Электр хавфсизлиги
Download 89.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13-MA‘RUZA. ELEKTR MOTORLAR, KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNALAR HAMDA TOK TRANSFORMATORLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «To‘xta! Kuchlanish!»
13-MA‘RUZA. ELEKTR MOTORLAR, KOMMUTATSION APPARATLAR VA KOMPLEKT TAQSIMLOVCHI USKUNALAR HAMDA TOK TRANSFORMATORLARIDA ISH BAJARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI. Reja: 1. Elektr motorlarida ish bajarishda elektr xavfsizligi. 2. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunalarda ish bajarishda elektr xavfsizligi. 3. Tok transformatorlari yordamida ish bajarishda elektr xavfsizligi. 4. Sinov savollari. 1. Elektr motorlarida ish bajarishda elektr xavfsizligi Elektr motorlar va uning harakatga keltiruvchi mexanizmlarining tok o‘tkazuv- chi hamda aylanayotgan qismlariga tegish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar olib borilganda, elektr motordan kuchlanish olib tashlanishi shart. Elektr motorlarning tok o‘tkazuvchi qismlari va ularning harakatga keltiruvchi mexanizmlariga hamda aylanayotgan qismlariga tegib ishlash kerak bo‘lmagan barcha ishlarni, motor ishlab turgan paytida bajarish mumkin. Elektr motorda ish olib borilganda yerga ulagichni elektr motorni taqsimlovchi uskuna (shchit) bilan bog‘lovchi kabel elektr tarmog‘ining istalgan qismiga qo‘yish mumkin. Mexanizmlarning aylanayotgan qismiga tegish kerak bo‘lmagan ishlarni bajarishda va ulanish muftani bo‘shatib ajratish kerak bo‘lgan taqdirda, kabel elektr tarmog‘ini yerga ulash talab qilinmaydi. Agar o‘chirilgan elektr motorda ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga to‘xtatilgan bo‘lsa, elektr motorni elektr tarmog‘i bilan ulaydigan kabel elektr tarmog‘ini elektr motor tomonidan yerga ulab qo‘yilishi shart. Kabelning ko‘ndalang kesimi ko‘chma yerga ulagich uskunasini qo‘llashga imkon bermasa, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr motorlarda kabelning fazalari payining ko‘ndalang kesimidan kam bo‘lmagan mis sim bilan yoki kabelni fazalari paylarini o‘zaro bir- biriga ulab, ularni izolyasiyalash kerak. Ushbu yerga ulash yoki kabel fazasi paylarini bir-biriga ulash, tezkor-dispetcherlik jurnalida ko‘chma yerga ulagichlar singari hisobga olinishi shart. Agar nasoslar, havo almashinuv mo‘rilari va havo yuboruvchi uskunalar, elektr motorlari va uskunalarga ulangan mexanizmlar orqali elektr motorni aylanib ketishi mumkin bo‘lsa, elektr motorlarda ishlashga ijozat berishdan oldin ularning so‘ruvchi klapan (zadvijka) va shiberlari yopilishi va qulflanishi, shuningdek elektr motor rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilishi shart. Ish olib borilayotgan elektr motor yaqinida joylashgan bir xil turdagi yoki unga o‘xshash o‘lchamli elektr motorlarga, ishlab turishidan yoki zaxirada turganidan qat‘iy nazar, «To‘xta! Kuchlanish!» degan shior osilishi shart. Elektr motorlar ishlab turgan paytida aylanayotgan qism- lariga qo‘yilgan to‘siqlarni olish man qilinadi. Yuritmasi qo‘l bilan boshqariladigan yurgizish apparatlari bilan jihozlangan elektr motorlarni ulash yoki (yoqish) o‘chirish ishlari, dielektrik qo‘lqopda bajarilishi zarur. Boshqaruv mexanizmlarining elektr yuritmalari suruvchi klapan (zadvijka) va boshqa qurilmalar bilan ulangan bo‘lsa, ochgichlarning elektr yuritmasini ishlash- ishlamasligini tekshirish, o‘sha uskuna o‘rnatilgan texnologik sexning smena boshlig‘i ruxsati bilan maxsus brigada amalga oshirishi shart. Ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumot, texnologik sexning tezkorlik- jurnaliga, hamda bu ruxsatni olganligi haqida esa, ishlash-ishlamasligini tekshiruvchi sexning (bo‘limning) tezkorlik jurnaliga yozib qo‘yiladi. Boshqaruvchi mexanizm- larni, tartibga soluvchi organlari va ochib-yopuvchi apparatlarga ulanmagan elektr uzatmalarini, elektr yuritmalarning elektr chizmalarini ta’mirlash va sozlash, farmoyish bilan bajarilishi mumkin. Ularni ishlash-ishlamasligini tekshirishga farmoyish bergan xodim ruxsat beradi. Bu to‘g‘ridagi yozuvni farmoyish ro‘yxatga olinayotganda yoziladi. Ish to‘liq tugatilgunga qadar, elektr motorni ishlashi yoki ishlamasligini tekshirish uchun, uni elektr tarmog‘iga ulash tartibi, quyidagicha: - ish naryad bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ishboshi naryadning 3-jadvalida ish tugatilganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi; - ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ish to‘xtatilishi va brigada ish joyidan chiqarilishi shart; Motorni ishlashi yoki ishlamasligi tekshirilganidan so‘ng, naryadning 3- jadvaliga rasmiylashtirilib, brigadani qayta ishlashiga ijozat beriladi. Agar ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, brigadani qaytadan ishlash- lariga ruxsat berish uchun, yangi farmoyish beriladi. Download 89.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling