kanal; 3-temirli o’zak; 4- shixta; 5- tigel. 
O’zaksiz indukstion pechlarning sxematik ko’rinishi ham transformatorlarga 
o’xshash bo’lib, birlamchi g’altak misdan tayyorlangan (induktor) bo’lib, 
ikkilamchisi esa tigelga joylashtirilgan metalli shixtadan iborat. 
O’zaksiz indukstion qizdirish asosida ishlaydigan metallurgiyada keng 
qo’lanilmoqda, bunga uning bir qator avzalliklari sabab bo’lib, ularga 
- Issiqlik, qizdirilayotgan materialning o’zida ajraladi, bu esa butun yuza 
bo’ylab issiqlikni tekis almashish jarayoni ta’minlaydi, ya’ni ajralib chiqayotgan 
issiqlikdan foydalanish koeffistienti yuqori. 
- Qizdirish elementlari va elektrodlar bilan metallni ifloslanmasligi, ya’ni 
yuqori darajadagi tozalikka ega bo’lgan metall olish mumkunligi. 


- Pechning ishchi hajmini tashqi muhitdan to’liq ajratish ya’ni yopish 
mumkunligi hamda eritish jarayonini vakuumda yoki atmosfera gazidan saqlangan 
holda amalga oshirilishi. 

Qizdirilayotgan materialning xususiyatiga va o’tga chidamli
qoplamalarning imkoniyatlariga qarab yuqori haroratda erishish mumkin. 
- Indukstion pechlarning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini 
yuqoriligi, material qizishining va erishining tezligi. 
- Metall yuqolishini kamligi va pechlarni boshqarish texnik jihatda yuqori 
saviyaliligi va h. k. 
 Yangi turdagi qizdirgichlar. 
Elektron - nurli qizdirgichlar. Elektron-nurli qizdirgichlarning mohiyati 
shundan iboratki: havosi so’rib olingan kameraga (vakuumga) ikkita elektrod-anod 
va katod joylashtirilgan bo’lib, ularga yuqori kuchlanishdagi o’zgarmas tok beriladi. 
Qizigan katoddan otilib chiqayotgan kuchli elektronlar oqimi maxsus sistemalar 
yordamida yig’iladi va qizdirilayotgan metall yuzasiga yo’altiriladi, bunda 
elektronlarning kuchli kinetik energiyasi issiqik energiyasiga aylanadi (21-rasm). 
Elektron nurli qizdirishning bir qancha afzalliklarga ega bo’lib, bulardan 
asosiylari: 1. suyuqlik metal yuzasidagi harakatni etarlicha nazorat qilinishi; 2. 
jarayonni sezilarli vakuumda (1·10 mm. sim. ust) olib borilishi; 3. metalni uzoq vaqt 
davomida suyuqholda ushlab turish mumkinligi. Bunday ko’rsatkichlar yuqori 
haroratda eriydigan metall va ularni qotishmalari yuqori sifatli qilib tozalashda va 
yaxshi struktura tuzilishiga ega bo’lgan metall quymalar olishda ahamiyati katta. 
Hozirgi kunda elektron nurli qizdirish niobiy, molibden, volfram, titan va boshqa 
metallarni hamda ularning qotishmalarini eritishda qo’llanilmoqda. 
5-rasm.  Elektron nurli qizdirgichli qurilma sxemasi. 
1-katod, elektron to’pi; 2-anod elektron to’pi; 3-havoni so’rib olish nayi; 4-magnitli 
linza; 5-taqsimlovchi diafragma; 6-taqsimlovchi sheber; 7-eritish kamerasi; 8-
elektronlar oqimi; 9 - yuqori vakuum hosil qilish yo’lagi; 10-eritilayotgan material; 
11-tayyor mahsulotni olish mexanizmi; 12-suv bilan sovutish sistemasi; 13-xom 
ashyo uzatish mexanizmi. 

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling