3. Tok transformatorlari yordamida ish bajarishda elektr xavfsizligi
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarni (similar-
ni) uzish qat‘iyan man qilinadi. Agarda bu zanjirlarni uzish zaruriyati tug‘ilgan
taqdirda, avval uzish kerak bo‘lgan erdan oldinroqdagi joyga (tok
transformatori
tarafga qarab) tok transformatori tomonini maxsus ulagich
bilan qisqa tutashtirib
qo‘yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa
tutashtirishni bajarayotganda,
dastasi
izolyasiyalangan asbobdan foydalanish zarur.
Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjir-
larda
ish bajarilganda, quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi:
- tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘ami, unga ulanishi kerak bo‘lgan
zanjirlardagi ta‘mirlash ishlari tamom bo‘lgunga qadar, qisqa tutashtirib qo‘yilishi
shart. Ta‘mirlangan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga ulan-
gandan keyin, qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig‘imiga ko‘chirilishi va u
faqat barcha ta‘mirlash
ishlari batamom tugatilib, ta‘mirlangan zanjirlarni to‘g‘ri
ulanganligini tekshirib chiqilganidan so‘ng,
olib tashlanishi zarur;
- tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga o‘lchov asboblari ulanganidan
so‘ng, uni birlamchi chulg‘amiga qutblarni tekshirish uchun impuls (signal) beriladi.
Tok transformatorlarini birlamchi chulg‘amini ta‘mirlash
va kavsharlash
ishlarini bajarish uchun tok o‘tkazuvchi sifatida qo‘llash qat‘iyan man qilinadi.
4. Sinov savollari.
1. Elektr motor yoki mexanizmda ish olib borishda qanday tadbirlar qo‘l-
4
laniladi?
2. Qanday holat va ishlarda, elektr motorni o‘chirishini amalga oshirmaslik
kerak?
3. Qanday hollarda elektr motorning kabelini yerga ulash talab qilinmaydi?
4. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr motorda ko‘chma
yerga ulash
uskunasi qanday bo‘lishi kerak?
5. Nasoslar, tutun mo‘rilari, havo yuboruvchi uskunalar va elektr motorlarda
ishlashga ijozat berishdan oldin, qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi mumkin?
6. Yuritmasi qo‘ldan boshqaralidigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan
elektr motorlarni ulashda qanday xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak?
5