Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish qоnuniyatlаri. Reja Elеktr enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasigа аylаntаrish jarayoni


Download 45.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.02 Kb.
#1840371
1   2   3   4
Bog'liq
ELЕKTR ENЕRGIYASINI ISSIQLIK ENЕRGIYASIGА АYLАNTАRISH

 
3. Aralash elektr qizdirgichlar 
Aralash elektr qizdirgichlarda issiqlik energiyasi bir vaqtning o’zida shixta 
yoki eritma qatlamida joylashgan qarshilikli va yoyli qizdirgichlar hisobga ajraladi 
(19-rasm). 
 
3-rasm. Aralash elektr qizdirish sxemasi: 
Aralash elektr qizdirgichlar ferroqotishmalarni va cho’yan eritishda, rangli 
metallurgiyada hamda kimyo sanoatining chala mahsulotlarini eritadigan rudno 
termik pechlarda keng qo’llaniladi. 
Bunday elektr qizdirgichlardan ajralib chiqayotgan umumiy issiqlik miqdori 
(yoy beradigan issiqlik Q
yoy
hamda shixta Q
shixta
, shlak Q
shlak
va metall Q
metall
)ning 
qarshiligi hisobiga ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorlari yig’indisidan iborat. 
Q
umum
= Q
yoy
+ Q
shixta
+ Q
shlak
+ Q 
metal
Rangli metallurgiyada rudno termik pechlarning ahamiyati katta. Bu pechlar 
elektrodlar bilan ta’minlangan bo’lib, ular shixtaga chuqur botirilgan. Natijada elektr 


qizdirish aralash xolda, ya’ni elektr yoydan va shlak qarshiligidan ajralib 
chiqayotgan issiqlik energiyasi hisobiga ishlaydi.
 
Indukstion elektr qizdirish 
Indukstion elektr qizdirish - elektr transformatorlarining ishlash prinstipiga 
asoslangan bo’lib, birlamchi g’altakga berilayotgan elektr tok ikkilamchi g’altakda 
indukstionlashib issiqlik energiyasiga aylanadi. Bunda ikkilamchi g’altak siftatida 
qizdirilayotgan material qo’llaniladi. Indukstion elektr qizdirishda birlamchi g’altak 
(indukator)ga berilayotgan elektr energiyasi zudlik bilan o’zgaruvchan magnit 
maydoni energiyasiga va o’z navbatida ikkilamchi g’altakda ya’ni, eritilayotgan 
materialda elektr energiyasiga aylanadi, natijada materialning qarshiligi hisobiga 
issiqlik energiyasi ajrab chiqadi. Agar eritilayotgan material ferromagnit bo’lsa 
o’zgaruvchan magnit maydon energiyasining bir qismi to’g’ridan - to’g’ri issiqlik 
energiyasiga o’tadi. 
Texnikada keng tarqalgan indukstion pechlarning ikki turi bo’lib ular: temir 
o’zakli va o’zaksiz yuqori chastotali indukstion elektr qizdirish sistemasi bilan 
farqqiladi (20 - rasm). 
Rasmda ko’rsatilganidek temir o’zakli indukstion pechlarning ishlash 
prinstipi oddiy elektr transfarmatoriga o’xshab birlamchi g’altak temir o’zakka 
o’rnatilgan bo’lib, ikkilamchi g’altak yopiqholdagi nayga metalli shixta solingan. 
Halkasimon naydagi erigan metall qotishma shiddatli aylanish natijasida pechning 
ishchi hajmiga o’tadi va yuqoridagi shixta bilan to’qnashib uni qizdiraladi va eritadi. 

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling